Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Bank xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish muammolari1



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix26.08.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#140658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hozirgi jamiyatning bank tizimi

Bank xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish muammolari1 
Jahon banklari ish faoliyatida axborotlarni sotish va moliyaviy maslahatlar kabi 
xizmatlar ham keng o'rih olgan. Bizning oldimizda turgan masalalardan biri ham 
sohani o'rganishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali ishlovchi 
bank tizimini yaratish mustaqillikning birinchi kunlaridan O'zbekistonda 
yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi. 
"O'zbekistonning moliyaga doir yordamchi tarmoqlarini, mamlakatning bank 
tizimini takomillashtirish biz uchun birinchi navbatdagi vazifadir":, - deb etirof 
etgan edi Prezident I. Karimov. Chunki Mustaqillik e’lon qilingunicha mamlakatda 
mustaqil bank tizimi mavjud emas va mavjud bank muassasalari sobiq ittifoq bank 
tizimining tarkibiy qismi hisoblanardi. аримов издан обод ва озод ватан олсин. 
2-том. - .: "Ўзбекистон", 1996. 
Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti va 
marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko'payishi bu 
raqobatning kuchayishidir. Malumki, rivojlangan mamlakat]aming aksariyatida 
iqtisodiyotni boshqarish borasida boy tajriba to'plangan. Shu tajriba asosida 
boshqaruv sohasi rahbarlari va mutaxassislarining yangi avlodini tarbiyalash 
respublikamizda ham tobora keng yoyilmoqda. Jahon bank tizimida ro‘y 
berayotgan tub o'zgarishlar, MDH mamlakatlari bank tizimiga ham tobora ko'proq 
ta'sir ko'rsatayotir. Xo'sh, gap qaysi o'zgarishlar to'g'risida bormoqda? 
Birinchidan, bu o'zgarishlar to'lovlaming yangi integratsiya vositalarini yuqori 
sur'atlar bilan shakllantiradigan bank operatsiyalarini komputerlashtirshning 
texnologik inqilobi bilan bog'liq. Bu jarayonlar talaygina moliyaviy xarajatlar talab 
qiladi, bank ishi qimmatlashadi, biroq uning samaradorligi va uning tezkorligi 
oshadi, bu esa xarajatlar o'sishini qoplaydi. 
lkkinchidan, bank ishida o'sib borayotgan raqobat banklarning ko'shilib 
ketishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va iqtisodning investitsiyalar 
sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi. O'zbekistonning bank tizimi unga 
kam quwatli talay banklar kirganligi sababli, yaqin vaqt ichida bu ta’moyilning 


ta'sirini boshdan kechiradi. Bu hodisaga respublika bank xizmati bozorida 
anchagina raqobatbardosh va samarali bo'lgan chet el banklarining paydo bo'lishi 
ham yordam beradi. Uchinchidan, bu an'anaviy bank xizmatlari bozoriga tobora 
shaxdam odimlar bilan kirib kelayotgan bankdan tashqari tuzilmalar bilan 
raqobatning kuchayishi. Jumladan, aholiga kredit kartochkalari bilan xizmat 
ko'rsatish sohasida turli xildagi tijorat to'zilmalari faoliyat ko'rsata boshlaydilar. 
To'rtinchidan, bank ishlariga bu xizmatlaming ko'p sonli iste'molchilari ta'siri 
ortadi. Iste’molchi operatsiyalarining tezligi va sifati, hisob-kitoblarning qo'layligi, 
mijozlaming ehtiyojlariga o'tkazishe'tibor qaratilishiga nisbatan banklarga tobora 
qattiq talablar boshlaydi. Bank tizimi hozir hal qilinishi qiyin bo'lgan dilemmaning 
keskinlashuvi sharoitida turibdi. Qo'yilmalami jalb qilishda banklar ekspansiyasi 
va omonatchilami zararlardan kafolatlash o'rtasida asosiy muvozanatsizlik mavjud. 
Kafolatlar moliya institutlariga qo'shimcha qo'yilmalami jalb qilish imkonini 
beradi. qo'yilmalar faoliyatining omonatchilar tomonidan boshqarilmasligi esa, 
banklarga bu qo'yilmalardan foydalanishda keng imkon yaratib beradi. Bu ikki о 
mil ning o'zaro uygunligi kreditlash hajmlarining o'sishi uchun sharoit yaratadi. 
Biroq bu boshqarilmaslik kuchayishi bilan xavf-xatar va kompensatsiya o'rtasidagi 
muvozanatsizlik ortadi. Shuning uchun ham bank tizimini rivojlantirish va 
boshqarishga nisbatan samarali siyosat olib borish zarur. Bu vazifalarning barchasi 
bank menejmenti bilan bog'liqdir. Menejment - tashkil etish va boshqarishning 
tizimini to'g'riroq olib borishi haqidagi ilmiy bilimdir. Menejment tushunchasi va 
uning iqtisodiy mohiyati turlicha tushuniladi. Qisqa ma’noda menejment so'zi - 
jamoani tashkil qilish va boshqarish bilan bog'liq bo'lsa, keng ma’noda menejment 
- bank faoliyatini va uning ishchilarini shakllantirishni boshqarish tushuniladi. 
Menejment asosini-inson omili, o'z ishini biluvchi, shaxsiy hamda jamoa mehnat 
faoliyati tashkil etadi. Bu borada boshqaruvchi - kasbiy bilimga va shaxsiy 
sifatlarga: yuqori bilimli, o'ylash qobiliyati chuqur va zehnli, xavfni boshqara 
oladigan hamda rejalashtirgan ishlarni qo'rkmasdan amalga oshira oladigan shu 
bilan birga jamoasi orasida yetakchilik qila oladigan shaxs boMishi shartdir. 


Menejmentning asosiy maqsadi boshqarishning ratsional usuli orqali foyda 
olishdir. 
Lekin 
respublikamizning 
hozirgi 
iqtisodiy 
sharoitida 
bank 
menejmentining asosiy maqsadi faqatgina foyda olish emas, balki jamiyatning 
ijtimoiy iste'mol talablarini qondirishdan ham iboratdir. Oxirgi yillarda bank 
menejmentining maqsadlariga - jamoaning ijtimoiy muammolarini ham hal 
qilishdan iborat boMgan masalalar turibdi. 
Busiz inson o'z potensialini namoyish eta olmaydi va mehnat qila olmaydi. 
Shu bilan bank menejmentining yana bir xususiyati bank biznes xususiyatiga 
bevosita bogMiqdir. Bank biznesi boshqa tarmoqlarga karaganda uning farqi 
maxsus "tovar" "pul" bilan faoliyat ko'rsatishidir. Yuqoridagilami hisobga olgan 
holda bank menejmentining o'ziga xos xususiiyatlami va maqsadlarini ko'rsatib 
o'tish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlarga: 
-pul bozori sharoitida xo'jalik subyekti sifatida bank ishini rentabelligini 
ta'minlash; -kreditor va jamgarmachilar qiziqishini ta'minlash maqsadida, bankni 
ishonchli sherik sifatida uning balansi likviditligini ta'minlash; 
-bank mijozlariga ko'rsatilayotgan xizmatlarini hajmi, turi, sifatini yaxshilagan 
holda ular orasidagi aloqalami doimiyligini ta'minlash uchun mijozlar talablarini 
maksimal qondirish; 
-jamoaning ishlab chiqarish, tijorat hamda ijtimoiy muammolami birgalikda 
hisobga olgan holda hal qilish; -mutaxassislaming potensialidan to'laroq foyda 
olish maqsadida ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va ulami joylariga qo'yish. Bu 
maqsadlarga erishish uchun bank menejmenti miqdoriy va sifat hamda ijtimoiy 
ko'rsatkichlarga tayanadi. 
Miqdoriy ko'rsatkichlar bank menejmentining barcha sohalariga tegishlidir. 
Miqdoriy ko'rsatkichlarga: bank mijozlari va raqamlari soni, depozit hajmi, kredit 
qo'yilmalri, operatsiya va xizmatlar hajmi va boshqalar misol bo'la oladi. Sifat 
ko'rsatkichlariga esa bankning daromad va xarajat ko'rsatkichlari mablag'laming 
aylanish tezligi, operatsiyalami amalga oshirish xarajatlari va mehnat hajmi, 
hujjatlarni qayta ishlash kabilar kiradi. Hozirgi kunda bu masalalar kundankunga 
hal qilib borilmoqda. Axborot tizimi, elektron toMov tizimi bunga yaqqol misol 


bo'la oladi. Bank menejmentining ijtimoiy ko'rsatkichlarini uch guruhga ajratib 
ko'rish mumkin. Bular: 
-jamoa a’zolarining kasbiy tayyorgarligi; 
-ularning mehnatga munosabati; 
-ijtimoiy muammolami farq qilish darajasi. 
Bank menejmentining asosiy xususiyatlaridan yana biri, bu mas’ul masalami hal 
qilishda jamoa umiIu jug mayjudligidir. Hoziigi davrda bank yo’nalishi qanday? 
Ulami ikkita yirik yo'ralishga ajratish mumkin. Birinchi guruh savollariga, bankni 
ixtiyorida bo'lgan iqtisodiy muammolami boshqarishni tashkil etish. Ikkinchi 
guruh savollariga bank jamoasini boshqarishni tashkil etishdan iboratdir. Bularning 
har biri alohida yo'ralishlardan iborat. Lekin biz ularning har birini alohida-alohida 
ko'rib chiqa olmayniiz. Ammo ba’zi hirlari bilan tanishib o'tishga harakat qilamiz. 
Bank marketingi - bu bozorda bo'layotgan jarayonlarni to'la hisobga olgan holda 
kompaniya va firma faoliyatini bajarish va tashkil etish tizimidir. Bank marketing 
esa shu ma’lum bir rcgionda va rcgiondan tashqarida bank xizmatlariga bo'lgan 
talab va taklifni o ’rganish, bank xizmatlariga bo'lgan talabni boshqarish va 
qondirish. turli banklar tomonidan amalga oshirilayotgan bir turdagi operatsiyalar 
xarajntini taqqoslash, reklamani amalga oshirish tizimidir. 
Bank marketingi birinchi navbatda bankning potensial mijozlarini qidirib 
topishini bildiradi. Bank mijozni hamda o'zining iqtisodiy potensialini birgalikda 
qo'shib o'rganadi. Bank xizmatini yangi turlariga bo'lgan talabni o'rganish hozirgi 
zamon banklarining eng dolzarb masalasidir. Oxirgi yillarda bank nuiamolasiga 
kiritilgan, Faktoring, lizing, ishonch (trast), vositachilik xizmatlari va ularga 
bo'lgan talabni o'rganib chiqish shular jumlasiga kiradi. Tijorat banklarinig 
maslahat xizmati qimmatbaho qog'ozlar bilan operatsiyalari ham bundan mustasno 
cmasdir. Bankning o'z marketing xizmatini olib borishi bir necha usullariga ega. 
Bularning eng birinchisi hamda oddiysi mijozlar bilan olib boriladigan bevosita 
olib boradigan muioqatdir. Mijozni ham bank ishchisini moddiy tomonidan 
ragbatlantirilishi bu vazifani hal qilishning asosiy mczonlaridan biridir. Mijozlar 


bilan muloqot qilish uslubiga ko'ra bank marketingi ikki turga, aktiv va passivga 
bo'linadi1. 
Aktiv marketing o’z ichiga: 
-to'g'ri marketing, telefon, pochta va lelevideniycni o'z ichiga olgan markctingni; 
-telemarketing, ya’ni yangi b'limdan ko'ra iqtisodiy samaradorligi yuqori bo'lgan 
marketing; 
-konferensiyalar o'tkazish orqali bank xizmatlarini reklama qiluvchi 
marketingni; 
-aholining keng ommasini so'roqqa to'tish orqali o'rganiladigan gap marketingni; 
-bankda tashkil topadigan fokus-guruhlarning tashkiliy diskussiya bahslasluiv 
guruhlari marketingi; 
-mijoz bilan bevosita niuloqotda bo'lgan markctingni oladi. 
O'z navbatida passiv marketing esa matbuotda bosib chiqarish yo'li bilan bank 
xizmatlarini reklama qilish usuliga bo'linadi. Bank marketingining tashkiliy 
qismlari bo'lib: 
Axborotni to'plash (bozorni o'rganish uchun): 
Tovarni o'rganish va bahosini aniqlash (tovar-baho): 
Xizmatlami jo'natishni (sotishni) tashkil etish kabilar hisoblanadi. 
Bank tizimi - lashkiliv tuzilma sifatida yirik tizim bo'lib - mamlakatning 
iqtisodiy tizimiga kiradi. Menejment - tashkil etish va boshqarishning tizimini 
to'g'riroq olib borishi haqidagi ilmiv bilimdir. Menejment so'zi - jamoani tashkil 
qilish va boshqarish bilan bog'liq bo'lsa. keng ma'noda menejment - bank 
faoliyatini va lining ishchilarini shakllantirishni boshqarish tushuniladi. 


Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat banklarini (1-ilovaga qarang) 
o‘z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, 
bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda. Dastlabki 
banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha qiyinchilik 
tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib 
chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy 
tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi 
chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu 
operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo 
bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining “boshlang‘ich” nuqtasini aniqlash aniq 
tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fikrlarni mujassamlashtirishni 
talab qiladi. Banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ba’zi bir fikrlar to‘g‘risida 
siz tushunchaga egasiz. 
Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab 
berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham 
omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan 
ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida 
cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari 
(masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank 
muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan 
boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. 
Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini 
birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini 
almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin