Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari


 Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlaydigan xozirgi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
M A-2 (1)

9. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlaydigan xozirgi
zamon nazorat usullari. 
Transformator moyini namligi xromotografik taxlil yoʻli bilan aniqlanadi. 
Xromotografik taxlil deyilganda moyni tarkibidagi 7 xil erigan yonuvchan gazlar 
va suv borligi oʻrganiladi. 
Transformator moyini quritish 400
o
S temperaturagacha qizdirilib quritilgan 
va maxsus idishlarga solingan ximyaviy elementlar selikagel va tseolitdan nasos 
yordamida moyni oʻtkazish yuli bilan amalga oshiriladi.
Tolali izolyatsion materiallarni izolyatsiyasini holatiga baho berishni 
xozirgi zamon usullaridan biri “sig’im - vaqt” usuli boʻlib YeV-3 asbobi 
yordamida amalga oshiriladi. 
Ushbu usul bilan izolyatsiyani sigʻimi zaryadlanadi va tezlik bilan 
razryadlanadi (ya’ni zaryadlanish tugallanishi bilan choʻlgʻom qisqa 
tutashtiriladi) va ikkinchi martasida zaryadlanish tugaganidan soʻng sekinlik bilan 
razryadlanadi (zaryadlanish tugalangandan soʻng 1 sekund oʻtib choʻlgʻom qisqa 
tutashtiriladi).
Birinchi xolatda S- izolyatsion materialni sigʻim aniqlanadi, ikkinchi 
xolatda ∆S- absorbitsion sigʻim xisobiga sigʻimni ortishi aniqlanadi. Sigʻimni 


ortishi izolyatsiyasi nam choʻlgʻomli transformatorda 1 sekund ichida paydo 
boʻlishga ulgiradi. 
CHoʻlgʻomi quruq transformatorda esa u sezilarli emas. 
∆S =[ (0,02-0,08) S] 
CHoʻlgʻomi nam transformatorda
 
∆S
vl
>> 0,1 S 
∆S/S-sigʻim nisbati transformator choʻlgʻomini namlik darajasini aniqlab beradi. 
Izolyatsiyani xolatiga baho berishni sigʻimli usuli tolali izolyatsion 
materiallarni A-sinfiga ta’luqllidir,chunki qutublanish namlikka bogʻliq. 
Koʻp oʻramli V-sinfiga mansub izolyatsion materiallarda qutublanishni 
paydo boʻlishi quruq izolyatsiyada xam koʻprok, shuning uchun sigʻim usulini 
qoʻllash effektiv emas. 
Sinovlarni olib borishda transformator moyini xususiyati ∆S/S-sigʻim 
oʻlchov natijalariga ta’sir etadi. Buning natijasida choʻlgʻom izolyatsiyasi quruq 
transformatorni ∆S/S qiymati +20
o
S da tarqoqroq boʻlib 25-70 % oʻrtaligida 
boʻladi. 
Transformatorlar choʻlgʻomlarini namligini aniklash uchun “sigʻim – 
temperatura” usuli xam qoʻllaniladi. Ushbu usul xar xil temperaturalardagi 
choʻlgʻom sigʻim kattaligini solishtirishga asoslangan.Temperaturalar oʻrtasidagi 
farq +50
o
S boʻlishi va pasti +20
o
S dan kam boʻlmasligi kerak. 
Usul quyidagilarga asoslangan ya’ni quruq izolyatsiyani sigʻimi qizish 
natijasida kam oʻzgaradi, nam izolyatsiyada esa 5-10 % dan kam boʻlmagan 
xolda oʻzgaradi. 
S
iss
/S
sov
≤ 1,05-1,1 izolyatsiyasi quruq transformatorlarda 
S
iss
/S
sov
≥ 1,05-1,1 izolyatsiyasi nam transformatorlarda 
S
iss 
-choʻlgʻomni issiq xolatdagi sigʻimi
S
sov
-choʻlgʻomni sovuq xolatdagi sigʻimi
Tolali izolyatsion materiallarni A-sinfiga mansublarini izolyatsiyasini
holatiga baho berishni “sig’im - chastotali” usul bilan xam aniqlanadi.
Ushbu usulda choʻlgʻom izolyatsiya sig’imi 2 va 50 Gts li chastotalarda 
oʻlchanadi. 
S
50
- choʻlgʻom izolyatsiya sig’imini (50 Gts li chastotada) oʻlchanaganda 
geometrik sig’im aniqlanadi va u quruq va nam izolyatsiyalarda bir xil boʻladi. 
S
2
- choʻlg’om izolyatsiya sigʻimini (2 Gts li chastotada) oʻlchanaganda nam 
izolyatsiyani absorbitsion sigʻimi koʻrinadi va quruq izolyatsiyada uni qiymati 
kichik va juda sekinlik bilan zaryadlanadi. 
SHuning uchun quruq izolyatsiyada S
2
/S
50
nisbat 1 ga yaqin, nam 
izolyatsiyada esa 1 dan katta (xsusan 1,2-1,3 ga teng). 
Ushbu usul bilan oʻlchov PKV-13 asbobi yordamida olib boriladi, izolyatsiya 
qarshiligi 15 mOm dan kichik boʻlgan namunalarda sinov ishlari olib borilganida 


asbob notoʻg’ri koʻrsatkichlarni berishi mumkin. Bu tekshiruvlar davrida xisobga 
olinadi. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi zavod sig’imni S
2
- 1 000-100 000 pF;
S
50
-1 000-50 000 pF; qiymatlarida sinovni toʻg’riligiga kafolat beradi
V-sinfga mansub izolyatsion materiallarni izolyatsiya xolatiga baho 
berishda xozirgi vaqtda izolyatsiyaga toʻgʻrilangan kuchlanishni xar xil qiymatlari 
berilib oʻtuvchan tok qiymati muvoffaqiyatli aniqlanmoqda yoki xarakteristikalari 
olinmoqda.
I
oʻt
= ƒ (U
toʻg’

I
oʻt
-oʻtuvchan tok
U
toʻg’
–izolyatsiyaga qoʻyilayotgan toʻgʻrilangan kuchlanish
Oʻtuvchan tok I
oʻt
ni
choʻlgʻomga berilgan 
toʻgʻrilangan kuchlanish qiymatiga 
bog’lik oʻzgarish sxemasi quyidagicha: 
1- Namlangan izolyatsiyadagi 
2- Quritilgan izolyatsiyadagi 
U
nom
-kuchlanish qiymatida ionizatsiyani boshlanishi va kuchli ortib borishi
Namlangan izolyatsiyali mashinani xarakteristikasida oʻtuvchan tok 
izolyatsiyaga qoʻyilgan toʻgʻrilangan kuchlanishga nochiziqli bogʻlangan. 
Izolyatsiyaga qoʻyilgan toʻgʻrilangan kuchlanish qancha katta boʻlsa 
nochiziqlilik shuncha katta.
Namlangan izolyatsiyada nochiziqlilik unda ma’lum kuchlanishlarda ionizatsiya 
jarayonlarini boshlanishi va birdan kuchayishi buning natijasida oʻtuvchan tokni 
ortishi koʻzga tashlanadi. Nochiziqlilik koeffitsienti- K
nelin
izolyatsiyaning 
namlanganlik kriteriyasi boʻlib xizmat qiladi. K
nelin
-bu izolyatsiya qarshiligini
R
iz
dan oqib oʻtayotgan oʻzgarmas tok qiymatiga nisbatidir. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin