Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə29/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

Dunyo aholisi sonining proghozi
*
Yil
Aholi (mlrd. Kishi)
ISA
VMT
Dunyo banki
2025
8.1 – 9.9
7.9 – 9.1
8.3
2100
9.1 – 16.1
9.0 – 19.2
11.7
*Alisov N. V., Xorev B. S. Ekologicheskaya sosialnaya geografiya mira M., 2000, s. 130
Dunyo aholisining proghozi juda keng, atroflicha retrospektiv tahlil asosida
yaratilgan. 1950 yildan boshlab dunyo va uning alohida hududlarining demografik
holati ilmiy o‘rganilgan. Tug‘ilish va o‘lim jarayonlari aholining demografik mayli
hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kutilayotgan o‘zgarishlar ham aholi sonini
proghoz etishda asosiy omillar sifatida o‘rganilgan va proghozda hisobga olingan.
Dunyo aholisining proghozida hududiy xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlar
hududning demografik tarixiga mavjud demografik vaziyatga va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasiga bog‘liqdir
.
Sayyoramiz aholisining soni XXI asrning dastlabki 10 yilligida (2009 y)
6,8 millardan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilda 8,5 millardni, 2010 yilda 11,7
milliardni tashkil etishi qayd etilmoqda. Demak yer shari aholisi XXI asrda ham
XX asrga nisbatan sustroq bo‘lsada ko‘payib borar ekan. Lekin aholining
ko‘payishi kelajakda dunyoning barcha hududlarida ham bir me’yorda
kechmaydi. Demografik proghozlar guvohlik berishicha ba’zi hududlarda
demografik rivojlanishda progressiv xususiyatlar (aholi sonini muntazam
ko‘payib borishi) kuzatilsa, ba’zi hududlarda esa regressiv (aholi sonining
kamayib borishi) holatlari sodir bo‘lishi kutilmoqda. Afrika aholisi XXI asr
boshidan XXI asr ning o‘rtalariga qadar ikki barobar ko‘payishi proghoz etilgan.
Afrika hududi aholisi 2009 yili 999 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa. 2050 yilda
esa bu ko‘rsatkich 1.994 mln.ga yetar ekan. Ushbu davrda Amerika aholisi 920
mln. kishidan 1205 mln. kishiga, Osiyo aholisi 4117 mln.dan, 5461 mln. kishiga,
Astraliya va Okeaniya aholisi 36 mln. dan 58 mln kishiga yetishi proghoz etilgan.
Faqat Yevropa hududida ushbu davrda aholi sonining 738 mln. dan 702 mln. ga
kamayishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
1
Demografik proghoz ma’lumotlari bo‘yicha 2025 yilda dunyo aholisi
ko‘payishining faqat 5 foizga yaqini Shimoliy yarim sharda joylashgan rivojlangan
davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur davlatlarda aholi o‘sishi tug‘ilish
1
Population Reference Bureau. 2008. World Population Data Sheet


77
hisobiga emas, balki aholi o‘limining kamayishi hamda aholi umr ko‘rish


muddatining uzayishi (o‘rtacha 73 yoshdan 79 yoshgacha) hisobiga sodir bo‘ladi.
Tug‘ilish juda kamayib borib, har bir ayolning farzand ko‘rish davri (15-49 yosh)
da ko‘rgan bolalari o‘rtacha 1,9 ni tashkil etadi. G‘arbiy Yevropada esa bu
ko‘rsatkich 1,5 Sharqiy Yevropada ham tug‘ilish o‘z tarixidagi eng past darajaga
tushadi. Germaniya, Daniya, Shvesiya, Avtsriya davlatlarida kutilayotgan
depopulyasiya (aholining kamayib ketishi) immigratsiya hisobiga bartaraf etilishi
kutilmoqda.
2010-2025 yillarda dunyo aholisining o‘sib borishining 90-95 foizi Osiyo
Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan davlatlar xissasiga to‘g‘ri keladi.
Lekin XXI asrning dastlabki choragida rivojlanayotgan davlatlar aholisi
ko‘payishida juda katta hududiy tafovutlar bo‘lishi qayd etilmoqda. Agar Lotin
Amerikasi bo‘yicha kelajakda aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sib borishi 2,1
foizni tashkil etsa, Urugvayda bu ko‘rsatkich 1 foizni, Markaziy Amerikada –
2.3. Paragvayda 3 foizni tashkil etadi. Lotin Amerikasi aholisi 2001 - 2025
yillarda 525 million kishidan 760 million kishiga yetadi.
Ana shunday jarayonni Osiyo hududida ham kuzatish mumkin. Sharqiy Osiyo
davlatlarida kelajakda aholi har yili o‘rtacha 1.3 foizdan ko‘payib borsa, Janubiy -
Sharqiy Osiyoda aholining yillik o‘sishi o‘rtacha 1.9 foizni Janubiy Osiyoda –
2.3. G‘arbiy Osiyoda esa 2.7 foizni tashkil etadi.
Afrikada kelajakda aholining tez sur’at bilan o‘sib borishi yuqorida qayd
etildi. 1990 yillarda ham Afrikada aholi sonining o‘sishi dunyo bo‘yicha eng
yuqori bo‘lib, yillik o‘sishi o‘rtacha 3 foizni tashkil etgan edi. Yaqin kelajakda
Afrika aholisinig ko‘payib borshi tug‘ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib
turishi, o‘limning kamayishi va axoli umr ko‘rish muddatining uzayishi xisobi
oldingi suratini deyarli saqalab turadi. 2009-2025 yillarda Afrika axolisi 999
miliondan 1385 milionga yetishi kutilmoqda
Yevropa va Shimoliy Amerikada axolining proghozi o‘zgacharoq ahvolidan
darak beradi. Bu hududlar axolisining salmog‘i kelajakda dunyo miqyosida
pasayib boradi.1990 yili dunyo axolisining 32.1 foizini Yevropa va Shimoliy
Amerika axolisi tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatgich 13.9 foizini
tashkil etishi proghoz qilingan.
Hindiston aholisining soni kelajakda ko‘payib borib Xitoy aholisi bilan
tenglashadi. Hindistonda o‘tkazilgan sosiologik tadqiqotlar, hamda aholi ro‘yxati
malumotlariga ko‘ra, hozirgi davrda xar bir hind oilasiga o‘rtacha 3 tadan farzand
to‘g‘ri kelmoqda. Ana shunday holat kelajakda ham davom yetsa 2050 yili
Hindiston aholisi 1.7 milliardga yetadi va dunyodagi aholisi eng zich joylashgan
davlatga aylanadi.
Xitoyda olib borilayotgan demografik siyosat aholi kupayib borishini
boshqarish mumkinligidan guvohlik bermoqda. Hozirgi Xitoyda “bitta oila –bitta
bola” siyosati joriy etilgan. Ana shu siyosat amaliy faoliyat ko‘rsatib borsa
Xitoyda, XXI asrda aholi soni 1.4 milliard atrofida saqlanib turadi.
Demak mutaxassislar ma’lumotlari qaraganda yer shari aholisi XXI
asrning birinchi yarmida ham mumtazam ko‘payib borib, uning miqdori 10


78
milliardga yaqinlashar ekan. Aholi sonidagi o‘zgarishlar dunyo hududlarida


turlicha muammolar olib keladi. Sanoat yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlarda tug‘ilish darajasi past, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davri
yuqori bo‘ladi. Ushbu mamlakatlarda mehnat resurslariga bo‘lgan talab,
boshqa davlatlardan kelgan mehnat yoshidagi aholi bilan to‘ldiriladi.
2050 yilga kelib Ispaniya, Rossiya, Litva, Ukraina kabi davlatlarda aholi
sonining qisqarishi kutilmoqda.
BMT ma’lumotiga ko‘ra 2050 yilda sayyoramiz aholisining har beshinchi
odami 60 yoshdan katta bo‘ladi. 85 yoshdan oshganlarning soni esa 6 marta
ko‘payadi. Tug‘ilish nihoyatda past bo‘lgan Yaponiya, Germaniya, Italiya kabi
davlatlarda aholining 40 foizini qariyalar tashkil etishi proghoz etilmoqda.
Umuman Yevropa mamlakatlari bugungi kunda “demografik o‘tish”
nazariyasi bo‘yicha uchinchi bosqichda turibdi. 2050 yil borib ushbu davlatlar
“demografik o‘tish” ning so‘ngi – to‘rtinchi bosqichiga o‘tadilar. Ya’ni tug‘ilish va
o‘lim tenglashib, aholi o‘sishi deyarli to‘xtaydi.
Ma’lumki dunyo aholisining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlar
xissasiga to‘g‘ri keladi. Ilmiy proghozlarning ko‘rsatishicha ushbu davlatlarda XXI
asrning ikkinchi yarmida aholi soni muntazam ko‘payib boradi. Rivojlanayotgan
davlatlar aholisi XXI asr boshida 4.8 milliardni tashkil etgan bo‘lsa. bu ko‘rsatkich
2050 yilda 8.1 miliardga yetadi yoki dunyo axolisining 86 foizini tashkil etadi.
Sayyoramiz axolisi XXI asrning dastlabki yillarda 7 milliardga tenglashdi.
Ilmiy proghozlarga qaraganda dunyo aholisi 2015 yilga qadar har yili 86 million
kishidan ko‘payib borar ekan. Bu ko‘pmi yoki kammi? Agar aholi o‘sib borishi
haqidagi ushbu ma’lumotni kurrai zamin nuqtai nazardan umuman qaralganda
uncha tashvishli emas. Chunki yuqorida qayd etilganidek hozirgi davrda (2009)
dunyo bo‘yicha aholi zichligi 1 kv. km.ga o‘rtacha 50 kishini tashkil etmoqda.
Lekin yer kurrasida shunday hududlar borki 1 kv. km. da 500.1000.2000 va undan
ortiq kishilar istiqomat etmoqdalar.
Aholining muntazam ko‘payib borishi aholisi zich joylashgan hududlarda
muammolarga sabab, bo‘lishi tabiiy albatta. Demak aholining ko‘payib borishi
bilan bog‘liq mummolar dunyodagi aholi zich va iqtisodiy rivojlanmagan hududlar
uchun keskin global muammolarni chiqarishi mumkin ekan. Ulardan dastlabkisi
ko‘payib borayotgani aholini oziq – ovqat bilan taminlash muammosidir.
Mutaxassislarning xisob-kitoblari qaraganda esa yer yuzida va okeanlarda mavjud
resurslar bilan 10 milliardlab aholini ta’mirlash mumkin ekan. Shunday bo‘lsa-da,
yer kurrasida tinmay o‘sib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash ba’zi
hududlarda muammo bo‘lib kelmoqda.
Darhaqiqat, yer yuzida va okeanlarda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashga
qodir resurslar behisobdir. Lekin bu resurslar inson istiqomat etib kelayotgan
hududlar bo‘yicha bir tekisda taqsimlanmagan. Natijada, aholining o‘sishi yuqori
va tabiiy resurslari kam, dunyodagi tabiiy resurslardan foydalanish mushkul
bo‘lgan hududlarda bir qator muammolar kelib chiqmoqda. Bugungi kunda inson
va uning faoliyati bilan bog‘liq eng hatarli muammo yerni, suvni va o‘simlik
dunyosining ifloslanishidir. Ba’zi davlatlarda aholiga toza ichimlik suvi mahalliy


79
vinodan ham qimmat turadi. Aholi juda tez o‘sib boryotgan, lekin oziq-ovqat


muammolari mavjud Afrika kabi hududlarda insoniyat uchun xavfli bir qator
muammolar: Spid va boshqa yuqumli kasalliklarlarning tarqalishi, aholi zich
hududlarda tuproq hosildorligining kamayib borishi, tabiiy o‘rmonlar
maydonining qisqarib ketishi, energiya tanqisligi, havo, tuproq, suvning
ifloslanishi natijasida azon teshigining hosil bo‘lishi va aholining kasallanishi
darajasi oshib, inson immunitetining kuchsizlanib borishi qayd etilagan
muammolardandir.
Dunyo aholisining o‘sib borishi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash
borasida mutaxassislar tomonidan turli fikrlar bildirilgan. Ularning ma’lum
guruhi agar, dunyo aholisi XX asrdagidek, yuqori sur’at bilan ko‘payib borsa
ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash mushkul ahvolda bo‘ladi, degan fikr
bildirmoqdalar. Yana bir guruh mutaxass olimlar esa, yer kurrasidagi mavjud
tabiiy resurslar bilan millardlab aholini boqish mumkin degan xulosaga kelishgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshildagi Umum jahon Qishloq xo‘jaligi va oziq-
ovqat ta’minoti tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari
ko‘rsatishicha, agar dunyodagi barchv mamlakatlar qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy taraqqiyot etgan uslublardan to‘g‘ri
foydalansa, hosildorlik yanada oshib, oziq-ovqat bilan nafaqat hozirgi yer shari
aholisini balki undan ikki marta ko‘p aholini ta’minlanishi mumkin ekan.
Amerikalik mutaxasis Ravel esa, agar qishloq xo‘jaligiga yaroqli barcha
yerlarga kerakli ishlov berilsa, zarur bo‘lganda tartib bilan sug‘orilsa yerdan juda
yuqori hosil olinishi na bu hosil bilan 100 milliard odamni boqi mumkin, degan
fikrni keltiradi. Agrobiolog olimlar ma’lumotlari bo‘yicha, qishloq xo‘jaligiga
yaroqli yerlarni, iklim, kuyosh nurini hisobga olgan holda, atrof muhitni
zaxarlamaydigan o‘g‘itlarda foydalanib, ishlov berilsa, taxminan 80 milliard
odamni oziq-ovqat bilan ta’minlash mumkin ekan. Lekin dunyodagi barcha aholi
ham qishloq xo‘jaligiga yaroqli, hosildor yerlarda yashamaydilar. Dunyo
aholisining 1 milliarddan ortiqrog‘i qishloq imkoniyatlari past yerlarda istiqomat
etishadi. Bunday yerlar Janubiy-G‘arbiy Osiyo yerlarini 75% ini; Afrikaning 47 %
yerini; Janubi-Sharqiy Osiyoning 35 %ini va Markaziy Osiyoning 35,5% yer
maydonlarini egallaydi. Ana shunday nomuvofiqliklar dunyodagi ma’lum
davlatlarda oziq-ovqat bilan bog‘liq iqtisodiy muammolarni kelib chiqishiga sabab
bo‘lmoqda. Umuman olganda dunyodagi mavjud tabiiy resurslar butun sayyora
aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga qodir. Har bir davlat o‘zida mavjud tabiiy
imkoniyatlardan foydalanib, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishi,
yerlardan unumli foydalanishi zarur. Dunyo miqiyosida oziq-ovqat yetishtirishni,
butun aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ilmiy asosda tashkil etish, maxsus
tashkilotlar orqali boshqarib borilishi lozim.
Aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammolarini ijobiy hal etilishi birinchi
navbatda moddiy ishlab chiqarishni riqojlantirishni taqozo etadi. Bu esa o‘z
navbatida energiya resursi bilan chambarchas bog‘liqdir. Energetika ishlab
chiqarish kuchlari rivojlanishini va kurrai zaminda insoniyatning o‘zini
mavjudligini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Maxsus hisob kitoblarga


80
qaraganda odamzod 1 yilda 9 milliard tonna yoqilg‘i ishlatar ekan (neft ekivalenti


bilan hisoblanganda)
1
Jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport kabi
sohalarning faoliyati ham bevosita energiyaga bog‘liqdir. Umuman, insoniyat
taqdirda energiya hamisha eng asosiy o‘rinni egallab kelgan. Insonning o‘tmishi,
buguni va kelajagi energiya manbalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yer kurrasida energiya beruvchi tabiiy manbalar mavjud bo‘lib, ularga neft,
tabiiy gaz, suv,ko‘mir va quyosh energiyalarini kiritish mumkin. Shuningdek inson
faoliyati bilan bog‘liq qator vodorod va boshqa energiya turlari ham mavjuddir.
Lekin ssayyoramiz aholisining yoqilg‘i energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishda 40% neftdan, 31 % ko‘mirdan va 23% tabiiy gaz zahiralaridan
foydalanar ekan. Ma’lumki mazkur zahiralarning aksariyati tog‘ va tog‘ oldi
hududlarida joylashgandir. Ayniqsa energetika sohasining rivojlaniishida asosiy
manbaalarida bo‘lgan toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir zahiralari bo‘yicha tog‘lar
asosiy maskan hisoblanadilar. Bunday tog‘lar jumlasiga Shimoliy Amerikadagi
Kordilera, Yevropadagi Skandinaviya, Pireney, Korpat, Alp, Ural, Osiyo
qit’asidagi Tibet, Tyanshan, Pamir kabi tog‘lar va tog‘ oldi mintaqalarini kiritish
mumkin. Bu ulug‘vor tog‘lar juda qadim zamonlardan beri tabiiy resurslari bilan
insoniyat mushkulini oson qilib kelmoqda. 18 asrning ikkinyai yarmidan boshlab
energiya manbasi bo‘lgan ko‘mir sanoati mustaqil tarmoq sifatida rivojlana
boshladi. 19 asrning boshida dunyo bo‘yicha 12 million tonna ko‘mir qazib
olingan bo‘lsa, 19 asrning 60 yillarida bu ko‘rsatkich 1970 million tonnaga yetdi.
Hozirgi davrdan (1995-2009 yillar) tog‘ va tog‘ oldi mintaqalaridagi mavjud
zahiralarda qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish bo‘yicha Germaniya, Rossiya, Aqsh, Xitoy,
Polsha, Chexiya, Gresiya, Tursiya, Avstraliya va Yugoslaviya davlatlari dunyo
bo‘yicha yetakchilik qilmoqdalar. Toshko‘mirni qazib olish va eksport qilish
bo‘yicha dunyoda Osiyo, Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Avstraliya va
Okeaniya davlatlari yetakchidir.
O‘zbekiston tog‘larida va tog‘ oldi mintaqalarida ham ko‘mir zahiralari
mavjud bo‘lib, aholini, ishlab chiqarishni energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ma’lum
qismini ta’minlab kelgan. 1940 yilda Ohangaron vodiysida O‘zbekistonda yirik
ko‘mir koni tashkil topdi va ko‘mir sanoatiga asos solindi. Ikkinchi jahon urushi
davrida nemis-fashist qo‘shinlari vaqtincha Donbass va Moskva atrofidagi ko‘mir
konlarini bosib olgan paytda Angren ko‘mir koni sobiq SSSR hududidagi
mudofaa uchun xizmat qiluvchi zavodlarni yoqilg‘i bilan ta’minlashga katta hissa
qo‘shdi. Angren ko‘mir konining geologik zapasi 2 milliard 32 million tonna
bo‘lib, O‘rta Osiyodagi ko‘mir konlar zapasining 60 foiziga yaqinini tashkil etadi.
O‘zbekiston aholisining issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 1958
yilda Surxondaryo viloyatida ishga tushgan Sharg‘un konining ham ahamiyati
kattadir.
Insoniyat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti tarixi guvohlik berishicha, hamma
davrlarda ham energiyaga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashda muammolar bo‘lgan.
Mazkur muammolarni yechishda esa qadimiy tog‘lar va tog‘ oldi mintaqalari
1
Н.В.Алисов, В.С.Хорев Экономическая, социальная география мира (М., 2002. с-92).


81
resurslaridan foydalanilgan. Lekin insoniyatning kelajagi ham ma’lum ma’noda


tog‘lar bilan bog‘liqdir. Yaqin kelajakda yer kurrasida energiya resurslari tugab
qoladimi? Odamzod energetika tanqisligiga yuz tutuadimi? degan savol
ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Bu o‘rinli savoldir. Darhaqiqat neft, gaz,
ko‘mir zahiralari yer sharida cheksiz emas. Chunki koinotda yer sayyorasining
o‘zini ma’lum o‘lchami, o‘rni bor. Shunday bo‘lgach yerdagi zahiralar ham
ma’lum o‘lchamga egadir. Ilmiy tahlillarga ko‘ra bugungi kunda yer sharida 140
milliard tonnaga yaqin neft zahiralari Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy va Janubiy
Osiyo hududlarida joylashgandir. Shuningdek dunyoda gaz zahiralari ham juda
ko‘p bo‘lib ularning hajmi 145 trilliion m kubga teng. Bu zahiralar Rossiyada,
Yaqin va O‘rta Sharq, G‘arbiy Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrika
hududlarida aniqlangandir.
Kelajakda insoniyat hayotidagi energiya muammosini hal etishda dunyoning
tog‘ va tog‘ odi mintaqalarida aniqlangan toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir
zahiralarining xissasi ham kattadir. Ushbu zahiralarning umumiy hajmi 1543
milliard tonnaga teng bo‘lib, ular G‘arbiy Yevropa (28,9) Shimoliy Amerika
(24%), Osiyo (21%), Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyada (27%)
joylashgandir.
Yer sharida atom energetikasi uchun zarur bo‘lgan uran, toriy, zahiralarining
ahamiyati katta.
Shuningdek fiziklar tomonidan termoyader energiyasini olish uchun ham
qator nazariy va amaliy ahamiyatga molik ishlar olib borilmoqda. Energiyani
rivojlantirishdagi yana bir yo‘nalish-to‘g‘ri quyosh nurlaridan foydalanishdir.
Dunyoda quyosh energiyasidan unumli foydalanish borasida ham katta ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Sayyoramizda maxsus moslamalar yaratilgan.
Sayyoramizda yer osti issiq suvlari ham mavjud bo‘lib, ulardan energiya
manbai sifatida foydalaniladi. Ana shunday issiq suvlardan foydalanish Islandiya,
Italiya va Kamchatkada yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi davrda olimlar tomonidan vodoroddan energiya manbai sifatida
foydalanish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar fikricha yaqin 2000 yil ichida insoniyatga energiya tanqisligi
xavotirga solmas ekan. Aksincha odamzod taraqqiyotida energiya ortiqchaligi
muammosi tug‘ilishi ehtimoli kutilmoqda

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin