4
aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi
ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi
belgilar
xos: mulkiy
xilma-xillik,
tartiblanadigan
iqtisodiyot,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli
hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi,
ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va
farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy
muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa.
Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu
bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor
iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos
bo'lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot
ko'rinishlari mavjud.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot,
ayirboshlash va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy
munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan
paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun
yo'li bilan mustahkamlangan normalar majmui.
Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari
o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga
binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va
nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator
vositalar yordamida tashkil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: