belgilangan edi. Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin
ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari
bilan qo‘shib hisoblaganda 20 taga etdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat
ko‘rsatayotgan tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ
boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga
oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi 1998 yil 2 oktyabrdagi Farmonining qabul qilinishi muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur farmon tijorat banklarini boshqarishda
aksiyadorlarning va bank kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar
majmuini belgilab berdi.
Ushbu
farmon
asosida
amalga
oshirilgan
islohotlar
natijasida
mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos
keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning
samarali mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 15 yanvardagi Qaroriga asosan bank
tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda
banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini
rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar mobaynida
yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish
maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining
boshlanishi bank tizimi rivojlanishining
Dostları ilə paylaş: