5
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik
mamlakatlari
uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos
xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal
qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi
davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron
iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan
izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya
davomida uning amal
qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining
ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing
umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy
xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud
bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning
bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi
bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi,
tadbirkorlikning erkinligi, resurslar
erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal
qilishining muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi
qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin
ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali
yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning
shakllanishiga imkon
yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u
6
iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti -
bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy
xatti-harakatlarining erkin, mustaqil
ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga
boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor
aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini
hamda iqtisodiy
munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va
qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha
asosiy subyektlari uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari,
korxonalar
(tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish
omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda)
olish maqsadida
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki
qarz olingan kapitalni
ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlar tovar xo
Ј
jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish
7
omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki
qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Dostları ilə paylaş: