Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix01.08.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli va vazifalari

 
 
 
 


10 
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi, 
afzlliklari va ziddiyatlari. 
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan 
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini 
mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday 
iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga 
javob topish kerak bo’ladi:
1)
qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish 
zarur?
2)
ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida 
ishlab chiqariladi?
3)
bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib, 
kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar 
an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib 
kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, 
ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan 
holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu 
muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining 
o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib 
chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va 
taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band 
qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham 
hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va 
yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan 
birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la 
qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab 


11 
mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va 
xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami sotishdan 
olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy 
xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning 
kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan 
yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini 
ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi 
o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi 
korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga 
nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining 
pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha 
aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning 
iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining 
umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning 
« muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar 
ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O

z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi 
tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday 
iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi.
Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan 
tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda 
qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda 
foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab 
chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi 
alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami 
sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi 
sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, 
korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi 


12 
talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun 
iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab 
chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish 
masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab 
chiqarish zarurligini belgilash ko

p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga 
ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar 
vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib 
chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib 
beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi 
talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib 
ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. 
Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon boiadi. 
Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini 
ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul 
tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va 
miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil 
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o
4
ziga xos javob 
bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
-
resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
-
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
-
har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega 
tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan 
tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan 
korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy 
samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot 


13 
ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi 
hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- 
dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam 
darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. 
Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt 
o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi 
texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta 
o

zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo

lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi o‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim 
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu 
o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib 
boruvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq 
ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs 
narxlarining o'zgarishi, resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi 
tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi 
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib 
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi 
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi 
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi 
yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday 
qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi 
mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga 
oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « 
nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga 
quyidagicha javob beriladi:


14 
a)
yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli 
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b)
tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini 
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini 
beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan 
ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va 
barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor 
iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
1.
Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami 
samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor 
tizimi resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarishga 
yo‘naltiradi. 

ishlab 
chiqarish 
uchun 
resurslami 
uyg‘unlashtirislining ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, 
ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi 
shaxsiy manfaatni shun day tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud 
resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni 
ta’minlaydi.
2.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining 
muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik 
beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan 
biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish 
hisoblanadi. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli 
mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini 
qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. 
Faqat 
bozor 
tizimigina 
iqtisodiy 
faoliyatni 
majbur 
qilmasdan 


15 
uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash 
erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3.
Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. 
Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, 
korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. 
Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini 
xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga 
bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. 
Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga soladi, ularni 
boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir 
qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
-
uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va 
ko‘nikishining yuqori darajasi;
-
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy 
etishning jadal sur’ati;
-
turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
-
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
-
cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning 
sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli 
amal qila olish imkoniyati.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos 
kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati 
shundan iboratki, u o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning 
kuchsizlanishiga yo‘l qo'yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday 
iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1)
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar 
foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, 
raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. 


16 
Firma-larning qo‘shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, 
raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch 
ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni
qo‘llash - bularning 
barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik 
ta’sirining pasayishiga olib keladi;
2)
bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham 
raqo- 
batning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta 
miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) 
kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning 
tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. 
Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi 
hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. 
Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab 
chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p 
miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab 
chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham 
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining 
erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining 
xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib 
borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi 
tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. 
Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar 
tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish 
mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri 
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga 


17 
taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va 
xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o

rtasidagi ro'y berib turadigan 
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati 
hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali 
namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik 
yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
-
atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan 
muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
-
resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining 
yo‘qligi;
-
mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;
-
fanda 
fundamental 
va 
amaliy 
tadqiqotlarning 
rivojlanishiga 
ko‘maklashuvning yo‘qligi;
-
rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming bo

lib turishi hamda 
ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi 
holatlarining mavjudligi.
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan 
hamda ko‘pIab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning 
moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida 
jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p 
tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog’liq. 
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash 
mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga 
solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz 
holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin