Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə19/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

Δt
-0
= P
1
– P

1

Δt
-0


- absolyut o‘sish.
P
0
– o‘rganilayotgan davr boshidagi aholi.
P
1
– o‘rganilayotgan davr oxiridagi aholi.
Masalan, O‘zbekiston aholisini 1991 – 2009 – yillardagi absolyut o‘sishini
yuqorida qayd etilgan formula yordamida aniqlaymiz.
R
1991
– 20.7 million R
2008
– 27.6 million
Δ
1991-2009
=27.6-20.7=6.9 million
Demak, 1991 – 2009 yillarda O‘zbekiston aholisining o‘sishi 6,9 million
kishiga teng bo‘lgan. Yoki, qayd etilgan davrda Respublika aholisi 6.9 million
kishiga ko‘paygan.
Ma’lumki, davlat yoki hudud aholisi tug‘ilganlar va immigrantlarning kelishi
xisobiga ko‘payadi, o‘lim va emigrantlarning ketishi xisobga esa kamayadi.
Demak, aholi absolyut sonining ko‘rsatkichi 4 tarkibiy qismdan iborat:
1) tug‘ilganlar soni;
2) o‘lganlar soni;
3) immigrantlar soni;
4) emigrantlar soni.
Aholi sonidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda “balans” tushunchasidan ham
foydalaniladi.
Tug‘ilganlar va o‘lganlar balansi – aholining tabiiy o‘sishidir (ma’lum
davrdagi tug‘ilganlar va o‘lganlar soni farqi)
Immigrantlar va emigrantlar balansi – aholining mexanik o‘sishidir.
Agar tashqi migratsiya bo‘lmasa – yopiq aholi, tashqi migratsiyaning
mavjudligida esa, aksincha ochiq aholi deyiladi.
Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiya qoldig‘i ma’lum davrdagi aholi soni
o‘zgarishi komponentlaridir.
Aholi absolyut soni xaqidagi eng aniq ma’lumotlar aholi ro‘yxati o‘tkazish
orqali olinadi.
Aholi ro‘yxati esa ma’lum davrlarda (5, 10, 15 va x.k. yillar) o‘tkaziladi.
Aholi ro‘yxati oralig‘idagi aholi sonini aniqlashda esa demografik balans usulidan
foydalaniladi. Mazkur usul demografik balans tenglamasida o‘z ifodasini topgan:
P
1
= P
0
+ (B – D) + (M
1
– M
0
)
2
P
0
– aholi soni (o‘rganilayotgan davr boshi).
B – o‘rganilayotgan davrdagi tug‘ilganlar soni.
1
Медков В. М. Демография. М. 2004. С. 98.
1
Юқорида қайд этилган манба, с. 100.


44
D – o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni.


M
1
– kelganlar (immigrantlar) soni.
M
0
– ketganlar (emigrantlar) soni.
O‘zbekiston aholisining 2001 – yil 1- yanvardagi absolyut sonini yuqorida
keltirilgan tenglama yordamida aniqlaymiz. 2000 – yil 1 – yanvarda (R
0
)
Respublikada mavjud aholi soni 24582.8 kishini tashkil etgan. 2000 – yil 1 –
yanvardan 31 – dekabrgacha bo‘lgan davrda 527580 ta chaqaloq (V) tug‘ilgan,
135598 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan (D). Ana shu davrda Respublikaga
kelganlar (M
1
) soni 145880 kishini, Respublikadan ketganlar (M
0
) soni esa 212472
kishini tashkil etgan.
Demak,
R
2001
=24582,8+(547580-135598)+(145880-212472)=24908,2;
R
2001
=24908,2
1
Aholii dinamikasidagi o‘zgarishlarni absolyut ko‘rsatkichlarda aniqlashning
o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. O‘rganilayotgan davr qancha uzoq bo‘lsa aholi
sonidagi o‘zgarishlarning aniqlik darajasi kamayadi. Shuningdek, o‘rtadagi
davrlarning xususiyatlari to‘la ochilmay qoladi. Bu borada aholi sonidagi
o‘zgarishlarni nisbiy ko‘rsatkichlar orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bunda
o‘rganilayotgan davr bir nechta davrchalarga bo‘lib, ulardagi aholi o‘sishi nisbiy
aniqlanadi.
Shuningdek, aholi soni dinamikasini ilmiy tadbiq etishda aholining davriy va
o‘rtacha yillik o‘sish koeffisientlari ham xizmat qiladi.
5. Aholining davriy o‘sishi koeffisientlari. Aholining ma’lum bir davrda
o‘sishini aniqlashda eng oddiy usuldir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan
davrning boshidagi aholi soniga nisbatan, o‘rganilayotgan davrning oxiridagi aholi
sonining necha foiz oshganini aniqlanadi
K
o‘sish
= (P
1
/P
0
)*100%
Masalan, O‘zbekiston aholisi 01.01.1991 yilda 20 million 703 ming kishini
tashkil etgan. 01.01.2000 yilda esa – 24583 ming kishiga yetdi. Ushbu holda 1991-
2000 yillardagi aholining o‘sish koeffisienti 118,74 % ga tengdir.
( K
o‘sish
1991-2000
=24583 / 20703 * 100% = 118,74 % )
Ikkinchi usuli o‘rnatilayotgan davrdagi aholi sonining absolyut o‘sishi sonini
o‘rganilayotgan davr boshidagi aholi soniga nisbati bilan aniqlanadi.
K
o‘sish
= (P
1
– P
0
) / P
0
* 100% = (24583 – 20703) / 20703 = 18,7%
Aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni o‘rtacha yilliy o‘sish sur’ati
yordamida aniq ifodalash mumkin. Buning uchun o‘rganilayotgan davrdagi
aholining davriy o‘sishi ko‘rsatkichi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkiy yordamida
1
Демографический ежегодник Узбекистана 2002. Ташкент – 2003, 27, 94 ва 276 бетлар маълумотлари
асосида исобланди


45
maxsus xisoblangan o‘sish va kamayish jadvali


1
asosida o‘rtacha yillik o‘sish
sur’ati aniqlanadi. Yuqoridagi misolda O‘zbekiston aholisining 1997 – 2000
yillardagi davriy o‘sishi – 118,7 foizni tashkil etgan. Demak, to‘qqiz yil (2000 y –
1991 y)da davriy o‘sish 118,7 foizga teng.
Yuqorida qayd etilgan jadval yordamida 9 yilda davriy o‘sish 118,7% ga teng
bo‘lgan holatni aniqlab, o‘rtacha yillik o‘sish topiladi. Mazkur holatda o‘rtacha
yillik o‘sish – 1,93% ga teng.
2
Demak, 1991 – 2000 yillarda O‘zbekiston aholisi
har yili o‘rtacha 1,93 foizdan ko‘payib kelgan. Shunday qilib sayyoramiz va uning
barcha hududlarida aholi soni dinamikasini yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar
yordamida o‘rganiladi.
Dunyo aholisi soni dinamikasi va hududiy tarqalishi xususiyatlarini o‘rganish
aholi geografiyasining muxim vazifalaridandir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra 2005
yilda dunyo aholisining soni 6,8 milliarddan oshib ketdi. Mutaxassislar proghoz
etishlaricha dunyo aholisining soni 2025 yilda 8 milliardga, 2050 yillarda esa 9,4
milliardga yetar ekan.
3
Yer kurrasida insonning paydo bo‘lishi va ko‘payib borishi haqida ilmiy
manbalarda qator ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularda aholining ko‘payib borish
tabiiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bog‘liq bo‘lganligi qayd
etilgan.
Dastlabki inson ajdodlarining paydo bo‘lishi haqida turlicha nazariyalar
yaratilgan. Biologlar A. I. Oparin nazariyasiga asoslangan holda hayotning paydo
bo‘lishini suvga, okeanlarga bog‘laydilar.
Geologlar esa akademik V. I. Vernadskiy qarashlariga asoslanib yer yuzida
hayot xamisha bo‘lgan, yoki ular yer elementlari bilan birga sodir bo‘lganligini
e’tirof etadilar. Shuningdek yer kurrasida hayot va insonning paydo bo‘lishini
iloxiy va kosmik kuchlarga bog‘lovchi qarashlar ham keyingi davr manbalarida
uchramoqda.
Ko‘pchilik antropolog olimlar fikricha sayyoramizda bundan 5-7 million yil
avval insonning dastlabki ajdodlari (avstralopetiklar) Afrika va Osiyoning tropik
va ekvatorial zonalarida yashaganlar. Keyinchalik 2-3 million yil ilgari
avstralopetiklardan eng qadimgi insonlar – arxatroplar shakllangan va ular Sharqiy
Afrikada istiqomat etganlar. Bundan 600-700 ming yil muqaddam insonning eng
qadimgi ajdodi bo‘lgan arxantroplar paleontroplarga, pitekantroplarga va
neandertallarga aylanganlar va Janubi-Sharqiy hamda Janubi-G‘arbiy Osiyoga
tarqalganlar. Nihoyat, bundan taxminan 40-50 ming yil ilgari insonning ongli
(Homo Sapines) ajdodi shakllangan. Ongli insonning paydo bo‘lishi mezolit
davriga to‘g‘ri keladi.
Aholi soni haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, eramizdan oldingi davrda yer
sharida bor yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi, bir muncha aniqroq ma’lumotlar
bo‘yicha esa, eramizdan 7 ming yil oldin yer sharida 10 millionga yaqin aholi
yashagan ekan va ular har 1000 yilda taxminan 10-20 %dan ko‘payib borgan
xolos. Aholini bunday sekin ko‘payishi aholi o‘rtasida o‘lim hollarining yuqoriligi
1
А. М. Айрaпетов таблицы исчесления среднегодовых темпов роста, прироста и снижения. -М., 1967.
2
Юқоридаги манба, с. 46.
3
Population Reference Bureau. 2008. World Population Data Sheet


46
bilan izohlanadi. Ushbu davrda aholi o‘rtasida o‘limning umumiy koeffisienti 50


‰ va undan yuqori bo‘lgan, boshqacha qilib aytganda har 1000 aholidan 50 tasi
hayotdan ko‘z yumgan. Ayniqsa bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan. Aholi ochlikdan,
kasalliklardan va qabilalararo bo‘lib turgan to‘qnashuvlardan ko‘proq halok
bo‘lgan. Aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 20 yildan oshmagan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyat tarixida har bir davrda aholining
ko‘payishi va rivojlanishi, o‘sha davrning ishlab chiqarish usuli va
munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash sharoitlariga bevosita bog‘liq
bo‘lgan. Jamiyat rivojlanishining birinchi bosqichida yer yuzi bo‘yicha aholining
ko‘payishi juda sekin borgan. Aholi sonining ko‘payib borishida va joylashuvida
qabilalar joylashgan maskanlarning tabiiy sharoitlari, suv resurslari va iqlimi
asosiy omil hisoblangan. Turli tabiiy ofatlardan ba’zi qabilalar qirilib ketgan.
Ayniqsa sovuq iqlimli, qishi uzoq davom etuvchi hududlarda aholi sovuqdan,
ocharchilikdan ko‘plab halok bo‘lgan. Ana shu bois Yevrosiyoning shimoliy
qismida aholi juda siyrak joylashgan. Amerika va Avstraliyada ham paleolit
davrining oxirlarida juda kam aholi istiqomat etgan. Tabiiy sharoiti inson yashashi
uchun qulay, suv resurslari mavjud hududlarda, ya’ni, O‘rta dengiz atroflarida
Shimoliy Afrika, Yevrosiyo materigining janublarida esa aholi zichroq joylashgan.
Qadimda yer yuzida aholi soni juda sekin ko‘paygan. Taxminan bundan 15 ming
yil ilgari davrda tug‘ilish yuqori – fiziologik darajada bo‘lgan. Lekin inson yashash
sharoitining og‘irligi, turli kasalliklarning tarqalishi, qabilalararo urushlar tufayli
aholining o‘limi xollari ko‘p bo‘lgan. Shuningdek ularning umr ko‘rish davrlari
ham nisbatan qisqa bo‘lib, 20 – 25 yoshni tashkil etgan xolos. Bir so‘z bilan
aytganda yuqori tug‘ilish, aholining yuqori tabiiy ko‘payishini ta’minlay olmagan.
Insoniyat tarixida sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi oziq-ovqatning
ko‘payishiga, aholi moddiy turmush sharoitining bir muncha yaxshilanishiga olib
keldi. Xususiy mulkning paydo bo‘lishi, sinfiy jamiyatga asos soldi. Ibtidoiy
jamiyat bag‘rida feodal ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi.
Dunyoda sivilizasiya markazlari paydo bo‘ldi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish
tashkil topa boshladi. Sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar aholi o‘rtasida
o‘lim hollarining kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish muddatining bir muncha
uzayishiga sabab bo‘ldi. Natijada dunyo aholisining soni ko‘paya boshladi.
Qadimgi Misrda fir’avnlar davrida 7 million, Vavilonda esa 4-5 million aholi
yashaganligi ma’lum. Eramizning boshida dunyo aholisi 200-250 millionni tashkil
etgan va ularning 50 millioni Rim imperiyasida istiqomat etgan. Aholining yana
40-50 millioni esa Xitoy va Hindiston hududlarida yashagan. Shimoli-G‘arbiy
Yevropada esa aholi juda kam – 1 million atrofida bo‘lganligi qayd etiladi.
1
O‘rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko‘payib bordi. Lekin aholining
ko‘payish sur’ati nisbatan sekin bo‘lgan. Birinchi ming yillikning oxirida dunyo
aholisining soni 250-300 millionni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi ming yillikning
o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 400-500 millionga yetgan. Jumladan, Osiyoda – 250
million, Yevropada 65-80 million, Amerikada 30-50 million, sobiq SSSR hududida
esa 15-20 million aholi istiqomat etgan. Ushbu davrda ba’zi davlatlarda
1
Юқорида қайд этилган манба, 7 бет.


47
bosqinchilik, urushlar, xo‘jaliklar izdan chiqishi natijasida aholi sonining kamayib


ketganligi ham kuzatiladi.
Aholi sonining ko‘payib borishida jamiyatda ishlab chiqarishning
mukammalashib borishi, sodir bo‘lgan mehnat taqsimotlari – ya’ni chorvachilik va
dehqonchilikning rivojlanishi alohida omil hisoblanadi. Eramizdan 7-8 ming yil
oldin Yaqin Sharq hududlarida juda ko‘p qabilalar ovchilikdan chorvachilikka,
dehqonchilik qilishga o‘ta boshladilar. Xo‘jalik yuritishdagi yangi sharoit
qabilalardagi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshiladi, oziq-
ovqat zaxiralari yaratildi. Natijada aholining o‘lim hollari nisbatan kamaydi, lekin
turli epidemiyalar, xo‘jaliklar orasida mavjud urushlar tufayli o‘lim hamon yuqori
edi.
Xo‘jalik yuritishning yangi formasi sababli, qabilalarning bir joydan
ikkinchi joyga muntazam ko‘chib yurishi bir muncha barham topdi. Qabilalar
dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi natijasida o‘troq hayotga o‘ta
boshladilar. Bu hol esa ayollar ahvolining bir oz yaxshilanib, tug‘ilishning
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Tug‘ilishning ko‘tarilishi esa dunyo aholisi sonining
ko‘payib borishiga olib keldi. Ushbu davrda erta nikohlar va ko‘pbolalilik deyarli
barcha aholiga xos bo‘lgan. Lekin sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan
tug‘ilishga salbiy ta’sir etuvchi ba’zi omillar ham shakllana boshladi. Masalan,
quldorlik davrida qullar, askarlar aholining takror barpo bo‘lishi jarayonida
ishtirok etmasdilar. Shuningdek ba’zi diniy qarashlar, masalan buddizm, inson
ruhini gunohlardan qutqarish maqsadida, nikohsizlik va farzandsizlik holatlarini
qo‘llab quvvatlardi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o‘rtasida sinflar
va davlat paydo bo‘lishiga olib keldi. Jamiyat asta-sekin ibtidoiy tuzumdan
quldorlik davriga (sinfiy jamiyatga) o‘tdi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayoti rivojlana boshladi. Jamiyat taraqqiyotidagi bu o‘zgarishlar
aholining ibtidoiy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning asosiy sababi –
tug‘ilishning yuqoriligidir. Tug‘ilishning yuqoriligi esa, o‘z navbatida, ayollarning
erta nikohga kirishi, tug‘ilishning cheklanmaganligi, hamda ko‘pbolalikni xalq,
davlat va din tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq edi. Lekin quldorlik
tuzumi davrida aholi o‘rtasida o‘lim hollari ancha yuqori bo‘lgan. Sababi, ko‘pgina
qishloq va shaharlarda aholining juda zich joylashuvi va gigiena-sanitariya
sharoitlarning yo‘qligi tufayli, yuqumli kasalliklarning keng tarqalganligidir.
Aholi o‘rtasida madaniyatning rivojlanishi, qadimiy sivilizasiya
markazlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu madaniyat markazlari yer
kurrasining sug‘oriladigan hududlarida (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va
boshqa hududlar) shakllandilar.
Qadimgi Misrda fir’avnlar davrida 7 million aholi yashagan deb taxmin
etiladi. Dunyo hududlarida umumiy aholi soni eramizdan avvalgi 5 ming yillikda
30 million atrofida bo‘lgan. Ana shu davrda yer yuzida aholi joylashuvining
hozirgi areallari paydo bo‘lgan.
Insonning yashash uchun kurashi borib-borib, jamiyat taraqqiyotida ijobiy
(progressiv) o‘zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib,
kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa dehqonchilik bilan shug‘ullanishga


48
o‘tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular mehnat qilib,


moddiy mahsulotlar yaratadilar. Hunarmandchilik, savdo rivojlandi va shaharlar
paydo bo‘la boshladi. Inson hayotidagi bu ijobiy o‘zgarishlar ularning hayot
sharoitini yaxshiladi.
Sinfiy jamiyatning shakllanishi, dunyo hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy rivojlanishidagi farqlar, aholi takror barpo bo‘lish jarayoniga bevosita
ta’sir ko‘rsatdi. Ba’zi hududlarda yoppasiga tarqalgan epidemiyalar va urushlar
oqibatida aholi o‘rtasida o‘lim nihoyatda yuqori bo‘lgan, qishloqlar aholisiz
qolgan. Ushbu davr uchun aholi takror barpo bo‘lishida ibtidoiy jamiyatdagidek,
umumiy bir xususiyat – tug‘ilishning yuqoriligi saqlanib qolgan edi. Quldorlik
tuzumidagidek, ko‘pbolalilik nafaqat urf-odatlar, balki davlat siyosati, din, ayniqsa
islom va induizm tomonidan ham qo‘llab quvvatlanar edi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixidagi dastlabki “Madaniy-texnik revolyusiya”
ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlandi. Bu hol esa o‘z navbatida dunyo aholisi
sonining ko‘payishiga olib keldi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin