8
va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish
omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi,
tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar,
tovar va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi
tufayli hamma
odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni
darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto
eng ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga
duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas,
shu bilan birga
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir
korxona, mamlakat o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli
bo‘lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni
birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan
dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft
qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga
majbur bo‘ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat
mavjud pul va valyuta
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab,
investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag‘larni
obyektiv ravishda nisbatan
kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni
qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab
qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi
texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish
imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar
va
texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini
oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini
bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar
manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan,
yerning chuqur
9
qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va
chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va
h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi
o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: