Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix25.08.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#140493
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi

1.1-
 
chizma. 
Raqobatchi firmaning o‘z foydasini eng yuqori darajaga 
yetkazish 


18 
Bu yerda, MS=MR=P - masofa; AV=R-AS - to‘g‘ri burchak yuzi bir- birlik 
mahsulotdan olinadigan o‘rtacha foyda; AVSD - to‘g‘ri burchak yuzi firmaning eng ko‘p 
yalpi daromadi. 1.1.1-chizmada ko‘rinib turganidek firmaga hamisha ham qisqa muddatli 
davrda foydani eng yuqori darajaga kerak emas . 
Chegaraviy daromad (MR) chegaraviy harajatlar (MS)ga teng bo‘ladigan va 
chegaraviy harajatlar egri chizig‘i ko‘tarilib boradigan nuqtada foyda eng yuqori darajaga 
yetadi: MR=MS (1). Raqobatli bozorda talab egri chizig‘i to‘g‘ri chiziqdan iborat 
bo‘ladi, shu sababli MR=R, ya’ni (1) qoidani MS=R shaklida yozish mumkin. 1.1.2-
chizmada raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga tushirish AYE kesma - 
R - AYEFD to‘g‘ri burchak yuzasi ishlab chiqarish xajmi q
1
bo‘lganida olinishi mumkin 
bo‘lgan qo‘shimcha foyda; AS- AVC=AFC - kesma VE - doimiy o‘rtacha harajatlar; 
SBEF yuza - hech qanday mahsulot chiqarmaydigan maqomdagi harajatlarga teng zarar. 
1.2-
 
chizma. 
Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga 
tushirish


AS 
19 
1.2-
chizmaning avvalgisidan asosiy farqi ishlab chiqarish doimiy 
harajatlarning ortib borishidir. Bu narsa umumiy o‘rtacha harajatlar (AS)ni 
oshiradi, ammo o‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgartirmaydi. Natijada 1.2- 
chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi. 
Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi. 
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos xolda ustun keladigan raqobatning 
bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan iborat. Raqobatchilardan 
anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining bozor narxlarini nazorat qilish 
imkoniyatini to‘liq bo‘lmasada, ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik 
raqobatga xos bo‘lgan muxim belgi sotuvchilarni tovarlarni tabaqalashtirishga 
intilishidir. 
Tabaqalashtirish, ya’ni tovarlarga aloxida uni o‘ziga o‘xshash tovarlardan 
ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga raqiblarining xudi shunday tovarlarga 
qaraganda uning tovarini afzal ko‘ruvchi haridorlar haridorlar doirasini yaratish 
imkoniyatini beradi. 
Oligopoliya - tarmoqda bir necha firmaning o‘zaro bog‘lanib qolishi, 
ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi 
ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash 


20 
ish deyarli bir xil yoki bo‘lmasa tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishdlari


AS 
mumkin. Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p uchraydi. Bu 
peshqadam tarmoqdagi eng yirik ish eng samarali ishlayotgan firma bo‘ladi. 
Tarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti narxini o‘zgartirish bilan boshqa hamma 
firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi 
firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni 
bo‘lib olishni birgalikda boshqarish maqsadlarida til biriktirish ehtimoli 
imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Oligopoliya tarmoq sharoitlarida firmalar 
hamkorlikni yuridik jixatdan rasmiylashtirilmasdan va bu haqida oshkora xabar 
bermasdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni jiddiy 
cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan 
faoliyatiga ko‘ra kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlaridan monopoliyadanchiqish 
qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir. 
Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi. 
Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab 
chiqaruvchi mukammal monopolist hisoblanadi. Bu modelda bozorda tanho sotuvchi 
yoki ularning soni naqadar kamki ularning har biri raqiblari bilan kelishilgan xolda 
mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi umumiy xajmiga va ularning narxiga ta’sir 
ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda shu jumladan raqobat 
mamlakatlarda darajasi yuqori bo‘lgan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda kam 
mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi. 
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘p xollarda kam chiqimli unumdor 
ishlab chiqarishga erishish uchun uning miqyosini kengaytirishi ham mutloq 
ma’noda kam harajat talab etadi. Shunday tarmoqlar ham borki ularda mahsulot yoki 
xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa ishlab chiqarish 
ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq. 
Real bozor, mukammal raqobat - mukammal monopoliya o‘qi bo‘yicha turli 
modelning qaysi biriga muvoqfiqroq kelishiga qarab shu bozorda tovarlar va 
xizmatlar sotuvchisi bo‘lgan tadbirkorlar raqobat kurashining turli yo‘llaridan 
foydalanadilar. 
“Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida qonunlar reklama sohasidagi raqobat 


kurashiga monelik qilmaydi. Tadbirkorlarga xususan faqat ularning tovar yoki 
xizmatni sotib olish g‘oyani afzal ekanligiga haridorni ishontirishga urinishlarda 
о 
juda katta erkinliklar beradi”. 
Raqobat vositalarining shakl va taomyili, uning namoyon bo‘lishi sohalari 
g‘oyat ko‘p va keng . Uning tarmoq ichidagi kapitalning bir tarmoqdan ikinchi 
tarmoqga oqib o‘tishiga olib keladigan tarmoqlararo, jahon bozorlarida turli 
mamlakatlar xo‘jalik kompleks raqobati kabi turlari mavjud. Raqobatni amalda 
tasavvur etish uchun shu ko‘rinishlarga mansub bo‘lgan hozirgi usullardan 
ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz va jahondagi hamma mamlakatlarda qonuniy 
hisoblanadigan va amalda keng qo‘laniladigan raqobat xulqining turli ishlarini 
tavsiflaymiz. Narx bilan raqobatlashuv an’anaviy shakl. Uning an’anaviy va eng ko‘p 
qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi: 
- “Narxlar jangi” - yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan surib 
chiqarish uchun narxlarni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. 
“Narxlar jangi”ni boshlagan baquvvat firma tovarning sotish xajmi ko‘payganligi 
hisobiga ko‘proq daromad ko‘rishni ko‘zlaydi. Yirik kompaniyalarning o‘zlari uchun 
yangi bo‘lgan mamlakatlarda ochilgan korxonalari filiallari boshqa xorijiy va 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarish uchun aksariyat “narxlar 
jangi”ni qo‘llaydi. Iste’molchilar dastlab tarmoqdagi “narxlar jangi”dan foyda 
ko‘radi, ammo keyinchalik bunday monopoliyalashtirishning jabrini tortishlari 
mumkin. Davlat mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tarmoqni o‘zlashtirishdan 
manfatdor bo‘lib qudratli xorijy firmalar bilan kurashda mahalliy bozorda o‘rnashib 
qolishga yordam berish uchun ularni aloxida imtiyozlar va afzalliklar tizimi bilan 
qo‘llab-quuvatlashga harakat qiladi, u yoki bu tarmoqda xorijiy xo‘jalik yurituvchi 
shakxsga tadbirokrlik faoliyati uchun mahalliy sherik ishtirokida qo‘shma korxona 
barpo etish majburiy shart qilib qo‘yadi yoki boshqa cheklash va tartibga solish 
choralarini ko‘radi; 
-
demping - amal qilish va maqsadlarga ko‘ra “narxlar jangi”ga yaqin 
bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab 
chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar xududida korxona qurmaydilar, ammo uning 


AS 
bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning 
ma’nosi tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning ichki bozorida sotilayotgan ortiqcha 
mahsulotni yo‘qotish va yangi bozorlarga kirib olishdan iborat. Rivojlangan 
iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga dempingni 
eksportchi kompaniyalarga byudjetdan maxsus eksport mukofotlari va subsidiyalari 
to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan zararni qisman 
qoplaydi. Bunday ishlardan davlatning manfaatdorligi boshqa malakat bozorida o‘z 
ishtirokini kuchaytirish, iqtisodiy manosabatlarni yanada rivojlantirish uchun negiz 
yaratishga intilish bilan izohlanadi. 
Rivojlangan mamlakatlardan rivoji pastroq mamlakatlarga demping tovar 
chiqarish amaliyotda doimiy xodisa. Demping narxlar iste’molchilarni so‘zsiz 
qoniqtiradi, ammo “narxlar jangi”di bo‘lgani kabi bozorda bunday tovarlarning hozir 
bo‘lishi mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini qiyinlashtiradigan 
omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat - bu jarayonni savdo 
cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish uchun bojlarni ko‘tarish 
bilan nazorat qilish, shuningdek demping narxlarda sotilayotgan tovarlarga o‘xshash 
tovarlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga 
ega. 
Halqaro amaliyotda mahsulot narxidan chalg‘itmaslik, tovarning qiymati va 
sifati sohasida raqobatni qiyinlashtirmaslik uchun chegirma va saylovlarning eng 
yuqori miqdorlarini belgilab qo‘yish kam uchraydi. Shuningdek narx bilan 
raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-
muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar (masalan, 
aviakompaniyalardan yo‘lovchilar guruxiga bir yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar 
yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi; 
-
vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga 
ertala borish kechkidan ko‘ra, ish kunida borish dam olish kunidan ko‘ra arzonroq 
turadi); 
-
ko‘rasatiladigan xizmatlar xajmi ko‘paygan yoki tovarlar sifati 
yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish; 


-
haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar. 
Narx bilan raqobatlashuvga kirmaydigan raqobat usullarini “narxsiz raqobat” 
deb ataladi. Bu atama garchi noaniq bo‘lsada amaliyot va ilmiy adabiyotda keng 
qo‘llaniladi, raqobat kurashidagi turli usullarga yagona nom berishga imkoniyat 
yaratadi. 


AS 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin