Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari.
Suhbat uslubini qo’llaganda savollarni qo’yish (yo’naltiruvchi, qo’shimcha, asosiy va h.k.z) talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan chiqqan xulosalarni muhokama qilib, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. O’qituvchi mavzuni muhokama qilish uchun imkon beruvchi yordamchi, yo’naltiruvchi savollardan foydalanishi mumkin. Shunday suhbatlar tashkil qilish mumkinki, talabalar ilgari o’zlashtirgan bilimlarini eslaydilar, ularni tartibga soladilar, umumlashtiradilar, xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlar asosan tushuntirish xarakteriga ega bo’lib, oldin o’zlashtirgan bilimlarga suyanadi. Talabalar xotirasini faollashtirishni nazarda tutadi.
Suhbat uslubiga tarkibiy qism bo’lib kiruvchi usullardan foydalanishda o’qituvchining pedagogik nazokati yetakchi o’rin egallaydi.
Ayniqsa, yangi bilimlar berishda evristik suhbatdan foydalanish talabalarni og’zaki savollar orqali mavzuni muhokama qilish uchun qo’llaniladi. Bunday suhbat davomida savollar qisqa va aniq bo’lishi, talabaning fikrini uyg’otishi, o’ylashga, tahlil qilishga, taqqoslashga majbur etishi, yangi hodisalarni ongli ravishda tushunishga undashi kerak.
Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari.
Keyingi yillarda pedagogika amaliyotida ko’rgazmali usul bir qator yangi vositalar bilan boyidi.
Darsda o’quv kinofilmlarini qo’llash ta’lim amaliyotida odatdagi hodisa bo’lib qoldi. Asosiy o’quv kinofilmlarining ro’yxati, har bir fanning o’quv dasturiga kiritilgan. Umumta’lim maktabi, kasb – hunar kolleji va litsey, hatto oliy o’quv yurtlari uchun hamma fanlarga taalluqli bo’lgan ko’plab kinofilmlar yaratildi.(Namoyish qilish uslubiga misol tariqasida biz tomonimizdan tayyorlangan “Tabiatshunoslik darslarida ovozli o’quv kinofilmlaridan va diafilmlaridan foydalanish” o’quv qo’llanmasini ko’rsatish mumkin. Toshkent, “O’qituvchi”, 1979 yil. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun o’quv qo’llanma).
Ta’limning ko’rgazmali uslublaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular so’z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uygunlashib ketadi.
III. O’qitishning amaliy metodlariga mashqlar, labaratoriya ishlari, maktab tajriba uchastkasidagi ishlar kiradi.
Mashqlar deganda talaba va o’quvchilar bilimini mustahkamlash hamda amaliy faoliyatda ularni qo’llanish malakalarini hosil qilish uchun topshiriqlarni ko’p marta bajarishi tushuniladi. Har bir mashqni bajarish xarakteriga ko’ra og’zaki, yozma, grafik va o’quv – mehnat mashqlariga ajratish mumkin.
Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishga mo’ljallangan o’quv mashqlarini o’tkazishdan oldin ular mashq o’tkazilishi lozim bo’lgan mavzu haqida to’liq bilimga ega bo’lishlari kerak.