18
2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, yo‘llari va milliy modellari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining
umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy
munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davri deganda ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki
tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining
asoslarini shakllantirish
jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib
chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki bu
vaqtga kelib G‘arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan
boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni
iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham,
iqtisodiyotni
markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga
uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi
yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi
taraqqiyot yo‘li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o‘tish global, ya’ni umumjahon
voqeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
murakkab jarayon, shuning
uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o‘ziga
xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli
modellari, yo‘nalishlari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor
iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li quyidagi omillarga bog‘liq:
•
Geografik o‘rni;
19
•
Tabiiy resurslarning mavjudligi
va ularning zahirasi;
•
Tarixiy taraqqiyot darajasi;
•
Aholining an’analari va urf-odatlari;
•
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi;
•
Jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishi.
SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining
umumiy tomonlari
bo‘lib, bular:
•
Bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi;
•
Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi;
•
Raqobat
kurashiga asoslanishi;
•
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi
mavjudligi va boshqalardan iborat.
Bozor iqtisodiyoti barcha mamalakatlarda o‘z xususiyatlari va umumiy
tomonlarining o‘ziga xos qorishmasidan iborat bo‘lib, ilmiy iqtisodiyotda har
hil model (andoza) tarzida ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellarini tarixiy nuqtai nazardan 3
guruhga
bo‘lish mumkin. Ana shunday guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni qilib:
•
Davlat dasturlarining maqsadi, yo‘nalishi;
•
Iqtisodiyotni tartibga solish usullari;
Iqtisodiyotda
davlat
sektorining ulushi;
Ish haqidagi farq kabilar olinadi.
Dostları ilə paylaş: