Elektr mashinani nominal aylanish chastotasini oʻzgartirish uchun uni
uchlaridagi nominal kuchlanishi bilan yuklamasini nominal qiymatidan nol (0)
qiymatigacha, yuklamasini nol qiymatga tushirib boʻlmaydigan motorlar uchun
0,25 nominal qiymatgacha tushirib oʻzgartiriladi.
∆n-aylanish chastotasini nominal qiymati 20% dan oshmasligi kerak. Bu qiymatni
chegaralanganligi elektr mashinasiga qoʻyilgan mexanik mustaxkamlika bogʻlik.
Elektr mashinani mexanik mustaxkamligi yuqori
aylanish chastotasida sinov
ishlarini oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu usulda elektr mashinani aylanish
chastotasini texnik shartida koʻrsatilgan yuqori qiymatigacha koʻtariladi va 2
minutdan kam boʻlmagan vaqt ichida yuqori aylanish chastotasi bilan
shikastlanmasdan ishlagan elektr mashina sinovdan oʻtgan xisoblanadi.
Sinov
davrida aylanish chastotasi asta-sekinlik bilan oʻzgartiriladi.
Elektr mashinani qizib ketishga chidamliligiga sinov yuklamani 60, 75, 90 va
100% nominal qiymatlarida oʻtkaziladi. Xatoliklardan xoli boʻlish, energiya
ta’minotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik va izolyatsini tez eskirishini oldini olish
maqsadida sinov davrida kerakli rejim 5-6 soat davomida oʻzgarmasdan
saqlangadan soʻngi oʻlchov qiymatlari olinadi. Koʻrsatilgan vaqt davomida statorni
va rotorni toki, tashqi sovutish temperaturasi oʻzgarmasligi kerak.
Barcha elektr jihozlar ekspluatatsiya davrida koʻrikdan oʻtkaziladi. Elektr
jihoz koʻrikdan
oldin changdan, garddan, moydan, zangdan tozalanadi. Koʻrik
davrida elektr jihozni korroziyaga uchramaganligi, korpusini,
magnit
choʻlgʻomini, ulanish joylarini, kontakt ulamalarini, bosh va choʻlgʻomlar aro
izolyatsiyasini mexanik ziyon koʻrmaganligiga etibor qaratiladi.
SHuningdek
koʻrik davrida elektr jihozni loyixaga va texnik talablarga mosligi aniqlanadi.
Tashqi koʻrik davrida aniqlangan kamchiliklar elektr jihozni ekspluatatsiya
qiluvchi xodimlarga chora koʻrish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun taqdim
etiladi.
Elektr jihozlarda tekshiruv va sinov ishlarida
aniqlangan kamchiliklar
bartaraf etilgandan soʻngina qayta sinov oʻtkaziladi.
Elektr mashinalarda sinash ishlari «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari»
raxbariy xujjat talablari asosida olib boriladi.
Elektr mashinalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida sifat koʻrsatkichlarini
yomonlashishini tezroq aniqlash va buning oqibatida uni ishdan chiqishini oldini
olish maqsadida profilaktik sinovlar oʻtkaziladi.
Elektr mashinalarni qabul qilishga va ishga tushirishga xulosa sinov
natijalari, qurilmani kompleks tekshiruv va ikkilamchi qurilmalarni sozlash ishlari
natijalariga qarab beriladi.
Dostları ilə paylaş: