3
Pugach I. Reputatsiya i torgovaya marka kak instrumenti ukrepleniya konkurentosposobnosti. - Ekonomicheskoye obozreniye, №1,
2003, s.16-b.
6
qayd etilganidek, shunday munosabatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tovarlar esa, o‘zida
qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o‘zaro munosabatga
kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o‘rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda
vositachilik rolini o‘ynaydilar.
Ma’lumki, kurash - bu o‘z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish
hamda g‘olib bo‘lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir.
Tovarlar esa raqobat jarayonida o‘zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita
o‘zgartira olmaydilar, ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv
hisoblanadi.
Tovarlarning
raqobat
kurashida
yengib
chiqishi
ular
ishlab
chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan
holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat ham pirovardida
ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
o‘rtasidagi raqobat orqali namoyon bo‘ladi.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq
namoyon bo‘ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
1)
tartibga solish vazifasi;
2)
resurslarni joylashtirish vazifasi;
3)
innovatsion vazifa;
4)
moslashtirish vazifasi;
5)
taqsimlash vazifasi;
6)
nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining
yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot
bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng
ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini
7
beradi.
Raqobatning
innovatsion
vazifasi
fan-texnika
taraqqiyoti
yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli
ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki
o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining
ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi
ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir
o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l
qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun
uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p
sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab
sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi
uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab
chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot
narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga
oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat
8
qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi.
Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan
qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq,
ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi
boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish
sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga
aylanadi.
Oligopoliya - tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi
va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va
xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu
tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy
iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini
batafsil o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida,
ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan
ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib
bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud
bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
2)
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
3)
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
4)
monopolistik birlashmalar o‘zining ichidagi raqobat.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo
raqobatga bo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega
bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir
tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha
9
bo‘lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning
individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan
tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi
yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan
nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini
yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi
kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib
o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib,
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar
pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi
tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab
chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi,
buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada
tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib
chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital
uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital
qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda
normasiga «baravarlashtiradi».
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari ham
ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni,
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.)
usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali firmalar
o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi
10
mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz
kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom
raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat - raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy
usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu
o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq
hisoblanadi:
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
-
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik kabi salbiy
holatlarga barham beradi;
-
qarindosh-urug‘chilikni,
oshna-og‘aynigarchilikni,
tanish-bilishlikni,
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi.
4
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz
raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi - «narxlar jangi» deb
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun
narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun
ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi,
malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq
bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past
bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo‘llashdir.
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki
bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi
Dostları ilə paylaş: |