Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi
kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda
“Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”
1
-
deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib,
korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va
mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va
samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni
rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar
tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi,
zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi zarur.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng
muhim istiqbolari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz,biz ichki ehtiyojning
o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi,...shundan kelib chiqqan xolda,
bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom
ettirish - iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga
haq to‘lashni yanada oshirish xizmat ko‘rsatish
1