17
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati tushuniladi. Milliy mahsulot moddiy
ne'matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish
sohalarining yillik mehnat
faoliyatining umumiy samarasi bo`lib hisoblanadi. Ichki milliy mahsulot (IMM)
ham xuddi shu mazmunda tushuniladi. YaMM va IMM o`rtasidagi farq shundaki,
YaMM ga mamlakatda va undan tashqaridagi korxonalarimizda vujudga
keltirilgan, qo`shma korxonalarda hissamizga (mamlakatimiz hissasiga) to`g`ri
keladigan mahsulotlar kiradi. Boshqa mamlakatlar
yoki fuqarolar tomonidan
bizning mamlakatimiz hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo`shma
korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. IMM da
mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa
mamlakatlar
korxonalari, qo`shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va
xizmatlar qo`shilib) hisobga olinadi. Hozirgi paytda O`zbekistonda ko`proq ichki
milliy mahsulot hisobga olinmoqda, shuning uchun biz endi ichki milliy mahsulot
to`g`risida gap yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: