An’anaviy sinf-dars texnologiyasining farqli belgilari.
An‘anaviy ta‘lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob‘ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta‘lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashh, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etishh lozim.
An‘anaviy ta‘lim bir qator salbiy tomonlari mavjud. Ba‘zan yosh o‘qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo‘l quyilganligining guvohi bo‘lamiz. Yosh o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
An’anaviy ta’limning tasnifiy tavsifi. An’anaviy ta’lim tamoyillari.
1.Maqsadda aniqlikning yo‘qligi. Ya‘ni talabalar aslida nima qilishhlari va nimani o‘rganishhlari aniq belgilanmaydi.
2.Ta‘lim maqsadining talabalari darsning natijasi bilan to‘g‘ri kelmagan hollar bo‘ladi.
3.O‘rganishh uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi.
4.O‘qituvchi berayotgan yo‘llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o‘rganishhini ta‘minlamaydi.
5.Dars rejasida ko‘rsatilgan talablar dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo‘la olmaydi.
Umuman tuzilgan rejalar qayta ko‘rib chiqilishhi va xatolarni bartaraf etishh ustida ishlanishi lozim.
Dars rejasi sizni va sizning talablaringizni ma‘lum natijalarga erishishingizga asos bo‘lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishga o‘rin qolmasin. O‘qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o‘z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki, unda nima qilinishi mo‘ljallanayotganligini aniq o‘z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o‘rin qolmasin.