Markaziy bankninng tijorat banklari faoliyatini tartibga solishdagi o'rni
O'zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bankdan litsyenziyani
olgandan so'ngina davlat qimmatbaho qog'ozlari bilan operatsiyalami amalga
oshirilishi mumkin. Ularga qimmatbaho qog'ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun,
to'lov xarajatlari funksiyasini bajaruvchi qog'ozlar uchun (veksel-chek) yoki pul
mablag'larini jamg'armalarga va bank raqamlariga jalb qilishlarini tasdiqlovchi
qog'ozlar (depozit va jamg'arma sertifikatlari) uchun maxsus litsyenziya olishlari
shart emas.
Bugungi kunda banklarning ko'p pog'onali bo'lishi ulaming tashkiliy tuzilishiga
bog'liq. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog'onali bank tizimi
xosdir Bir pogonali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali
mavjud bo'lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo'lsagina rsal (haqiqatda)
mavjud bo'lishi mumkin.
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog'onali
bank tizimi hos. Bunda birinchi pogona banklari Markaziy bank, ikkinchi quyi
pog'ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir. Markaziy bank tizimi mavjud
bo'lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy
bankning moliya bozoridagi o'rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish
darajasiga va xususiyatiga bog'liq. Bu esa o'z navbatida ikki pogonali bank tizimini
shakllanishiga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy
bank bo'ladi. Ikki pogonali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining
qaramaqarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya
mablag'laridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog'ona
banklartijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu
munosabatlami ma'lum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli
yo'naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Yuqorida ko'rib o'tganimizdek bank faoliyatini maxsus litsyenziya asosida
amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O'zbekiston Respublikasi
Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsyenziya asosida faoliyat
olib boradilar. Ularga qo'shimcha retsyenziya zarur emas (faqat valuta
operatsiyalaridan tashqari).
Shuni takidlash lozimki Respublika Tijorat banklarining moliyaviy holati
bugungi kunda barqaror emas. Shu sababli Respublikada bii qancha banklaining
litsyenziyasi chaqirib olindi, bu esa ulami haqikatda bankrotlikga uchraganligidan
darak beradi.
Bank retsyenziyasi chaqirib olinish jarayonidan likviditsion komissiya to'ziladi.
Ular qiyin va uzoq muddatli murakkab faoliyat olib boradilar.
Kredit
moliya-tizimining
barqarorligining
taminlash,
uning
alohida
bo'g'inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini
taminlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy
bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlarini (tizimini) faoliyatini
tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir.
Uzoq yillar mobaynida tijorat banklari va emission banklarining bajaradigan
funksiyalari qushilib ketdi. Bular qatoriga banknotlarni emissiya qilishning
markazlashuvi bir qo'lda yoki bir necha banklarning qo'lida yani davlatning
maxsus qonuniy dalolatnomalari bilan qo'llab-quwatlanadigan banklar qo'lida
ushlab turishi, keyinchalik esa ular orasidan yiriklarini ajratib so'ng emissiya
chiqarish huquqini berilishini, yoki alohida markaziy emission banklar deb
nornlanuvchi banklarning paydo bo'lish jarayonlarini misol qilib keltirish mumkin.
Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funksiyalami belgilab berilishi
mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o'zida
mujassamlashtirilgan o'zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo'lib qoladi.
Mamlakatning Markaziy Banki davlat bank tizimining asosiy qismi bo'lib
hisoblanadi. Markaziy bank birinchi urinda davlat va iqtisodiyot o'rtasida vositachi
bo'lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o'z oldiga foyda olishni maqsad qilib
qo'yinaydi. Markaziy bank funksiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o'zgarmay
aniq modifikatsiyalangan ko'rinishga egadir. Turli iqtisodiy adabiyotlarda va o'quv
darsliklarida Markaziy bank funksiyalari turlicha talqin qilinadi.
Masalan V.M. Usoskinining fikriga ko'ra Markaziy bank funksiyalariga:
-
kredit pullari (banknotlar) emissiyasi;
-
banklar uchun va boshqa kredit tashkilotlari uchun turli xizmatlami amalga
oshirish;
-
hukumatning moliyaviy agenti funksiyasi;
-
markazlashgan oltin-valuta zahiralarini saqlash;
-
pul-kredit siyosati tadbirlarini o'tkazish kabilar kiradi.
"Moliya, pul muomalasi, kredit" kitobining mualliflari fikricha Markaziy
bankning asosiy funksiyasi: - "muomalaga kredit pullari - banknotalami chiqarish
va pul muomalasini tartibga solishdan iboratdir".
Shunday qilib, Markaziy banklar - "banklar banki"ga aylantirib yuborildi, yani
ulaming mijozlari bo'lib tijorat banklari hisoblanadilar. Markaziy banklar
o'zlarining joriy (depozit) raqamlarida tijorat banklarining pul mablag'larini aks
ettiradilar, ularning naqd pullarini tuldirishga bog'liq operatsiyalami amalga
oshiradilar, tijorat banklariga kreditlar beradilar. Markaziy banklar ko'p hollarda
Davlatning bankirlari hisoblanadilar. Shu bilan barcha emission banklarning yana
bir asosiy funksiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar va deviz operatsiyalari
kiradi.
Ular davlatning qimmatbaho qog'ozlarini sotish va olish, xorijiy valutalami
hamda milliy valuta kurslanni ushlab turish maqsadida sotadi va sotib oladi. Lekin,
umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar
quyidagi turt guruhga (turga) bo'linadi:
1.
Banknotlaming monopol emissiyasini amalga oshirish;
2.
Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi;
3.
Markaziy bank- hukumat bankiri hisoblanadi;
4.
Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga
oshiradi. Markaziy banklarga davlat vakili sifatida qonuniy tarzda banknotalami
monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, yani umummilliy kredit pullarini
bosib chiqarish yuklatilgan. Tarkidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda
banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun
Markaziy bankning monopol emissiya funksiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq
banknotalami chiqarish funksiyasi mamlakatdagi pul zahiralarini tashkil qiluvchi,
chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan taminlash va kredit tizimini
likvidliligini taminlash vositasi hisoblanadi. Bu funksiyalar naqd pul muomalasi
ulushi sezilarli bo'lgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir. Maikaziy bank
bevosita tadbirkorlar va aholi bilan hyech qanday faoliyat olib borrraydi. Uning
asosiy mijozlari bo'lib tijorat banklari hisoblanadi. Tijorat banklari Iqtisodiyot va
Matkaziy bank orasida (o'rtasida) vositachi sifatida faoliyat ko'rsatadilar. Markaziy
banklar banki sifatida tijorat banklarining zahiralarini saqlaydi, jumladan, majburiy
zahira talablari shaklidagi pul mablag'larini saqlaydi, ulaming kreditorlari sifatida
ishtirok etadi, tijorat banklarining Maikaziy bankda ochadigan hisob varaqlari
orqali (O'zbekiston Respublikasi hisob-kassa markazi) mamlakat miqyosida naqd
pulsiz hisob-kitoblami amalga oshiradilar, banklar va boshqa kredit institutlari
ustidan nazoratni olib boradilar.
Yuqorida aytib o'tilganlardan, umuman olganda, Markaziy bankning barcha
funksiyalari o'zaro bog'liqdir. Davlatga kredit berish orqali, Markaziy bank kredit
muomala vositalarini yaratadi. Hukumatning majburiyatlarini chiqarish va qoplash
orqali, u ssuda foiziga ta'sir ko'rsatadi. Sanab o'tilgan funksiyalari orqali Markaziy
bank o'zining asosiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga solish funksiyasiga asos
yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati umumiqtisodiy infratuzilmalarni tartibga
solishning, bozor konyukturasini yuqori darajada ushlab turish, bandlikka ta'sir
o'tkazish, inqirozli tushumlarni oldini olishning ajralmas qismi sifatida namoyon
bo'ladi. Shunday qilib pul-kredit siyosati muomaladagi pul mablag'lari miqdorini,
bank kreditlari hajmini, foiz stavkalarini, valuta kurslarini, to'lov balansini va o'z
navbatida bevosita mamlakat iqtisodiyoti holatini o'zgartirish uchun yo'naltirilgan
tadbirlar majmuasidir.
|