Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………...28
3
Kirish
Har tomonlama kamol topgan yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda,
uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi fan iqtisodiyot
nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy
qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va
jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish
qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining
tarkib topish xususiyatlari
, o‘tish davridagi
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va
modernizatsiyalash jarayonlari, iqtisodiy o‘sish va unga ta'sir etuvchi omillar,
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari,
iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, jahon iqtisodiyoti
rivojlanishining asosiy tendensiyalari kabi masalalarni qamrab olgan.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy
qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda,
mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir a'zosini g‘oyaviy jihatdan yo‘naltirish,
ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli
ta'sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyot nazariyasi
(
ruscha
:
"Экономическая теория"
,
inglizcha
:
"Economics"
)
- insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali
foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi
munosabatlarni
o'rganuvchi
fan.Economics
atamasi
qadimgi
yunon
tilidagi
οἶκος
(oikos, "uy") +
νόμος
(nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy
(xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi
οἰκονομία
(oikonomia, "uy xo'jaligini
boshqarish") so'zidan olingan.
4
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani
mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan
iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi.
I
qtisodiyotning
qonun-qoidalari,
tushunchalari
va
rivojlanish
tamoyillarini
oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij
mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan,
MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot
nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan
oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida
tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda,
"Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot
nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy
fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol
qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar
sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan
xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat)
iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy
hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida
yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining
mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki,
bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda
oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu
tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini
nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va
yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski
5
hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga
nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat
kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida
boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat
iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga
qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo
oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy
hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit
taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning
iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-
texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi;
iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-
demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning
bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan
shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha
boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu
vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni
yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol
taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular
qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar
boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib
oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma
bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi,
resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab,
taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot
6
nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida
iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash
(mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya
— bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh
oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi
darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy
xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos
qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga
kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo
yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi.
Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp,
tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi.
Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni
umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy
xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni
rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy
aloqalarini aniqlab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy
taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda
iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham
miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab
chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang
Iqtisodiy
7
tarakqiyot modeli
). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi.
Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan
holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini
idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa
iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v)
iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy
tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan.
Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib
boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan
holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor
munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini
bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada,
uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda
shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot
nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani
birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat"
asarida (1615-yil) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot
nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik
namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758-yil) muallifi F. Kene
(Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu
klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya)
hisoblanadi (qarang
Klassik siyosiy iqtisod maktablari
). Bu maktab 18-asr oxiri —
19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan
20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni
8
egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk
(Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga
keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall
(Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek
(Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns
(Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar
hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan
vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga
kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari
koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.
|