Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/13
tarix24.10.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#160320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bitiruv ishi -2023

Mavzuning Dolzarbligi.
Maktab kursida perpendikulyarlik va parallellik mavzularini o‘qitishda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish.
Bitiruv ishi obyeki: O‘rta maktabda perpendikulyarlik va parallellik mavzularida o‘quvchilarga samarali metodlardan foydalanib ta’lim-tarbiyani amalga oshirish jarayoni.
Bitiruv ishi predmeti: perpendikulyarlik va parallellik mavzularini o‘qitishda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish.
Bitiruv ishining maqsadi: Maktab, litsey geometriya mashg‘ulotlar jarayoniga perpendikulyarlik va parallellik mavzularini o‘qitishda samarali ta’lim-tarbiya berish metodikalarini ishlab chiqish.
Bitiruv ishi vazifalari:
-psixologik xususiyatlarni e’tiborga olgan xolda geometriya kursi mashg‘ulotlar jarayonidan samarali foydalanib, matematik savodxonligini, mavzuga doir masalalarni yechish haqida bilimlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish;
Bitiruv ishining tuzulishi: mundarija, kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan.


I BOB. “Perpendikulyar va parallel toʻgʻri chiziqlar” to’g’risida


1.1.Geometriya fani haqida qisqacha ma’lumot.
Geometriya fani yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiruvchi vosita sifatida maktablarda qadimgi Yunonistonda o’qita boshlangan. Yangi era boshlarida Xitoyda sonlar nazariyasi, Hindistonda o’nli sanoq sistemasi, O’rta Yer dengiz sohillarida trigonometriya yaratila boshlagan. VII-VIII asrlardan boshlab ilm-fan taraqqiyotining markazi O’rta Osiyoga ko’chdi. O’z ilmiy ishlari bilan butun dunyoga tanilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Ismoil Buxoriy, Umar Hayyom, Ulug’bek va boshqalar shu O’rta Osiyoda yashab ijod qilganlar.
Shu kungacha geometriya (matematika) fanini o’qitishning samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish, undagi uzviylik, fanlararo aloqani amalga oshirishga oid mukammal darslik yoki qo’llanmalar unchalik ko`p emas. Vaholanki, milliy o’zlikni anglash jarayonida boshlang’ich sinflarda tarixiy materiallarni o’rganish hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi avvalo ona Vatanimizning tarixi juda qadimiy ekanligini, bundan ko’p asrlar oldin, Vatanimizda fan va madaniyat katta taraqqiyotga ega bo’lganligini, ayniqsa o’rta asrlarda VII va XV asrgacha hozirgi O’rta Osiyo respublikalarida, O’zbekiston Respublikasida, xususan Samarqandda fanning barcha sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritilganligini o’quvchilarga tushuntirish lozim.
Mana shu davrlarda O’rta Osiyoda o’zbek olimlarining turli fanlar sohasida chuqur ilmiy izlanishlar olib borishlari tufayli butun dunyoga tanilganliklari, ayniqsa matematika va astronomiya sohasida bu olimlar shunday kashfiyotlar qilganliklarini, bu kashfiyotlar faqat Vatanimiz fanini emas, balki dunyo fanining taraqqiyotiga katta ta`sir etganini aytish lozim. Bu ma`lumotlar o’quvchilarning o’z ona-Vataniga muhabbatini oshiradi, ota-bobolarimiz bo’lgan bu olimlarga izzat va hurmat hislarini tarbiyalaydi, matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.
Sharq mamlakatlari olimlarning qilgan ishlari XIV – XVI asrlar Yevropadagi ilm-fan rivojiga asos bo’ldi desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Keyingi yillarda bu olimlarning davomchilari sifatida Respublikamizdan ko’plab matematiklar yetishib chiqdi. Ular matematika fanining muhim yo’nalishlari bo’yicha maktablar yaratdilar. Masalan, ehtimollar nazariyasi maktabi (T.A. Sarimsoqov, S.X. Sirojiddinov, T.A. Azlarov va boshqalar), differensial tenglamalar maktabi (M.S. Salohiddinov, T.J. Jo’rayev, Sh.A. Alimov, N.Yu. Sotimov va boshqalar), matematik analiz maktabi (T. A Sarimsoqov, J. Xojiyev, Sh. Ayupov, A. Sa’dullayev va boshqalar), hisoblash matematikasi maktabi (V. Qobulov, F.N. Solihov, T.B. Abutaliyev va boshqalar), sonlar nazariyasi, matematika tarixi (G.P.Matviyevskaya, S.A.Ahmedov) maktablariga asos solindi.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin