21
Bu mamlakatlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo‘lib,
iqtisodiyot
davlat tomonidan markazlashgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan.
Yaratilgan mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan.
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo‘q, ular bir-biriga zid,
tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari
g‘oyalarini singdirmay, ularda yangicha ko‘nikma
hosil etmay turib, bozor
iqtisodiyotiga o‘tib bo‘lmaydi. Lekin bu tizimning afzalligi shundaki, u o‘ziga
xos yo‘llar bilan kuchli ishlab chiqarish
va ilmiy-texnikaviy kadrlar
potensialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o‘tish
nisbatan engil kechishi mumkin.
Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila yo‘qotilgan yoki
qisman mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot darajasi turlicha;
masalan, Polsha,
Vengriya, Germaniyada xususiy mulkchilik ancha
saqlangan. Sobiq ittifoqda esa akincha, xususiy mulk tamomila yo‘qotilgan.
Bularning
hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati -bu qoloq, an’anaviy
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat,
sobiq sotsialistik
mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy —
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor
tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan
farqi shundaki,
totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular
batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari,
iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-
birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
22
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish
va raqobat muhitini
yaratish.
3.
Institutsional o‘zgarishlar.
4.
Tarkibiy o‘zgarishlar.
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
6.
Bozor
xo‘jaligiga mos bo‘lgan
aholini
ijtimoiy
himoyalash tizimini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: