5
1.
Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyati
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim
belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan
yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi
raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda
sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish,
ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat
pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni
yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi)
yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni
yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot
to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni haridor har bir sarflangan pul birligi
evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib
olish uchun kurashadilar.
O‘z navbatida haridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m harajati
evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Aksariyat holatlarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o‘rtasidagi kurash
sifatida ta’riflaydilar: «Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari - firmalar,
tarmoqlar, mamlakatlar o‘zaro raqobatlashadilar. Shunga ko‘ra, raqobat va
raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko‘rib
chiqish mumkin».
3
Shu o‘rinda raqobatning tovarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat sifatida qaralishi
ilmiy jihatdan noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida
kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi. Raqobat kurashi ham, yuqorida
Dostları ilə paylaş: