Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


IV. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix01.08.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138305
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli va vazifalari

IV. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish 
mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun islohotlar ikki 
yo‘l: a) bozor iqtisodiyotiga tezlik bilan o‘tish;
b) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sobiq GDR (GFR bilan qo‘shilib yagona davlat vujudga kelishi tufayli), 
Polshada qisqa muddatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshiriladi.
Boshqa
mamlakatlarda
o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirilib, bu turli muddatlarni talab 
etadi.
Umuman olganda o‘zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan 
jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar “Amerika”,
“Yaponiya”, “Germaniya”, “Shvetsiya”, “Janubiy Koreya”, “Xitoy” modeli va 
boshqalar hisoblanadi.
“AQSH modeli” liberal model sifatida xarakterlanadi. Amerikacha 
andozaning o‘ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng 
yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asolanganligidadir. U jamiyat 
a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, 


23 
iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart sharoit 
yaratishga qaratilgan.
“Yaponcha model” – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan 
mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar tomonlama va 
so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg‘usi asosida yaratilgan.
Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida barcha 
resurslarni to‘plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potensialni o‘stirish 
imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo‘ljallab, 
moslashtirib valyuta ishlab topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan, 
ayniqsa Amerika va G‘arbiy Evropadan eng yangi texnika, texnologiya, 
litsenziya, potent, “nou-xou” sotib olinib, yuqori mehnat unumdorligiga 
erishildi, tadbirkorlik qo‘llab quvvatlandi. Jahon bozorida xom ashyo va 
yoqilg‘ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning 
yo‘qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik 
kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy taraqqiyotga 
alohida ahamiyat berilishi katta rol o‘ynaydi.
Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo‘lsa, maqsadga erishilgach, 
ularning ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami kuchaytirildi va 
natijada umumiy farovonlikka erishildi.
“Shvedcha model” – uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati
ijtimoiy 
yo‘naltirilganligi, 
mulkdagi 
notenglikni 
qisqartirishga 
qaratilganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. 
Ishsizlikni 
kamaytirish 
chora-tadbirlari 
ko‘riladi. 
Bu 
andozaning 
shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi 
va mehnatkashlar kasaba tashkilotlarining jamiyatda, ayniqsa ishlab 
chiqarishda katta o‘rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
“Nemischa model” – bu model ijtimoiy yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g‘oyasi Lyudovig Erxordga (18971977) 


24 
tegishli. U 1949-1963 yillar davomida GFR iqtisodiyot vaziri, 1963-1966 
yillarda esa federal kansler bo‘lib ishlagan.
Dastlab, Erxord industriallashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat 
mahsulotini 1936 yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50-55% ga 
ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari pul islohoti, narx-navo islohoti 
o‘tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini belgilab, qay darajada aralashuvi 
ko‘rsatilgan.
“Janubiy Koreya modeli” - bu model shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy 
Koreyani qisqa muddat ichida qoloq mamlakatlar safidan rivojlangan
mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962 yili iqtisodiy islohotlar 
boshlanayotgan paytda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 82 
dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, 1996 yilga kelib 10,6 ming dollarga etdi.
Markazlashtirilgan tarzda uzoq va o‘rta muddatli rejalar, maqsadli dasturlar 
tuzish, ularda ishlab chiqarish topshiriqlari hamda bajarish muddatlarining 
belgilanishi, xo‘jalik yuritishda bozor uslublarini qo‘shib olib berish Janubiy 
Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar safiga qo‘shilib, jahon 
sivilizatsiyasida o‘ziga xos munosib o‘rinni egallash imkonini beradi.
“Xitoy modeli” – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo‘jaligini isloh qilishdan 
boshlandi. Qishloq xo‘jaligida xalq kommunallari asosiy xo‘jalik yurituvchi 
sub’ekt bo‘lib,, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Bu ish 1984 yil oxiriga kelib 
yakunlandi. Oilaviy pudrat dehqon xo‘jaligini bir oila a’zolari tashkil etib, 
foydalanish uchun er 15-20, ba’zi joylarda 30 yilga berilgan. Erga oila yoki bir 
necha oila qo‘lidagi o‘zi egalik qilayotgan texnika, asbob-uskuna va 
boshqalar 
yordamida 
ishlov 
beriladi. 
Dehqonlar 
ishlab 
chiqargan 
mahsulotlarining bir qismini davlatga shartnoma asosida topshiradilar, bir 
qismini soliq o‘rnida, yana bir qismini mahalliy fondga, qolgani o‘z ixtiyoriga 
ko‘ra yuqori narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin edi.


25 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin