31
mavjud bo‘lgan turli kuchlaming kurashi va o'zaro ta’siri),
muqobillik
(islohotlar va rivojlanish yoilarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski
tizimning yo‘qolib ketishi, o‘miga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning
rivojlanishi).
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga
xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik,
lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
o‘tishdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan
maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng
yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma’naviy-axloqiy
yetukligiga erishish,
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat,
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish
muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari
vujudga keltiriladi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni
rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashti- rish va
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur- lashtirish;
makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash;
iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli
bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi
qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlaming
ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.
32
Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida
mamlakatimizni isloh etish
va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik
maqsadimiz - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq
demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi
harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi. Modemizatsiya juda keng
tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining
turli jabhalarini
tubdan o'zgartirish, уangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or
andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifa-
tida ifodalash mumkin.