Angren Universiteti “falsafa” fanidan mustaqil ish mavzu



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə3/14
tarix05.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#172952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Абдусатторова Ш фалсафа

Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qayerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar.

Rigveda”da aytilishicha, olamning paydo bo‘lishidaasat”deb ataluvchi ibtido bosh rolni o‘ynagan. “Asatimkoniy borliq, ya’ni “yo‘qlik” demakdir. “Asat” asta-sekin “sat”(”mavjudlik”)ka aylangan. Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan daosizmning asoschisi Lao-tszining fikricha, “borliq” asosida “dao” yotadi. U “tsi” elementi bilan birgalikda hayot negizini tashkil etadi. Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi Yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‘zidan izlaganlar, Masalan, (Fales) uni suv yoki (Anaksimen) havo deb, (Anaksimandr) esa hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron» deb tavsiflaganlar. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. Ya’ni u hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bo‘lganmiz», deb hisoblaydi.


O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580-500 yillar) «hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U Yerning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g‘oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llab-quvvatladi va unga yozma ta’rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq sharga» o‘xshaydi.
Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eletlar maktabi vakili bo‘lgan samoslik Melis tomonidan davom ettirildi. U Parmenid fikriga asosan qo‘shilgan holda, «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi mumkin emas.
Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rgandi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484-421 yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa ham, «barcha narsalarning to‘rt negizi» (olov, havo, suv va er) haqida so‘z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko‘rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «bo‘shliq» - yo‘qlikka zid o‘laroq, «to‘la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo‘ladi. U butun dunyo muttasil harakat va o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deya qayd etgan Geraklit (mil. av. 544-483 yillar) ta’limotida ayniqsa bo‘rtib ko‘rinadi. Yaqin va O‘rta Sharq falsafasida Kindiy, Umar Hayyom, Ibn Rushd kabilar borliqni ikkiga – vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘ladilar. Ularning falsafasida borliqning bosh sababchisi Alloh (vujudi vojib)dir. Demak, Alloh va u yaratgan narsalar bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan birlikni tashkil etadi. Chunonchi, Jomiy Shunday yozadi: “Tangrini olamdan ajralgan deb hisoblama, zeroki, barcha olam tangridadir, Tangri esa olamda”.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin