74
‰ – Gresiyada, eng pasti – 22 ‰ Shvesiyada)
1
, sobiq SSSR tarkibiga kirgan
davlatlarda esa – 80-83 ‰ni tashkil etgan
2
.
1960–1980 yillarda dunyodagi qator davlatlarda aholi salomatligi borasida
ulkan ishlar qilindi. Sog‘likni saqlash tizimi rivojlanib, aholiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish yaxshilandi. Onalar va bolalar salomatligiga katta e’tibor berildi.
Dunyoda aholi salomatligini, onalar va bolalar, ayollar salomatligini muhofaza
etuvchi nufuzli tashkilotlar tuzildi. Natijada aholi o‘limi, jumladan go‘daklar o‘limi
ham keskin kamaydi
1980–2000, 2001–2009 yillarda go‘daklar o‘limining pasayishi jarayoni davom
etdi. 1980 yilda go‘daklar o‘limi iqtisodiy rivojlangan davlatlarda quyidagi
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan: Avstriyada – 14,3 ‰, Belgiyada – 12,1‰, Daniyada
– 8,4 ‰, Italiyada – 14,6 ‰, Kanadada – 10,4 ‰, Niderlandiyada – 8,6 ‰,
Norvegiyada – 8,1 ‰, AQShda – 12,6 ‰, Fransiyada –10,0 ‰, Shvesiyada – 6,9
‰, Yaponiyada – 7,5 ‰. 2009 yilda bu ko‘rsatkichlar 3-6 ‰ni tashkil etgan. XXI
asr boshida go‘daklar o‘limining eng past ko‘rsatkichlari Yaponiya, Singapur,
Shvesiya davlatlarida qayd etilib, ularda har 1000 tirik tug‘ilgan bolalardan uchtasi
halok bo‘lar ekan. 1980 yillarda go‘daklar o‘limining eng yuqori darajasi
rivojlanayotgan davlatlardan Afg‘oniston – 194 ‰, Malavi – 163‰, Somali – 155
‰ kabilarda qayd etilgan. Hozirgi davrda ushbu davlatlarda go‘daklar o‘limi
kamayib, mos ravishda 145, 107, 114 ‰ni tashkil etmoqda. Lekin Markaziy Afrika
davlatlarida (113 ‰), Markaziy Osiyoning janubida joylashgan davlatlarda (65 ‰)
hamon go‘daklar o‘limi yuqoridir. Bu holning asosiy sabablari, bir tomondan
tug‘ilishning yuqori bo‘lishi va natijada ona va bola organizmini zaiflashuvi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan issiq iqlim sharoiti, iqtisodiy rivojlanishning pastligi, hamda
tibbiy xizmatning nisbatan yetishmasligidir.
Qadimda go‘daklar asosan ekzogen sabablarga ko‘ra, yuqumli kasalliklardan
vafot etgan bo‘lsalar, hozirgi davrga kelib, yuqumli kasalliklar kamayib ketdi.
Go‘daklar o‘limiga endogen omillar (ko‘proq nafas olish organlari kasalligi,
endokrin, yurak-qon tomir kasalliklari) sabab bo‘lmoqda.. Shunday bo‘lsada,
dunyodagi qator davlatlarda go‘daklar o‘limi XXI asr boshida, oldingi asrga
nisbatan, keskin kamaygan va bu hol aholi umr ko‘rishi ko‘rsatkichlariing
ko‘tarilishiga ta’sir etgan.
Dostları ilə paylaş: