O’qitishning amaliy metodlarining yana bir muhim turi – labaratoriya ishlaridir. Labaratoriya ishi deb, shunday mashg’ulot turiga aytiladiki, bunda o’quvchi, talaba o’qituvchi rahbarligida yoki mustaqil ravishda maxsus asbob – uskunalarda turli tajribalar, kuzatishlar va o’lchashlar o’tkazadilar. Bunday mashg’ulotlar tabiiyot, umumtexnikaviy fanlarni va maxsus texnologiyani o’rganishda qo’llaniladi. Labaratoriya ishlari maxsus jihozlangan kabinetlarda, labaratoriyalarda, zarur asbob – uskunalarga ega bo’lgan sharoitda o’tkazilishi mumkin.
Labaratoriya ishlarini bajarish vaqtida talabalar o’rganilayotgan obyektni kuzatadilar, ularni miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlaydilar. Labaratoriya ishlari nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.
2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.
3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishhga xizmat etsin.-T: O‘zbekiston, 1998.-30 b.
4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda: O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning Birinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining O‘n tO‘rtinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. 1999 yil 14 aprel.-T.: O‘zbekiston, 1999.-48 b.
5. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y
6. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.