Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi
Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Mamlakatimizning raqobatdoshligini
oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini
chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish 2010 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturni
amalga oshirishning muxim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim”
7
- deb ta’kidlagan
edilar
Baho - bu bozor unsurlari ichida eng murakkabidir. U o‘zgaruvchan,
harakatchan, bozordagi kon’yukturali tebranishlarga moslashuvchan, doimo o‘zgarib
turuvchi mexanizmdir. U tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uzoq vaqt davomida
bizning iqtisodiyotimizda barqaror baholar ahvolini tovar va xizmatlar bilan
ta’minlashdagi ijtimoiy haqiqatnining asosiy tamoyili degan fikr hukmron edi.
O‘zgarmas baholar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabini qondirishga to‘siqlik
qiladi.
Bugungi kunda baholar tizimi ancha chalkash, uni tushunib yetish bir muncha
murakkab, eng asosiysi u xo‘jalikni murakkab yuritishning yangi bozorlar sharoitiga
moslashmog‘i lozim.
Bozor baholarining asosiy xususiyati ularning doimo o‘zgarib turish
qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki baholar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi
vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun
harakatchan baholar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi
harakatini, tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarish
bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni eskirgan
modellarini bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.
Baholar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi, masalan, biror kamchiligi
bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda xattoki tushurilgan
baholar deb ataluvchi baholarda sotiladi. Yuqori baholar esa yuqori sifatli, ya’ni
iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga
ega bo‘lgan mamlakatlarda bahoni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy
strategik yondoshishlarigina ishlab chiqilishigina bejiz emas chunki baholarning o‘zi