69
yarmi kam bolali oilalarda istiqomat etmoqdalar. So‘nggi guruh davlatlarida
istiqomat etuvchi oilalarda tug‘ilishning bunday kamayib ketishi, birinchi
navbatda, kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi bilan bog‘liqdir. Ta’kidlab
o‘tganimizdek, kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida sanoat rivojlanib, shaharlar
sonining o‘sishi va shahar turmush tarzining keng tarqalishi uchinchi guruhga
mansub davlatlarda tug‘ilishning qisqarishiga olib keldi. Ayniqsa aholining asosiy
qismi shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish juda kamayib
ketgan.
Ushbu guruh davlatlarida hozirgi davrda tug‘ilish darajasining kamayib
ketishiga olib kelgan navbatdagi omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda,
yollanma ishlarda ko‘proq qatnashishidir. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda
tug‘ilishning kamayishiga olib kelgan omillardan yana biri, oilaning buzilishi,
ya’ni nikohdan chiqish hollarining nihoyatda ko‘pligidir. Yuqorida qayd
etilganidek, nikohning qisqa vaqt davom etishi oilada bola sonining o‘z-o‘zidan
kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar
qatori, Shimoliy Amerikada ham fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga
kirib borishi natijasida aholining tarkibida ishsizlik tobora ko‘payib bormoqda.
Ishsiz, boshpanasiz aholining oila qo‘rish va farzand tarbiya qilishiga iqtisodiy
imkoniyati bo‘lmaydi. Shunday holatlar ham tug‘ilishning kamayib ketishiga olib
keladi. Umuman olganda, kapitalistik munosabatlarning keng tarqalishi va
rivojlanishi oilaning farzandlarga bo‘lgan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ehtiyojini
pasaytirib yuboradi. Fikrimizning dalili sifatida rivojlangan kapitalistik
davlatlardan biri AQSh oilalaridagi tug‘ilish ko‘rsatkichlariga murojaat qilamiz.
Agar 1950 yili har bir Amerika oilalarida o‘rtacha 3-4tadan bola tug‘ilgan bo‘lsa,
1970 yili bu ko‘rsatkich 2-3 taga kamaydi. Keyingi vaqtlarda AQShda farzandsiz
oilalar ko‘payib bormoqda. Bu davlatda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
ko‘pchilik oilalarda fatqat bittadan farzand bo‘lib, ularning 44 %i kutilmaganda,
15%i esa, xohlamagan holda tug‘ilgan ekan. Mutaxassislar bu ahvolni “Amerika
oilasida inqiroz” deb atashmoqda. Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun
muammomi, yo‘qmi? Uni shu davlat aholisining taraqqiyot tarixidan kelib chiqib
aniqlamoq lozim.
Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlarining oilalarida tug‘ilish
jarayonidagi o‘zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Ma’lum bo‘ldiki, hozirgi paytda
yer yuzidagi xalqlarning tug‘ilish jarayoni bir xil emas ekan. Bir toifa
mamlakatlarda oilalarning tug‘ilishi juda kamayib ketgan bo‘lsa, ikkinchi bir xilida
– juda yuqori. Bu hol, yuqorida aytilganidek, turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: