9
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga
asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi,
mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va
xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi
nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish,
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining
vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat
sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi
darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib
chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari
farqlanadi (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: