Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


 V.A. Chjen “Bozor qonuniyati asoslari”. Biznes katalog kopaniyasi nashri, 2008 yil 135-bet



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix25.08.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#140493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi

5
 V.A. Chjen “Bozor qonuniyati asoslari”. Biznes katalog kopaniyasi nashri, 2008 yil 135-bet 
13 


14 
Agar firma yoki kompaniya o‘z raqiblarining xatti harakatlarini kuzatib bormasa 
u ko‘zini boglab olib raqobatlashmoqchi bo‘lgan hisoblanadi. Xuddi shaxmatdagidek 
raqobat kurashida ham raqibining keyingi yurishini oldindan ko‘ra bilish bebaxo 
ahamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini bilmasa, kompaniya Galaba 
qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 
1-
Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya 
faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari , uning bozordagi mavqei , strategik 
maqsadlari raqobat strategiyasi o‘rganiladi. 
2-
Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo‘lishi o‘ki yetakchi bo‘lgan firmalarni 
aniqlash. Buning uchun har bir firmaning potensial imkoniyatlarini o‘rganib ularning 
ichidan boshqalardan o‘zib ketish o‘ki o‘zib bo‘lgan firmalar belgilanadi. Kelajakda 
qaysi firmalar o‘z mavqeini yo‘qotadi , qaysi biri yetakchi bo‘lishi mumkinligini to‘g‘ri 
belgilash firmaning strategiyasini tuzishda muxim ahamiyat kasb etadi. 
3-
Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko‘ra bilish. Agressiv raqib odatda 
qandaydir yangi strategik qadam qo‘yadi. O‘zining bozordagi mavqeidan 
qanoatlanadigan firmalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz firmalarning 
axvoli shuqadar yomon bo‘ladi-ki, ular yaxshi o‘ylanmagan bo‘lsa ham xujumga o‘tishga 
majbur bo‘ladilar. 
Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o‘sha kompaniyadagi 
vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib xaqida 
axborot yig‘ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning harakatlarini oldindan bilish va 
samarali qarshi choralar ko‘rish imkonini beradi. 
Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va 
raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya 
ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda hal 
qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Odatda bir 
tarmoqqa shunga o‘xshash uch-to‘rtta omil harakterli bo‘lib, ularning bir-ikkitasi eng 
muhimi bo‘lib, taxlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo‘ladi. 
Quyida muvaffaqiyatning asosiy omillari ning turlari va ularning tarkibiy 
qismlari sanab o‘tilgan: 


AS 
15 
1.
Texnologiyaga bog‘liq omillar: 
-
ilmiy tadqiqotlarning saviyasi; 
-
ishlab chiqarish jarayonlarda innovatsiyalarga qodirlik; 
-
mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik; 
-
mazkur texnologiyada ekspertlarning roli. 
2.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq omillar: 
-
kam harajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish 
ko‘lamidan tejash, to‘plangan tajriba samarasi); 
-
ishlab chiqarish sifati; 
-
yuqori fond qaytimi; 
-
ishlab chiqarish harajatlarning kam bo‘lishi, kafolatlanadigan xolda 
joylashtirilishi; 
-
tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash, 
-
yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko‘p mehnat talab qiladigan 
soxalarda); 
-
arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot; 
-
ishlab 
chiqarishning 
model 
va 
o‘lchamlarning 
o‘zgarishiga 
moslashuvchanligi. 
Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh bo‘lish va moliyaviy 
barqarorlikka erishish uchun firma ta’minlashi lozim bo‘lgan raqobat imkoniyatlari va 
faoliyat natijalaridir. muvaffaqiyatning kalit omillari shunday omillarki, ularga firma 
aloxida e’tibor berishi kerak , chunki ular firmaning muvaffaqiyati yoki 
muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish 
quvvatlarining to‘liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi. 
(bu ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirib beradi) muvaffaqiyatning kalit omillari 
har bir tarmoqda o‘ziga xos xususiyatga , ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ayrim tarmoqlarda 
muvaffaqiyatning kalit omillari 3-4ta bo‘lishi mumkin , lekin xal qiluvchi ahamiyatga 1 
yoki 2 tasi ega bo‘ladi. 


16 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin