70
o‘zgarishlar (kasallanish, keksalik) bilan bog‘liq omillardir. Ekzogen omillar esa
tashqi omillar (urushlar, turli epidemiyalarning tarqalishi, baxtsiz hodisalar, tabiiy
ofatlar va h.k.) bo‘lib, ular tashqi muhit ta’sirida sodir bo‘ladilar.O‘lim
jarayoni
ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda davlatlarda va jamiyat taraqqiyoti
bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq holda, inson hayotining
turli davrlarida sodir bo‘ladi. O‘lim jarayonini ifodalashda quyidagi
koeffisientlardan foydalaniladi. O‘limning umumiy koeffisienti:
1000
·
=
TP
M
m
m-o‘lim umumiy koeffisienti (promilleda ifodalandi).
M-o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni.
T-davr
P-o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni
O‘limning umumiy koeffisientiga ham aholining
yosh va jinsiy tarkibi
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining ko‘pligi
o‘limning umumiy koeffisientini ko‘tarilishiga olib keladi.
O‘lim
jarayonida
bo‘layotgan
o‘zgarishlarni aniq o‘rganishda uning maxsus koeffisientlari (yosh guruhlari va
jinslar bo‘yicha alohida ifodalanadi) dan aniqlanadi.
O‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti-alohida yoshlar (1,2,3,4,5,...)
yoki yosh guruhlari (1-4, 5-9, 10-14...) bo‘yicha hisoblanib, har 1000 ta
o‘rganilayotgan yoshdagi aholiga nisbatan shu yoshdagi o‘lganlarning o‘rtacha
sonini aniqlaydi va promilleda (‰) ifodalanadi.
z
x
x
z
x
x
z
x
x
TP
M
m
+
+
+
=
,
,
1
*1000
M
x1x+z
-o‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti ifodasi.
T-o‘rganilayotgan davr, yil.
M
x1x+z
-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi jami o‘lganlar soni.
P
x1x+z
-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi aholining o‘rtacha soni.
O‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti yordamida har bir yosh
guruhida sodir bo‘layotgan o‘lim hollari va omillari o‘rganiladi, va o‘lim
jadvali tuzishda foydalaniladi.
Aholi
guruhidagi o‘lim jarayonini o‘rganishda go‘daklar o‘limi, ya’ni bir yoshgacha
(0-12 oy) bo‘lgan bolalar o‘limi ham juda ahamiyatlidir. Chunki, ko‘p
hollarda
go‘daklar o‘limi bir muncha ko‘proq bo‘lib, aholi o‘limining umumiy
71
koeffisientining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham go‘daklar
o‘limi alohida hisoblanadi.
Go‘daklar o‘limi har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarga nisbatan, shu yoshda
o‘lgan go‘daklarning sonini bildiradi va promilleda ifodalanadi.
1000
·
сони
болалар
тугилган
тирик
булган
ёшгача
бир
даврдаги
ган
ўрганилаёт
сони
болалар
жами
улган
ёшгача
бир
Aholi o‘lim darajasini o‘rganishda onalar o‘limini mukammal o‘rganib
borish zarurdir. Onalar o‘lim tug‘ilish darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi
nisbatan sust, davlatlarda baland bo‘lib. Aholi o‘lim ko‘rsatkichlariga
bevosita ta’sir etdi. Onalar o‘limiga homiladorlikning oxirgi (28 haftadan keyin)
hamda farzand tug‘ilgandan keyingi (6 hafta) davrida sodir bo‘lgan ayollar o‘limi
kiritiladi. Onalar o‘limi har 1000 ta tuqqan ayollarga yoki har 1000 ta tirik
tug‘ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi. Aholi o‘limi jamiyat rivojlanishi
davomida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘lib kelgan. Moddiy
shart-sharoitlarning yaxshilanib borishi o‘lim hollarining kamayishiga, aksi esa –
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash
tizimining rivojlanishi, aholiga
tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasining oshib borishi ham o‘limga bevosita ta’sir
etuvchi omillardandir. Shuningdek, tug‘ilish biologik imkoniyat darajasida
bo‘lganda, ko‘pbolalik an’analari rivojlangan davrlarda tug‘ilgan farzandlar
orasidagi davr, muddat (protogenetik davr: nikohga
kirgandan birinchi farzand
tug‘ilguniga qadar o‘tgan vaqt; intergentik davr: birinchi va ikkinchi, ikkinchi va
uchinchi, uchinchi va to‘rtinchi va h.k. farzandlar tug‘ilishi orasidagi davr, yil)
qisqa (1,2-2 yil) bo‘lgan hollarda ham go‘daklar, onalar o‘limi yuqori bo‘ladi.
XX asr 50-yillariga qadar dunyoning barcha hududlarida ham o‘lim yuqori
darajada edi. Ushbu davrga qadar aholi o‘limida ko‘proq ekzogen (tashqi muhit
ta’siridagi omillar: urushlar, epidemiyalar, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar) omillar
sabab bo‘lgan. Aholining juda ko‘p qismi, ayniqsa Osiyo,
Afrika hududlarida
yuqumli infeksion kasalliklardan bolalik davrida ko‘z yumishgan. Qadimda yer
sharida go‘daklar va ayollar o‘limi ayniqsa yuqori bo‘lgan. Ko‘pchilik ayollar
farzand ko‘rish davrlarida turli kasalliklar ayniqsa qon yo‘qotish tufayli halok
bo‘lganlar. Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida har
1000ta tug‘ilgan chaqaloqlardan bir yoshgacha bo‘lgan davrda 300-400tasi, ba’zi
davrlarda esa, 500-600tasi nobud bo‘lgan. Qadimda aholi o‘limining
yuqoriligi,
qayd
etilganidek,
aholining
turmush
darajasiga,
tibbiy
xizmatlarning
yetishmasligiga, aholining ma’lumotlik darajasining pastligiga, farzandlar
tug‘ilishining yuqoriligi va farzandlar tug‘ilishi orasidagi davrning nisbatan
qisqaligi kabi omillar bilan bog‘liq edi.
Dostları ilə paylaş: