86
Demokratik oila (oiladagi har qanday muammolarni ko‘pchilik bilan
kelishilgan holda hal tiladi)
Hamda aralash tipdagi oilalar.
7.
Er hotinning millatiga ko‘ra;
Bir millatli (er xotin bir bir xil millatga mansub) va baynalminal (er-
hotin turli millatga mansub) oilalar.
Olaning yuridik xususiyatiga ko‘ra turlari; Rasmiy oila (nikohdagi oila) va
norasmiy oila (nikohga kirmagan, nikohdan tashqari)
Oila paydo bo‘lgandan to hozirgi davrga qadar u bajarib kelgan vazifalar
chuqur ilmiy tahlil etilsa, ularni asosan uch yo‘nalishda ifodalash mumkin. Bu
yo‘nalishlar farzandlarning tug‘ilishi, ularni tarbiyalash va moddiy ehtiyojini
qondirishdir. Shuning uchun ham oila vazifalarini
uch guruhga ajratish
maqsadga muvofiqdir.
Oilaning demografik vazifasi.
Oilaning ijtimoiy vazifasi.
Oilaning iqtisodiy vazifasi.
Oilaning demografik vazifasiga–uning demografik faoliyati, ya’ni oilada
farzandlarning tug‘ilishi, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi-avlod
yaratish kiradi.
Oilaning ijtimoiy vazifasiga-oilada faorzandlarni tarbiyalash,
inson sifatida
kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o‘zaro munosabatlarini
shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi.
Oilaning iqtisodiy vazifasiga oila a’zolarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va
boshqa yashash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalar bilan ta’minlash kiradi.
Oilaning mohiyati vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir.
Lekin
uning bajarilish darajasi ana shu xalqlar yashagan, yashab kelayotgan davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga, turmush tarziga, ularning urf odatlari, dini,
qadriyatlariga bog‘liqdir
Ilmiy manbalarda aholining oilaviy holati, degan tushuncha mavjud bo‘lib,
bu tushuncha ma’lum hudud, davlat aholisiga tegishlidir. Aholining oilaviy holati.
Ma’lumki, jamiatda insonlar oila muhitida oila a’zosi bo‘lib, turli guruhlarda guruh
a’zosi bo‘lib yoki o‘zlari alohida, yolg‘iz holda yashaydilar. Aholining bunday
guruhlarga bo‘linib yashashi uning oilaviy holatini bildiradi.
Aholining oilaviy holati haqidagi ma’lumotlar aholi ro‘yhati o‘tkazish yo‘li
bilan to‘planadi. Sobiq sovet statistikasida aholi oilaviy holati bo‘yicha uch
guruhga ajratilgan va aholi ro‘yhati dasturiga kiritilgan: oila bilan birga oila a’zosi
bo‘lib yashovchilar;
oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab
qolgan holda yashovchilar
1
; yolg‘iz yashovchilar.
Aholinig oilaviy tarkibini, demografiyaga oid ilmiy manbalarda oilada
yashovchi aholining oila turlari (tugal, tugalmas, nuklear (oddiy)
va murakkab,
katta, kichik, o‘rta va h.k.) bo‘yicha taqsimlanishini e’tirob etadi. Masalan 1989
yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholi ro‘yhati ma’lumotlari ko‘rsatishicha oila
1
Бу гуру га узоқ муддатга қишга, ишга ва бошқа сабаблар билан оиладан вақтинча кетган кишилар
киради.
87
muhitida yashovchi aholining 4,3% 2 kishilik oilada, 18,9% 3-4 kishilik kichik
oilada; 27,9 foizi 5-6 kishilik o‘rta oilada; qolgan 48,9 foizi 7-10 undan ko‘p
kishilik katta oilalarda istiqomat etishgan.
Shunday qilib aholining oilaviy holati ma’lum hudud yoki davlat aholisining
oilada, oila azosi bo‘lib, oiladan alohida (oilasi bilan munosabatlarini uzmagan
holda) va yolg‘iz yashovchilarga bo‘linishini, aholining oilaviy tarkibi esa
aholining oila turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi.
Aholining oilaviy tarkibi aholining jinsiy va yosh tarkibiga bog‘liq bo‘lib,
tug‘ilishi, o‘lim, nikoh, ajrim kabi demografik jarayonlar ta’sirida shakllanadi.
Shuningdek aholining oilaviy tarkibiga katta farzandlarni oila qurib, o‘zlari ajralib
chiqish jarayoni hamda migratsiya xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa
nikoh va ajrim jarayonlari aholining oilaviy tarkibiga bevosita ta’sir etadi.
Nikohning mustahkam bo‘lishi to‘liq oilalar va ularda yashovchi aholi salmog‘iga
ijobiy ta’sir etsa, ajrim aksincha tugalmas oilalar sonini ko‘payishiga olib keladi.
Bu holat o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarga sabab
bo‘ladi.
Xozirgi
davrda dunyo, davlatlari aholisining oilaviy tarkibi, nikoh va ajrim
jarayonlari bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladilar. Ushbu farqlar alohida halqlarning
urf-odatlari, qadriyatlari, diniy e’tiqodlari, davlatni oila mustahkamligini qo‘llab
quvvatlash maqsadida olib borayotgan siyosiy, iqtisodiy chora tadbirlari bilan
bog‘liqdir.
Jahon statistikasida «Oila» tushunchasi bilan birga «uy xo‘jaligi»
tushunchasidan ham foydalaniladi. Unda aholining
oilaviy holati haqidagi
ma’lumotlar uy xo‘jaliklari bo‘yicha to‘planadi. «Uy xo‘jaligi» birga xo‘jalik
yurituvchi, birga yashovchi kishilarni biriktiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy yacheykadir
1
.
Uy xo‘jaligi tushunchasi oiladan farq qilib, unda faqat qarindoshlik munosabatlari
asosida birikkan kishilargina emas balki, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida
birga yashovchi begona kishilar ham, alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi yolg‘iz
kishilar ham kiritiladi.
Uy xo‘jaligi tushunchasi hamma davlatlarda ham bir xil emas. U har bir
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga, unda isteqomat etuvchi xalqning turmush
tarziga, urf-odatlariga bog‘liqdir. Ba’zi davlatlarda uy xo‘jaligi uchun kishilarning
birga
yashashi asos qilib olinsa, boshqa bir davlatda esa ularning birga ovqat
tayyorlashi, birga ovqatlanishi asos qilib olingan.
Uy xo‘jaligi ikki turga bo‘linadi: shaxsiy va jamoa xo‘jaligi. Shaxsiy uy
xo‘jaligida bir uyda yashovchi, birga xo‘jalik yurituvchi va o‘zlariga o‘zlari ovqat
tayyorlovchi kishilar guruhi kiradi. Bunday guruhlarda bir uyda, yoki bir nechta
uyda yashovchi yoki uyi bo‘lmagan kishilar ham yashashlari mumkin. Bunday uy
xo‘jaligida, bir uyda yashovchi ota-ona, bola, qarindoshlardan
tashqari ikki yoki
undan ortiq bir xo‘jalikda yashovchi, lekin qarindosh bo‘lmagan yolg‘iz kishilar,
xizmatkorlari bilan yashovchi yolg‘iz ayol yoki erkaklar ham kiradi. qarindosh
bo‘lmagan ikki yoki undan ko‘p kishilar yashovchi shaxsiy uy xo‘jaligi 1980-1985
1
Демографический энциклопедический словарь. М., 1985, С 127.
88
yillarda AqSh dagi uy xo‘jaliklarning 10% yaqinini Kanadada-5,6, Yangi
Zerlandiyada-7,5, Belgiyada-3,6, va Yaponiyada 0,2% ni tashkil etgan
2
.
Jamoa xo‘jaliklariga bolalar, qariyalar nogironlar uylari, qamoqxonalar,
kazarmalar, surunkali kasallar yashovchi kasalxonalar va boshqa shunga o‘xshash
muassasalar kiradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, juda ko‘p davlatlarda uy xo‘jaligining asosiy
qismini nikoh va qon-qarindoshlik asosida tashkil topgan oilalar tashkil etadi.
Bunday uy xo‘jaligi fanda «Oilaviy uy xo‘jaligi» deyiladi.
Dostları ilə paylaş: