Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix26.08.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#140658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hozirgi jamiyatning bank tizimi

to‘rtinchi bosqichi
ni belgilab berdi. Bu 
bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada 
erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 
martdagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori qabul 
qilinishi bilan boshlandi. 


Bu 
hujjatlarga 
asosan 
quyidagilar 
mazkur 
bosqichning 
asosiy 
vazifalari 
qilib belgilandi: 
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari 
mustaqilligini oshirish; 
-bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish; 
-bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning 
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish; 
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan 
dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash 
jarayonini kengaytirish; 
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish; 
-banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini 
shakllantirish; 
-aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish
-xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, 
valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilandi. 


Bank tizimi. Bank turiari ularning funksional yo'nalishi bo'yicha 
klassifikatsiyasi 
Agar mamlakatda yetarli darajada bank faoliyatini ko'rsatayotgan banklar, kredit 
tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo'lsa u holda bank tizimi 
mavjudligi to'g'risida gap yuritsa bo'ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit 
tashkilotlari turli shakllarida hamda doimo o‘z mijozlari- iqtisodiyot subektlari. 
Markaziy bank, boshqa organlar, davlat hokimiyatlari va davlat boshqaaiv 
organlari. o'zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda) bo'lib 
turadilar. Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo'lib mamlakatning 
iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va 
rivojlanishini moddiy va nomoddiy ncmatlarni ishlab chiqarish, muomala va 
istcmol qilish bilan bog'liq holda ko'rib chiqish zarurdir. O'zining amaliy 
faoliyatida banklar xujalik hayotini tartibga solish mexanizmi bilan o‘zviy ravishda 
bog'liq. Shu bilan birga banklar soliq tizimi, baho tizimi, baho va daromad siyosati, 
tashqi faoliyat iqtisodiy faoliyat shartlari bilan o'zviy aloqada bo'lishlari shartdir. 
Bu shunday darak beradiki mamlkatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ko'p 
hollarda bank tizimi faoliyatiga boshqa ijtimoiy - xo'jalik mexanizmi bilan 
aloqadorligidagi harakatiga bog'liqdir. Bank tizimi mamlakat hududida tarixan 
shakllangan va mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko'rsatish 
shaklidir. Xuddi pul va moliya tizimi kabi bank lizimi o'ziga hos milliy belgilariga 
egadir. Shu belgilar shu hududning. Geografik shartlari ob-havo aholi milliy 
tuzilishi, ularni nima bilan mashg’ulligi. Qo’shnilar bilan munosabati, savdo 
yo'llari va omillar asosida shakllanadi. 
Bank tizimi yagona manoga ega emas. Uni turli tamoyillarini ko'rish, turli 
holatlariga qarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko'ra 
intitutsional chizma ko'rinishida ko'rib chiqish mumkin. Bundan tashqari bank 
tizimini bajaradigan funksiyalari, o'zaro aloqadorligi, mavqye, maxsus yo'nalishi. 
bajaradigan operatsiyalarga va ularni tanbex ctilishiga qarab ham guruhlash 
mumkin. Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlaiga bo'lish mumkin. 
Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, 


koopcrativ, xususiy, mintakaviy. aralash mulkchilikka asoslangan bankka bulinadi. 
Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi 
aksiyador banklar bo'lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib 
olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar banklarning 
aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo'lishi mumkin. Aksiyador tijorat 
banklarining yuqori organi - aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hisoblanadi. Har 
yili aksiyadorlarning yig'ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi uzgarishlarni. yillik 
faoliyat va uning natijalarini. bank daromadlarini tasdiqlash. bank kengashi 
tarkibini savlash bankning shu'ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi 
masalalarni ko'rib chiqishi mumkin. Ba'zi tijorat banklari paylar (badallar) 
hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham 
yuridik va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Xususiy banklar jismoniy shaxsning 
pul mablag'lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Joylashish belgisiga 
qarab tijorat banklar: xalkaro, respublika, mintakaviy, viloyat banklariga bulinishi 
mumkin. Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus 
banklarga bo'linadi. Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil 
xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo'ladi. Maxsus banklar ma'lum 
yunalishlarga xizmat kursatib, uz faoliyatini shu yunalishlarda yutuqlarga, 
samaradorlikka erishishga bagishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat 
kursatuvchi banklar, eksportimport operatsiyalarini olib boruvchi banklar, 
investisiyabanklari, ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin. Banklami intutitsional 
tuzilishi bilan bo‘yicha guruhlari bir qancha unsurlami majmuini bevosita va 
bilvosita bank faoliyati bilan shug'ullanuvchilami, ularni tuzilishini, vazifalari, 
funksiyalari, muhitdagi operatsiyalarini o'zaro aloqadarlikda o'z ichiga oladi 
(tashkilot va korxonalar). Tashqiliy tuzilish bo'yicha guruhlash ushbu davlatda 
faoliyat olib boradigan kredit turiari va shakllarini, bunda ishtirok etadigan 
banklarning turlarini o'z ichiga oladi. To'zilma kredit shakllari va bank ishtiroki 
belgilariga qarab tuziladi. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin