Didaktik asarlar. Didaktik asarlar (“Kalila va Dimna”, “Chor Darvesh”,
“Guliston” (Sa’diy), “To‘tinoma”, “Bahoriston” ( Jomiy) va boshqalar); badiiy
bo‘lmagan asarlar, jumladan, geografiyaga oid (“Ajoyib ul-buldon”, “Hudud ul-
olam...”, “Safarnoma”, “Qandiya” va boshqalar), tarixga oid (“Ta’rixi Bal’amiy/
“Tarixi Tabariy” tarjimalari, “Tarixi Buxoro”(Narshaxiy), “Ta’rixi Bayhaqiy” va
boshqalar) va boshqa turli mavzulardagi asarlar, jumladan, tazkiralar va siyosiy-
axloqiy mavzudagi asarlar (“Qobusnoma” (Kaykovus), “Siyosatnoma” (Nizom ul-
mulk), “Navro‘znoma” (Umar Hayyom), “Chahor maqola” (Nizomiy Aruzi
Samarqandi), “Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” (Rashididdin Vatvot), “Tazkirat
ul-avliyo” (Attor), “Fi hi mo fihi” (Rumiy) “Lubob ul-albob” (Avfiy) ,“Tazkirat ush-
shuro” (Davlatshoh Samarqandiy) va boshqalar.)
Mumtoz she’r. Mumtoz she’rning mumtoz nasrdan farqli jihatlari. Mumtoz
she’rning shakllanishi. Aruz she’r sistemasi haqida umumiy ma’lumot. Qofiya va
bayt, qofiya va band. An’ana va o‘ziga xoslik – mumtoz adabiyotdagi eng muhim
adabiy hodisa. O‘zbek mumtoz adabiyotining tur va janrlari. Lirik tur. Lirik turga
mansub janrlar. O‘zbek mumtoz adabiyotida ularning barqarorlashi va tadrijiy
takomili. Devon, bayoz va tazkiralar – mumtoz adabiyotni o‘rganishda muhim
manbalar. Devon, bayoz tuzish va tazkirachilik tarixidan.
Mumtoz adabiyotda an’anaviy mavzu va obrazlar. O‘zbek mumtoz
adabiyotida obrazlar tizimi (lirik asar, epik asar misolida). An’anaviy obrazlar
genezisi va rivojlanishi tadriji. Sharq adabiyoti uchun umumiy bo‘lgan obrazlar
tasnifi va tavsifi. Ramz va timsollar olami. O‘zbek mumtoz adabiyotida majoz tarixi.
Badiiy matn talqinida ramz va timsollarning muayyan adabiyotgan daxldorligini
e’tiborga olish zarurati. Rang, son, tabiat ashyolariga oid ramziy timsollar va ularning
ma’nolari.
Dostları ilə paylaş: |