Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix22.08.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#140166
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo\'nalishlar

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari:
munozarali ma’ruza, insert, aqliy xujum, 
blits-so’rov, klaster
Adabiyotlar: A1;.A2;A3;A4; Q1; Q3 
 
 
 
 
 
 


19 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari.
Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – barcha 
mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion va evolyusion shakllari. Ma'muriy-
buyruqbozlikka 
asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
xususiyatlari. O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy 
yo‘nalishlari. O‘tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli, uning 
tamoyillari va xususiyatlari. O‘zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy 
iqtisodiy inqirozining salbiy ta'sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Iqtisodiy islohotlarning 
mazmuni. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi va 
strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiy 
islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari. 
Iqtisodiyot fani eng qadimiy fanlardan biri bo’lib, u kishilik jamiyatining vujudga 
kelishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Qadimgi dunyo olimlari 
Кsenofont, Platon, Arastu iqtisodiy tushunchalarni o’rganganlar va ular o’rtasida 
bog’liqlik borligini isbotlab berganlar. Bu mualliflarning ilmiy ishlarida iqtisodiy 
hayotni turli qarashlarda fikrlari mavjud. Ular mehnat taqsimotini zarurligi, tovar va 
pul, hamda savdoning mohiyati haqida fikr yuritadilar. Кsenofont birinchi marotaba 
«iqtisod» so’zini ishlatgan. Uning to’liq ma’nosi uy xo’jaligini boshqarish bo’lib, 
qadimiy grek so’zidan olingan. Shu bilan birga, qadimgi Markaziy Osiyo, Xitoy, 
Hindiston olimlari ham iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga katta hissa qo’shganlar. 
Markaziy Osiyo olimlaridan Al-Forobiy (870—950), Abu Ali ibn Sino (980—1037), 
Abu Rayhon
Beruniy (973—1048), Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy


20 
(1441 —1501), Abduraxmon Jomiy (1414—1492), Zaxiriddin Muxammad Bobur 
(1483—1530) va boshqalar iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga katta hissa 
qo’shganlar.
Al-Forobiy moddiy ne’matlarni har bir insonning ahvoli va ishlab chiqarishda 
qatnashganlik darajasiga qarab adolatli taqsimlashni yoqlab chiqqan.
Al-Forobiy jamiyat shakllanishining asosiy sababi insonlarning moddiy talabidir, 
degan nazariyani asoslab bergan bo’lsa, Abu Ali ibn Sino iqtisodiy tafakkurda oila, 
shahar, davlat darajasida xarajat va daromad balanslari ustida fikr yuritib, ular 
o’rtasida albatta to’g’ri nisbat bo’lishi zarurligini asoslab bergan.
Xarajat qismidan ilm-fan taraqqiyotiga, ehtiyotkorlik, tabiiy ofat, urush xarajatlarini 
qoplash fondlarini shakllantirish zarurligi to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini 
qoldirgan.
Abu Rayhon Beruniy ishlab chiqarishda har xil mehnat turlarining o’rnini tadqiq 
etgan. Oltin va kumushning umumiy ekvivalent sifatida shakllanish qonuniyatlarini 
ilmiy asoslagan. Abu Rayhon Beruniy, Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar jamiyat 
shakllanishida iqtisodiy omillarning o’rni to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirganlar. 
XI asrning buyuk dahosi Yusuf Xos Hojib o’zining (1069 y.). «Bilim baxt beradi» 
degan asarida mehnatning mohiyatini, mehnat taqsimotini, uning xususiyatini va 
moddiy manfaatdorlikni, pulning vazifalarini tahlil qilgan. XIV asrda Amir Temur 
va temuriylar davrida barcha fanlar, xususan iqtisodiy tafakkur ham taraqqiy etgan. 
Bu jarayon, avvalo, olim, adib, davlat arbobi Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq. 
Alisher Navoiy qomusiy olim, davlat arbobi bo’lgan. U o’zining «Vaqfiya» va 
«Munshoat» asarlarida jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy tuzilishi ustida fikr yuritadi. 
«Jamiyat boyligi manbai mehnat» deb hisoblagan, soliqlarga ortiqcha ahamiyat 
berishga qarshi chiqqan, savdoning rivojlanishi, davlat moliyasi va baholarni 
tartibga solish tarafdori bo’lgan. Davlat arbobi sifatida Alisher Navoiy mehnatning 
har bir turini keltirgan foydasi bilan bog’lab ish haqini tartibga solish siyosatini olib 


21 
borgan. U iqtisodiy rivojlanishniig har qanday ziddiyatini hukmdorlik qilayotgan 
hukmdorning adolatli siyosat olib borishi bilan hal etish mumkin, deb hisoblagan.
Iqtisodiyot mustaqil fan sifatida XVII— XVIII asrlarda shakllangan. Ishlab 
chiqarish taraqqiyoti, uning ko’lamlarining o’sishi, xo’jalik yurituvchilari o’rtasida 
iqtisodiy aloqalarning vujudga kelishi keng iqtisodiy bilimga ega bo’lishni taqozo 
etgan. XVI—XVII asrlarda kapitalizm kurtaklari paydo bo’la boshlagan davrda 
asosan savdo keng rivojlangan. Ana shu davrda iqtisodiy bilimlarni 
rivojlantirishdagi birinchi nazariy maktab bo’lmish «merkantilizm» vujudga kelgan. 
Uning namoyandalari farang Antuan de Monkreten, ingliz U.Stafford va boshqalar 
hisoblanadi. Ularning ilmiy izlanishlarining asosini muomala sohasidagi savdo 
kapitali tashkil etgan. Antuan de Monkreten 1615 yilda birinchi marotaba o’zining 
«Siyosiy iqtisodning traktati» asarida fanning nomini
«Iqtisoddan» «Siyosiy iqtisod»ga o’zgartirgan. Buning ma’nosi yunon tilida 
«davlatni boshqarish san’ati» degan ma’noni bildiradi. U davlat xo’jalik ishlariga 
aralashishi kerak, deb hisoblagan. Merkantilistlar birinchilar qatorida iqtisodiy 
tuzumning maqsadi va vazifalari mohiyatini ochib berishga intilganlar.
Merkantilistlar millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan 
raqobat qilishlari kerak deb hisoblaganlar. Ular boylik manbaini muomala sohasida, 
savdoda ko’rganlar. Merkantilistlar oltin va kumush pullarni to’plashni xo’jalik 
faoliyatining va davlatning asosiy maqsadi deb qaraganlar. XVIII asrda fransuz 
faylasuflari va iqtisodchilaridan bir guruhi biznes va sanoatni qo’llab quvvatlashdan 
voz kechib, ularga e’tibor bermaslikni taklif etdilar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, 
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish 
iqtisodiy nazariyaning o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab haqiqiy ilmiy 
tavsifga ega bo’ldi. Ular fiziokratlar edilar. F.Кene nazariyasiga binoan qishloq 
xo’jaligining asosiy vazifasi jamiyatni uch sinfga bo’lib, bir yil ichida yaratilgan 
mahsulotni taqsimotini qiymat va natura shaklida ifodalagan. Fiziokrat (yunoncha 
so’zdan olingan bo’lib «tabiat hukmronligi» ma’nosini anglatadi). Birinchi bo’lib, 


22 
xususan F. Кene (1694—1774), A. Tyurgo (1727—1781) va U.Petti (1623—1687) 
kabi iqtisodchi olimlar boylik manbai ishlab chiqarish deb hisoblaganlar. Ular 
qishloq xo’jalik mahsulotlari va boshqa tabiiy resurslar boylikning xaqiqiy manbai 
deb hisoblagan edilar, Fiziokratlar iqtisodiy tizim elementlarini, ya’ni tovar, pul, ish 
haqi, foyda va takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida, iqtisodiy taraqqiyot 
qonunlarini o’rganishga intilganlar. Jumladan, F.Кene birinchi marta takror ishlab 
chiqarish sxemasini yaratgan. Uning sxemasidan AQSh iqtisodchisi Nobel mukofoti 
sovrindori L. Leontev o’zining yaratgan tarmoqlararo balansida foydalangan. 
Moddiy ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq, etish 
iqtisodiy nazariyani o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab ilmiy xarakterga 
ega bo’lgan. Bu davr sanoat to’ntarishi davri edi. Iqtisodiyot nazariyasini 
rivojlantirishga ma’lum hissa qo’shgan maktab — bu klassik siyosiy iqtisoddir. Bu 
maktab namoyandalari A.Smit (1723— 1790), D. Rikardo (1772— 1823) bo’lib, 
ular birinchi marotaba qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymatini uning 
ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o’lchanishini asoslab berdilar. 
A.Smit, D.Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish 
va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o’rgandilar. Ularning ilmiy 
tadqiqotlari ko’proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi kategoriyalarning mohiyatini 
ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular ijtimoiy xo’jalik taraqqiyotida 
bozorning o’rnini belgilab berdilar.
A.Smit obrazli qilib «Hamma iqtisodiy agentlarning harakatini «ko’zga ko’rinmas 
qo’l» boshqarib turadi», deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir agent bozor 
munosabatlarida mustaqil ish tutib, o’z manfaatini ro’yobga chiqara borib, pirovard 
natijada «ko’zga kurinmas qo’l» vositasida o’zi bilmagan holda maqsad sari 
yo’naltiriladi. U o’z manfaatlarini ko’zlab, jamiyat manfaatlariga o’zi ongli tarzda 
intilganiga nisbatan ancha qo’proq samarali tarzda xizmat qiladi»
1
. XIX asrning 
ikkinchi yarmida burjua siyosiy iqtisodiga qarama-qarshi proletar iqtisodiy 


23 
nazariyasi vujudga keldi. Uning asosini qo’shimcha qiymat haqidagi ta’limot tashkil 
etgan bo’lib, natijada iqtisodiyot nazariyasi ikki, marjinalizm va marksistik tarmoqqa 
ajralib ketdi.
XIX—XX asrlarda marjinalizm tarmog’idagi iqtisodiy fanda bir qator maktablar 
shakllangan bo’lib, ularning ba’zilari hozirda
ham tan olingan.
Xususan 
Avstriya
maktabi namoyandalari, К.Menger (1888—1926), E. Bem-
Baverklar
(1851 — 1914) ne’matlarning naflilik chegarasi nazariyasi bilan tanilganlar. Mazkur 
nazariyaga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanligi va noyobligi bilan 
aniqlanadi.
Bozorda narxlarni shakllanishiga A.Marshall e’tibor berib, baho, talab va taklifni 
birgalikda, o’zaro bog’likda o’rgangan. Uning fikricha bozor narxlari talab va 
taklifga o’zaro bog’liq ekanligini ifoda etadi. U o’zining tadqiqotida vaqt omilini 
tengligini ilmiy tahlil qilgan.
AQSh 
iqtisodchisi 
Dj. 
Кlark (1847—1938) ishlab chiqarish omillari
unumdorligining kamayishi va unumdorlik chegarasi nazariyasini yaratdi. Bu 
nazariyaga asosan har qanday ishlab chiqarish omillari unumdorlik chegaralariga ega 
ekanligi va bu unumdorlikning kamayib borishi asoslab berilgan.
Shu davrda iqtisod fanida ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842—1924) tomonidan 
asos solingan Кembridj maktabini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U qiymat, 
chegaraviy foydalilik va naflilik chegarasi, unumdorlik chegarasi nazariyalarini 
yaratishga harakat qildi. Buning natijasida esa talab va taklif nazariyasi yaratildi.
A.Marshall «Ishlab chiqarish xarajatlari va pirovard foydalilik shubhasiz bitta 
umumiy bo’lgan talab va taklif qonunining tarkibiy qismlaridir»
2
,— degan fikrni 
bildiradi.


24 
XX asrning 30-yillarida iqtisodiy tafakkur o’zining rivojlanishida
yangi 
bosqichga o’tdi. Unga ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Кeyns (1886—
1943) asos soldi. U tartibga solinuvchi kapitalizm nazariyasini asoslab berdi. Uning 
asosiy g’oyalari «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» asarida o’z aksini 
topgan. U bozor mexanizmi o’zi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq 
va samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi deb hisoblagan. U undan samarali 
foydalanishni tashkil etish uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda, samarali 
moliyaviy byudjet va pul-kredit siyosatini shakllantirishda, uni olib borishda faol 
qatnashishi zarur deb hisoblagan. Djon Meynard Кeyns fiziokrat A.Smitning bozorni 
maqtash nazariyasiga qarshi chiqib, bozor mexanizmi ma’lum bir o’zgarishlarga, 
iqtisodiy krizislarga yo’l qo’yilishi davrlarida Djon Meynard Кeyns bozor iqtisod 
mexanizmiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Djon Meynord Кeyns jamiyatni 
takomillashtirishni talab bilan bog’liqligini e’tiborga olgan holda, birinchi o’ringa 
talab samaradorligini va davlat tomonidan uni qo’llash zarurligini ko’rsatib bergan.
Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli R.Xarrod, A.Xansen va P.Samuelson (1915) 
tomonidan rivojlantirildi.
P.Samuelson tomonidan yaratilgan neoklassik sintez nazariyasi mohiyati shundan 
iboratki, iqtisodiy taraqqiyot holatiga qarab, yo davlat tomonidan yoki Djon 
Meynard Кeyns nazariyasiga asoslangan holda bozor mexanizmlari orqali 
iqtisodiyot 
boshqarilishi 
kerak. 
Iqtisodiyot 
nazariyasini 
hozirgi 
zamon 
yo’nalishlaridan biri institusionalizm nazariyasi hisoblanadi. Uning vakillari bo’lib 
T.Veblen, Dj.Gelbreyt, R.Кouz, G.Bekker va boshqalar hisoblanadi. Ularni 
nazariyalarini markazida institutlar, ularning qatoriga davlat, xuquqiy mulkchilik, 
oila, monopoliya va boshqalar turadi. Institutlar tashqi iqtisodiy va ichki iqtisodiy 
omillar asosida rivojlanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyot nazariyasi xuquq, 
sosiologiya, ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’liqdir.
D.Gelbreyd hozirgi zamon iqdisodiyot fanining yirik namoyandalaridan biri 
hisoblanadi. U hozirgi iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarishni korporasiya asosida 


25 
tashkil etish yagona yo’ldir, deb hisoblagan. U hozirgi xo’jaliklarni ob’ektiv 
zaruriyati rejalashtirishdir, rejalashtirish bozor munosabatlari o’rnini egallaydi deb 
hisoblagan. Кorporasiyalar faoliyatining davlat tomonidan boshqarilishi zarurligi ular 
o’rtasida yaqindan o’zaro harakatlantiruvchi alokalar bo’lishini ta’kidlaydi. U faqat 
iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy masalalarini sezilarli darajada taraqqiy 
ettiribgina qolmasdan, balki insoniyat rivojlanishining ulkan muammolari 
masalasida ham ahamiyatga molik fikrlarni ilgari surdi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin