Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o`tgan omillarning hammasi 
qatnashadi, ular bir-birini to`ldiradi va bir-biriga ta'sir qiladi. Barcha omillar 
doimo rivojlanib borish xarakteriga ega.
Ishlab chiqarish jarayoni
- bu kishilarning iste'moli uchun zarur bo`lgan 
moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
faoliyatdir. Bu faoliyat ayriboshlash, taqsimot va iste'mol sohalarida ro`y 
beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo`nalishini belgilab beradi.
Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat 
jarayonidir. Ana shu jarayonda kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va 
ashyolari bilan munosabatda bo`ladilar. Ayni mehnat jarayonida kishilar bir-birlari 
bilan munosabatda ham bo`ladilar. Bu munosabatlarning xarakterlarini, shakllarini 
va xususiyatlarini o`rganish va ishlab chiqarishni ongli tashkil etish iqtisodiyotning 
bosh masalasini (iqtisodiy resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi) 
hal qilishning birdan bir yo`lidir.
Mehnat jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda insonning o`zi ham 
kamol topadi, mehnat mahorati ortadi. Ishlab chiqarish jarayoni umuminsoniy 
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega. 
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport 
va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy - texnik ta'minot,
kommunal va uy-joy xo`jaliklari, turli xil xizmat ko`rsatish sohalari va 
boshqalardan iborat. Ma'lumki ishlab chiqarish tizimi ehtiyojlar tizimi bilan 
bevosita bog`liq. Ehtiyojlar turi qancha ko`p bo`lsa shunga binoan ishlab 
chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o`rganish oson 
bo`lish uchun ishlab chiqarish ikkita katta sohaga : moddiy va nomoddiy ishlab 
chiqarishlarga bo`linadi.


16 
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida zaruriy moddiy ne'matlar ishlab 
chiqariladi.
Nomoddiy sohalarda esa turli xil ma'naviy ne'matlar yaratiladi va 
xizmatlar ko`rsatiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
jarayoni tovar ishlab chiqarish jarayonidir. Mahsulotning iste'mol xossasi 
qanchalik muhim bo`lsa, mehnat sarflarini hisobga olish ham shunchalik 
muhimdir.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin