Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan
maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy
tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda
ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Fanning vazifalari – talabalarni
nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy
hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan
uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko‘maklashish; ular ongiga milliy istiqlol
g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi
zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb
muammolarini
ochib berish
; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida Seminar ko‘nikmalarni
hosil qilish. Mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar
taqsimoti
Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. «Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr: -iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning
amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni;
iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi kerak;
- talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash;
iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni) iqtisodiy muammolar
bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga egabo‘lishi kerak; - talaba iqtisodiy
jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun
zarur bo‘lgan ma'lumotlar to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi
kerak.