Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari


 Elektr jihozlarini sinash uslullari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
M A-2 (1)

10. Elektr jihozlarini sinash uslullari. 
 
Elektrotexnik jihozlar deb-vazifasiga koʻra ishlash jarayonida elektr 
energiyani ishlab chiqaruvchi, boshqa turga aylantiruvchi, uzatuvchi, boʻlib 
beruvchi yoki ist’emol qiluvchi jixozlarga aytiladi. Elektr mashinalar


transformatorlar, elektr apparatlar va boshqalar elektrotexnik jihozlarga misol boʻla 
oladi. Elektrotexnik jihozlarni sinashda voltmetr-ampermetr, bittali yoki ikkilangan 
koʻprik, logometrik ommetr usullarini biridan foydalaniladi.
Davlat standarti GOST 183-74 va 11677-85 larga asosan ishlab chiqarilgan 
elektr mashina va transformatorlar quyidagi sinovlardan oʻtkaziladi: 
- elektr mashinalar: qabul qilish- topshirish, davriy, namunaviy;
-transformatorlar: qabul qilish- topshirish, namunaviy, davriy; 
-kichik quvvtli elektrodvigatellar: qabul qilish-topshirish, sifatini belgilash, 
davriy, namunaviy;
Qabul qilish-topshirish sinovlari xar bir ishlab chiqarilgan elektr mashinada 
oʻtkaziladi, shuning uchun ushbu sinovlarning xajmi chegaralangan boʻlishi kerak. 
SHu bilan bir vaqtda sinov natijalari elektr mashinani ishga yaroqliligiga va 
pasportidagi berilgan kattaliklariga mosligini tasdiqlashi kerak.
11. Elektr mashinalarini qabul qilish va profilaktika sinovlarining dasturi. 
Asinxron dvigatelning qabul qilish-topshirish dasturini xajmi 7-punktdan, 
sinxron dvigatelniki 9- punktdan va oʻzgarmas tok dvigatelniki 7- punktdan iborat 
boʻladi.
Mislo uchun asinxron dvigatelning qabul qilish-topshirish dasturini xajmiga 
quyidagilar kiradi: 
-yuqori chastotali aylanishlardagi sinov 
-issiqlika chidamlildik sinovlari 
-foydali ish koeffitsentini aniqlash 
-silkinish(vibratsiya)ni oʻlchash 
-shovqun darajasini oʻlchash 
-quvvat va sirpanish koeffitsentini aniqlash
-maksimal aylanish momentini aniqlash. 
Elektr mashinani izolyatsiyasini xolatini birlamchi koʻrigi uni olib kelinib 
fundamentga oʻrnatilgandan soʻng oʻtkaziladi. Bundan maqsad elektr mashinani 
olib kelish va oʻrnatish vaqtida kelib chiqishi mumkin boʻlgan izolyatsiyasidagi 
kamchiliklarni bartaraf qilish, quritish yoki quritish kerak emasligi xaqida 
xulosalar qilinadi. 
Yuqoridagi bajariladigan ishlar elektr mashinani tashqi koʻrikdan oʻtkazish 
va izolyatsiyasini namlanganlik xolatini oʻrganib chiqishni oʻz ichiga oladi.
Tashqi koʻrik davrida elektr mashinani choʻlg’omlarini pazdan chiqish 
joylari, oldi qismi, pazlardagi klinlar, bandajlar, buyoqlari va loklarini xolatlariga 
etibor qaratiladi. SHuningdek pazni poʻlat paketlarida siljishlar yoʻqligi, 
ezilmaganligi, sinishlar va uzilishlar yoʻqligi, kirish ulanishlari (vvod)ni 
mustahkam qilinganligiga xam etibor beriladi. 
Oʻzgarmas tok mashinalarida bundan tashqari yakor, qutublar, qutublar aro 
ulanishlar, kollektor, chetka va chetka ushlagich xam koʻrikdan oʻtkaziladi. 
Quyidagi xujjatga asosan «Инструкция по определению возможности 
включения вращающихса электрических машин переменного тока без 


сушки» elektr mashinani namlanganlik xolati xar bir ulanma yoki faza choʻlgʻomi 
uchun aloxida koʻriladi. 
Izolyatsiya xolatini baholash kriteriyasi quyidagi oʻlchov qiymatlariga 
bogʻlik; 
1.R
60
II
- izolyatsiya qarshiligini +10
o
S dan kam boʻlmagan xaroratdagi 
absolyut qiymati 
2.Absorbitsiya koeffitsienti K
abs
= R
60
II 
/ R
15
II
ni 10-30
o
S xarorat 
oraligidagi oʻlchangan qiymati
3.Izolyatsiyadan oʻtuvchi tokni sinov kuchlanishiga bogʻlikligi i
ut
= ƒ (U
nom

va nochiziqlilik koeffitsienti K
nelin
1.R
60
II
va
K
abs
qiymatlar me’yor darajasida boʻlsa quvvati 5000 kVt gacha, 
aylanish tezligi 1500 ayl/min boʻlgan elektr mashinalar quritilmasdan ishga 
tushiriladi. Ushbu kattaliklarni biri me’yordan farq qilsa unda i
ut
va K
nelin 
aniqlanadi va quyidagi kombinatsiyalar bajarilsa ishga tushirish mumkin boʻladi.
2.K
abs
≥ 1,1
va
K
nelin 
≤ 1,2
da R
60
II
va i
ut
me’yorda
3.K
nelin 
≤ 1,2
da R
60
II
va i
ut
me’yorda
shartlar bajarilganda elektr mashinalarni quritmasdan ishga tushirish mumkin 
boʻladi. 
1.R
60
II 
- izolyatsiya qarshiligini absolyut qiymatini oʻlchashda xar bir fazani 
yoki choʻlgʻomni qobiqqa va boshqa yerga ulangan choʻlg’omlariga nisbatan 
oʻlchovi oʻtkaziladi.
CHoʻlgʻomni kuchlanishi 660 V dan yuqori boʻlgan mashinalarni izolyatsiya 
qarshiligi 2500 V li megommetr bilan oʻlchanadi.
CHoʻlgʻomni kuchlanishi 660 V gaga boʻlgan mashinalarni izolyatsiya 
qarshiligi 1000 V li megommetr bilan oʻlchanadi.
Oʻlchov ishlari tugalangandan soʻng choʻlgʻom yerga ulash qurilmasiga 2 
minutdan kam boʻlmagan vaqtga ulab qoʻyiladi. 
2. Absorbitsiya koeffitsienti K
abs
= R
60
II 
/ R
15
II
ni eng kichik qiymati
10-30
o
S xarorat oraligida I gruppadagi elektr mashinalar uchun 1,2 ga va 
II gruppadagilar uchun 1,3 ga teng. 
3.Izolyatsiyadan oʻtuvchi tokni i
ut
= ƒ (U
nom
) kenotron apparat yordamida 
xarakteristikasi sinov kuchlanishini beshta kattaligida olinadi, ya’ni U
min
dan U
max
gacha bir xilda pog’onalardagi kattaligi oʻlchanadi. I gruppadagi elektr 
mashinalar uchun U
max
=2,5 U
nom
ga teng va pog’onalarga tavsiya kilinadigan 
kuchlanish kattaligi 0,5 U
nom
tashkil qilishi kerak.Xar bir pogona uchun i
15
II 
va
i
60
II
oʻtuvchan tok qiymatlari olinadi. 
4. Nochiziqlilik koeffitsienti K
nelin
sinov kuchlanishini U
min
va U
max
ni 60 chi 
sekundagi oʻtuvchan tok qiymatlari asosida aniqlanadi va
K
nelin
=
i
max *
U
mun 
/ i
min *
U
max
xolda U
min
=0,5 U
nom
deb olinadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin