Davlatni pul-kredit siyosati va banklami uni amalga oshirishdagi roli
Bugungi kunda banklami va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini
yo'qotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvuni va jamg'arlishi bilan
bevosita bog'liqdir. Bunday harakat natijasida o'zaro yaqin va o'xshash bo'lmagan
kredit tashkilotlarini yo'qolib ketishi yoki kushilishi jarayoni amalga oshirilishi
mumkin. Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillarga
bog'liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda
farqlarning yo'qolishi va banklar tomonidan funksional va yuridik xususiyatlami
bekor bo'lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmoqda. Shuni
qayd qilish lozimki yirik banklarning universallashuvi va global yo'nalishlarining
olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga yani ma'lum turdagi
operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa
ko'pgina mamlakatlarda faoliyot ko'rsatayotgan ko'p bosqichli bank tizimiga hos
xususiyatdir. Bozor iqtisodiyoti va jahon xo'jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi
ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko'prok faqat sof bank
operatsiyalarini bajaradigan emas.
Tijorat banklari qo'yidagi operatsiyalami bajaradi:
-
passiv operatsiyalar;
-
aktiv ssuda operatsiyalari;
-
bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-
bankning uz mablag'lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va
boshqalar. Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan moliyaviy
muassasalaiga aylanmoqda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda kata
daromad keltiradi. Pul-kredit siyosati usullari umumiy bo'lishi mumkin, yani
mamlakatdan kredit munosabatlar holatiga umumiy ta'sir ko'rsatuvchi, yoki
selektiv, yani alohida olingan kredit turlariga ta'sir ko'rsatish uchun yo'naltirilgan
hamda alohida korxona, jumladan tarmoqlami kreditlash uchun yo'naltirilgan
bo'lishi mumkin. Pul-kredit siyosatining umumiy usullariga:
-
Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga
solishsiyosati;
-
ochiq bozordagi operatsiyalar, yoki davlat qimmatbaho-qog'ozlarini sotib
olish vasotish;
-
majburiy zahira normalarini o'zgartirishlar kiradi.
Hisobga olish siyosati Markaziy bankning tijorat banklari uchun oxirgi
navbatdagi zahirasi sifatida kneditoriga ayalanishi bilan bog'liq. Majburiy zahira
normalarini tartibga solish hukumat talabi asosida tijorat banklarining belgilangan
miqdoridagi pul mablag'larini Markaziy bankdagi foizsiz hisob varag'iga
o'tkazilishidir. Ochiq bozordagi operatsiyalar markaziy bankning tijorat va gazna
obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog'ozlarni bozor kursi yoki oldindan e'lon
qilingan kurs bo'yicha sotib olish va sotish, hamda qayta kelishuvlaridir.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati selektiv usullariga:
-
limitlar, kvotalar umatish orqali kredit miqdorini yoki veksellarini hisobga
olishnito'g'ridan-to'g'ri qisqartirishdir;
-
kredit operatsiyalarini o'sish darajasini pasaytirish;
-
alohida olingan turdagi kreditlar ustidan nazoratni umatish, ismol krediti
ustidan;
-
alohida olingan jamg'armalarga yuqori foizlami o'rnatish yoki umumanfoiz
stavkalarini tartibga solish va boshqalardir. Banklar va uning krediti yordamida
mavjud kapital tarmoqlar o'rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida
taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xujaligi sohasida
qushimcha investisiyaga bo'lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalk xujaligida
progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin. Oxirgi yillarda tijorat
banklarining soni, ular bajaradigan operatsiyalar, ulaming ustav fondi va
qo'yilmalar salmogi oshib bormoqda. Tijorat banklari o'z faoliyati bilan bozor
iqtisodiyoti talablariga mos ravishda ishlay oladigan tashkilotlami o'z vaqtida
mablag' bilan qo'llash va bunday tashkilotlami aniqlash kabi muhim bir vazifani
amalga oshirmoqda. Tijorat banklari kreditlash jarayonlari orqali mamlakat
iqtisodiyotning rivojlanishiga ham juda katta xissa qo'shmoqda. Tijorat
banklarining yana bir muhim funksiyasidan biri hisob to'lovlarini amalga oshirish
funksiyasidir. Bugungi kunda korxona va xo'jaliklami o'rtasidagi hisob-
kitoblarning asosiy qismi pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Bu
jarayonlarda tijorat banki vositachi sifatida to'lovlar o'tkazish jarayonini
bajarmoqda. To'lov hujjatlarining o'z vaqtida o'tishi hamda hisobkitob
jarayonlarining uzluksizligini taminlash zaruriyati bugungi kunda banklardan
hisob-kitoblami tashkil qilish va nazorat qilishning mukammal metodlarini ishlab
chiqishni talab etmoqda. Hisob-kitoblami tezlashtirish, jarayonlarni ishonchligini
taminlash hamda bu jarayonlar bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida
tijorat banklari bugungi kunda komputer texnikasi bilan jihozlanmoqda. Tijorat
banklarining to'lovlarini amalga oshirish funksiyasi orqali bugungi kunda yuridik
shaxslaming davlat budjetiga bo'lgan majburiyatlari nazorat qilinmoqda.
Bugungi kunda tijorat banklari yetarli darajada texnik jihozlanganligi hamda
kerakli axborot bazalariga va malakali kadrlarga egaligi banklari o'z navbatida
qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri qilib qo'ymoqda.
Qimmatbaho qog'ozlar bozorida banklar bir vaqtning o'zida ham investor ham
emitent sifatida qatnashmoqda. Banklarning boshqa xo'jalik subektlariga nisbatan
stabil moliyaviy holatga egaligi qimmatbaho qog'ozlar bozorida operatsiyalarda
qatnashishga imkon bermoqda. Respublikada tijorat banklarning qimmatbaho
qog'ozlar bozorida aktiv ishtirok etishini sabablaridan yana biri banklarning nizom
kapitalini oshirish sohasida o'z aksiyalarini sotishga bo'lgan intiiishdir.
Bugungi kunga kelib tijorat banklari qimiratbaho qog'ozlar bozorida
aksiyalardan tashqari depozit va jamg'arma sertifikatlar bilan ishlashni ham yo'lga
qoVmoqdalar. Bundan tashqari banklar o'z mijozlariga moliyaviy broker sifatida
ham xizmat ko'rsatmoqda. Banklarning bunday funksiyalami bajarishlari korxona
tashkilotlaming qimmatli qog'ozlar bozori operatsiyalarida qatnashishlari uchun
qulay sharoit yaratmoqda.
Bugungi kunda, Respublika davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog'liq
jarayonlar keng o'rin olganligi sababli, korxonalarga tegishli, qimmatli qog'ozlar
bozoriga nisbatan, davlat qimmatli qog'ozlar bozori aktiv harakat qilmoqda. Bu
bozorda asosiy qatnashchilar sifatida tijorat banklari maydonga chiqmoqda. Bu
bozorda tijorat banklari o'zlarining brokerlik funksiyalarini amalga oshirish bilan
bir qatorda mavjud mablag'larini hech qanday tavakalchilikka bormagan holda
qisqa muddatlarga joylashtirish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.
|