faqat bozor sub’ektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi
va davlat tomonidan tartibga solinadi. Baho darajasi tovarning
raqobatdoshligi va
bozordagi o‘rniga bog‘liqdir. Buning natijasi sotiladagan tovarlar masalasida korxona
ulushining oshishidir.
Bahoni tahlil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat berish kerak va tovarning
birlamchi bahosi qanday bo‘lishi foyda olish uchun va bozorda bu mahsulotni
ulushini oshirish uchun uni qanday o‘zgartirish kerak?
Mutaxassislar bu savollarga
javob berishga turlicha yondoshadilar.
Birlamchi bahoni aniqlashga vaqt bo‘yicha baho darajasini aniq hisoblash
ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga tovarni hayotiylik davriga, tovarga talab
va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab
chiqarishning barcha taqsimlashlarini almashuv va iste’molchining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan xolda yuritiladi. Har bir bosqichda tovar bahosiga ta’sir
qiluvchi unga xos omillar harakat qiladi.
Tovar
va xizmatlar bahosida, sarflangan harajatlar bahoda aks etgan foyda
talab va taklifning nisbati hisobiga olinadi. Xudi mana
shu omillar talab va taklif
qiymati foydani tenglashishi kabi ob’ektiv qonuniyatlariga asosan baholarni tashkil
qilishni tartibga soladi.
Firma baho siyosatida tovar va xizmatlar birlamchi bahosini o‘rnatishning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, haridor o‘z firmasiga doimo ishonadi. Masalan, firma
yangi tovarga bahoni yuqori o‘rnatmaydi, o‘rnatsa ham u doimo o‘z haridorini
qoniqtiradi.
Moliyaviy va bank boshqarish
sistemalarining susayishi, transport va milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho raqobatini oshirib yubordi.
Baholar
darajasi ko‘p xollarda haridor tomonidan belgilanadi. Ma’lumki, yuqori daromadli
rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxni pasayishi sifatni
yomonligidan dalolat
beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxonani mavqeini bozorda
mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlik darajasini pasaytiradi.
Hozirda asosan baho raqobati bahosiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib
bermoqda. Baholar faqat iste’moldangina emas,
balki ishlab chiqarishdagi
AS
o‘zgarishlardan ham darak beradi. Baholarning boshqa muxim vazifasi ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi
ularni
ham, bularni ham chorasini ko‘rishga ayni vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga
undaydi.
Dostları ilə paylaş: