Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix25.08.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#140493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi

Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish 
Marketingda bir necha baho strategiyalari mavjud. Yuqori baho yoki 
“qaymog‘ini olish” strategiyasi - avvalo tovar bahosini ishlab chiqarish narxidan 
ancha yuqori o‘rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul bilan yangi tovarlar 
sotiladi va bozorga kirgandan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida 
arzonlashtirib boriladi. Yuqori baho strategiyasi sotuvchiga tezda sarf-harajatlarni 
qaytarib olishga yordam beradi. Firma bozorda yangi tovarlar taklif qilishda monopol 
holatda bo‘lsa, talab takliflar yuqori, baland narx haridorlar tomonidan yuqori sifatli 
tovar belgisi deb qabul qilingan vaqtlarda bu strategiya o‘zini oqlaydi. 
Keyinchalik bozorda o‘xshash tovarlar - raqiblar paydo bo‘lgandan keyin 
firma o‘z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovar 
modifikatsiyasini yarata boshlaydi. 
Tovar boshlang‘ich bahosi past o‘rnatilib, talab rag‘batlantiriladi, raqobatda 
yutib chiqiladi, raqiblar tovarini bozordan siqib chiqariladi. Unda asosiy ulushini 
egallaydi va keyin tovar narxini oshira boshlaydi. Ammo “haridorlar” bozorida bu 
strategiyani qo‘llash juda qiyin, faqat to‘yinmagan “sotuvchilar” bozorida biror 
natijaga erishish mumkin. 
Agar tovar harakati qatnashchilari o‘z tovari bahosini o‘zgartirmaslikka 
intilsa, ko‘p vaqt standart narx saqlanib turadi. 
“O‘zgaruvchan narxlar bozorda talab ko‘paysa yoki davlat miqyosida biror 
iqtisodiy tadbir o‘tkazilsa, shunga mos ravishda tovarlar va xizmatlarga yangi 
baholar o‘rnatishni bildiradi”.
8
8
 A. Sloliyev, A. Usmonov “Tadbirkor yo‘ldoshi”. Toshkent , Universitet nashriyoti 2009 yil 38-bet 
29 


Diskriminatsiya baholari ayrim sotuvchilarga ma’qul kelmagan haridorlar 
uchun, ayniqsa davlatlar orasidagi munosabatlar, haqiqiy siyosiy muhit buzilgan 
davrda o‘rnatiladi. Bu narxlar o‘ta yuqori, tovarni sotib oluvchiga bir necha marotaba 
og‘ir tushadigan qilib o‘rnatiladi. 
Yagona narx strategiyasi yoki hamma iste’molchilar uchun bir xil baho 
o‘rnatish strategiyasi tovarlarni namunalari bo‘yicha kataloglar va aloqa bo‘limlari 
orqali sotishda ishlatiladi. 
Qayishqoq baholar haridorlarning imkoniyatlariga qarab va savdolashish 
qobiliyatlari asosida o‘rnatiladi. Bu narxlar yakka tartibda shartnomalar tuzishda 
ishlatiladi. 
Tovar narxi va sifati orasidagi bog‘liqlik - bu tamoyil bo‘lib unga asosan 
iste’molchilar yuqori bahoning manbai yaxshi sifat, aksincha pats narxli mahsulot 
sifatsiz deb qarashini anglatadi. Demak, bozorda tovar narxining shakllanishiga juda 
ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi, ularning barchasini tovar narxini belgilashda o‘ziga 
xos holatlada hisobga olish tavsiya etiladi. Firma baho strategiyalarini bir nechasini 
muvofiqlashtirib, bozorning aniq kon’yunkturasi va umumiy marketing vazifalariga 
asoslangan ravishda qo‘llaydi. 
Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonidan iste’molchiga yetib 
kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
jarayon tovar harakati deyiladi. Tovar harakatini rejalashtirishda korxonalar tanlagan 
tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi 
mumkin: 
-
tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining 
iste’molchisi bilan bog‘lanish; 
-
tovarlarni mustaqil vositachilar orqali sotish; 
-
aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti 
sarmoyalari qatnashishi orqali. 
Tovar harakatini shaklini tanlashda uning harajatlari quy idagi formula bilan 
aniqlanadi: 
Tx = T + O1 + O2 + Kx. 
30 


AS 
33 
Bu yerda. Tx - tovar harakati harajatlari summasi; 
T - transport harajatlari; 
1
- ombor harajatlarining doimiy qismi; 
2
- ombor harajatlarining o‘zgaruvchan qismi; 
Kx - qolgan harajatlar. 
Tovar harakatlari harajatlari uning sotish bahosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni 
bajaradi. Uning ahamiyati quyidagilar: 
-
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarining tor assortimentini 
kengaytirib taklif etadi; 
-
katta xajmda tovar sotib olib, muomala harajatlarini kamaytiradi; 
-
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini 
chuqur o‘rganadi; 
-
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; 
-
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa 
bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va b. 
Diler - mustaqil kichik vositachi - tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini 
bajaradi va moddiy javobgarlikka ega. 
Savdo madaniyati - keng tushuncha bo‘lib, iste’molchi to‘g‘risida chinakam, 
chuqur, har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish uning asosi hisoblanadi. 
Savdo madaniyati deyilganda haridorga xushmuomalada bo‘lishni, xizmat 
ko‘rsatishni ilg‘or usullarini joriy etishni, savdo maydonini bezash, did bilan 
jixozlashni, do‘konlarning aholi uchun qulay ish vaqtlari kabilarni tushunmoq kerak. 
Chakana savdo madaniyati do‘konning texnologiya jarayoni tashkil 
etilishidan boshlanadi. 
Tovar sotish - har qanday do‘konning asosiy vazifasidir. Shu sababli tovar 
sotish aossiy texnologiya jarayoni hisoblanadi. Boshqa xizmatlarning hammasi 
yordamchi jarayonlarga kiradi. 
Asosiy texnologiya jarayoni, ya’ni tovar sotish quyidagi tarkibiy qismlarni 
o‘z ichiga oladi: 


34 
1)
tovarni tavsiya qilish; 
2)
haridorlarga maslahat berish; 
3)
tovarni uning qo‘liga topshirish; 
4)
hisob-kitob qilish. 
Yordamchi texnologiya jarayonining quyidagi tarkibiy qismlari bor: 
1)
tovar qabul qilish; 
2)
tovarni tashib olish va saqlash uchun joylash; 
3)
tovarlarni sotishga tayyorlash. 
Do‘konning texnologiya jarayonini tashkil etishda quyidagi talablar hisobga 
olinishi zarur: 
1)
tovarlarning iste’mol qiymati to‘la saqlanishi; 
2)
tanlab olingan texnologiya variantining fan-texnika taraqqiyoti hozirgi 
zamon darajasiga mos kelishi; 
3)
texnologiya jarayonini tashkil etish uchun qilingan sarflarning iqtisodiy 
samaradorligi; 
4)
jonli mehnatni tejash, xodimlarning yuksak mehnat unumdorligini 
ta’minlash va og‘ir jismoniy mehnatni tugatish. 
Tovar sotishning ilg‘or texnologiyasini joriy etishni nazarda tutib, do‘konlar 
savdo maydonlarini quyidagi talablar asosida rejalashtirish lozim: 
-
savdo maydonini harakat qilishda, tovarlarni ko‘rish va tanlab olish 
chog‘ida haridorlar uchun eng ko‘p qulaylik yaratish; 
-
hisob-kitob qilishda navbat kutib qolishga yo‘l qo‘ymaslik lozim; 
-
xodimlarning mehnat qilishi uchun qulay sharoit yaratish va savdo 
maydonidagi tovarlarni yordamchi xonalardagi tovarlar bilan to‘ldirib turish; 
-
savdo maydonidan yanada samarali foydalanish; 
-
yuqori darajada ishlash qobiliyatiga erishish. 
Haridorlar navbat kutib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hisob-kitob bo‘g‘ini 
quyidagi tartibda rejalashtiriladi:


AS 
1)
kassalar savdo maydonidan chiqadigan joyga o‘rnatiladi; 
2)
kassalar yonidagi yo‘laklar haridorlarning bir tomonlama harakat 
qilishini ta’minlaydi; 
3)
kassalar odatda kontrolyor - kassirlarning savdo maydoniga qarab 
o‘tirishini hamda savdo maydonini yaxshi kuzatishni ta’minlaydigan darajada 
joylashtiriladi; 
4)
haridorlar oqimi kontrolyor - kassirning chap tomonidan o‘tadi. Bunda 
kassir o‘ng qo‘li bilan kasa apparatida chek bosadi, chap qo‘li bilan esa tanlab 
olingan tovarlarni tekshiradi va pul qabul qilib oladi. 
5)
hisob-kitob bo‘g‘ini maydoni taxminan savdo maydonining 8-12 fozini 
egallaydi. 
Chakana savdo jarayoni - aholining tovar harid qilishini ta’minlaydigan 
usullar yig‘indisidan iborat. Tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya 
jarayoni hisoblanadi. hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi 
usullari qo‘llanilmoqda: 
-
tovarni peshtaxta orqali sotish; 
-
tovarni haridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish; 
-
tovarni ochiq, yoyib qo‘yib sotish; 
-
tovar namunalarini ko‘rsatib sotish; 
-
tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin