84
hisoblanadi. Xozirgi davrda 2009 yil dunyo aholisi tarkibida 65 va undan yuqori
yoshdagilar salmog‘i 8% ni, Afrikada – 3%, Amerikada – 9%, Osiyoda – 7%,
Yevropada – 16%, Avstraliya va Okeaniyada esa 10% tashkil etmoqda. Dunyo
bo‘yicha aholisi eng qari davlatlarga Yaponiya (23%); Germaniya, Italiya (20%)
va Monako (24%) davlatlarini kiritish mumkin. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5%
tashkil etmoqda.
Demografik yosh davlatlarga esa aholi tarkibida 0-14 yoshdagi bolalar
salmog‘i yuqori bo‘lgan davlatlar kiradi. 2009 yil ma’lumotlari ko‘rsatishicha
dunyo bo‘yicha aholi tarkibida bolalar salmog‘i 27%, (Afrikada – 41%, Amerikada
– 26%, Osiyoda – 31%, Yevropada – 15%, Avstraliya va Okeaniyada – 24%)
tashkil etgan. O‘zbekiston dunyodagi yosh davlatlar tarkibiga kiradi va respublika
aholisining 33% bolalar tashkil etmoqda.
Aholining yosh
tarkibida mehnat yoshidagi
1
(15-64) aholi guruhi salmog‘i
alohida ahamiyatga egadir. Chunki ushbu guruh asosiy ishlab chiqarish kuchini
tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishning omili bo‘lib hizmat qiladi. Mehnat
yoshidagi aholi guruhining shakllanishi asosan aholining takror barpo bo‘lishi
xususiyatlariga bog‘liqdir. Alohida hollarda esa hududlarda immigratsiya va
emigratsiya jarayonlari ham mehnat yoshidagi aholi salmog‘iga ta’sir etadi.
Dunyodagi qator davlatlarda jami aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi
salmog‘i 50 – 65 foizni tashkil etadi. Xozirgi davrda (2009 yil) dunyo aholisining
65 foizi 15-64 yoshli aholi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston aholisining
62,0% 15-64 yoshdagi kontingentlardir.
Aholining oilaviy tarkibi. Oila-insonlarning
tabiiy biologik, nikoh. qon-
qarindoshlik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan, turmush
birligi va o‘zaro javobgarlik orqali bog‘langangan ijtimoiy guruhidir. Oilaning
bugungi shaklida oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, ma’naviy
xuquqiy, psixologik munosabatlar va o‘zaro javobgarlik his-tuyg‘ulari bilan
bog‘lanib turadilar. Oilada har bir oila a’zosining o‘z ijtimoiy o‘rni bordir. Oila
asosini er-xotin tashkil etadi. Lekin oilada er-xotin uning farzandlari, ota-onasi,
aka-uka, opa-singil va boshqa qarindosh-urug‘lar ham yashashlari mumkin.
Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o‘z
mazmuniga ko‘ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga
ajratish mumkin.
Oilaning demografik mezonlarga ko‘ra turlari:
1. Ma’lumki oila tashkil bo‘lishiga avvalo erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh
birligi asos bo‘ladi. Ana shu nikoh birligiga asosan oila ikki turga
bo‘linadi.
Poligam-ko‘p
nikohli oilalar, bunday oilalar bir erkak, bir nechta ayol bilan
nikohda turishi, oila ko‘rishi mumkin.
Monogam-bir nikohli oilalar, ya’ni bir erkak bir ayol bilan nikohda turadi,
oila quradi.
qayta tuzilgan –ikkinchi nikohli oilalar.
1
Ме нат ши ар бир давлатнинг ишлаб чиқариш хусусиятлари ва ижтимоий-иқтисодий олатига боғлиқ
олда фарқ қилиши мумкин, қатор Европа давлатларида ши 18 шдан бошланади. Ўзбекистонда ме нат
ши а ллар учун 16-54, эркаклар учун эса 16-59 этиб белгиланган.
85
2. Oila unda istiqomat etuvchi oila a’zolarining tarkibiga qarab ham turlarga
bo‘linadi:
Oddiy (nuklear) oila, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya’ni turmush
qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Bunday oilalar turlari eng ko‘p tarqalgandir.
Murakkab (ko‘p bo‘g‘inli) oilalar, bunday oilalarda ikki yoki undan ortiq,
avlod vakillari istiqomat etishadi. Masalan, ota-ona oila qurgan farzandi va
nabiralari bilan yoki bobo, buvi, ota-ona va farzand o‘z
bolalari bilan istiqomat
etishadi.
3. Oila yadrosini tashkil etgan er-xotin hayotligiga, shu oilada birga yashash va
yashamasligiga qarab ham oilalar turlicha bo‘ladi.
-
Tugal (to‘liq) oilalar, er-xotin xayot bo‘lgan va birga yashagan oilalar.
-
Tugalmas (noto‘liq) oila. Bunday oilalarda oila asosini tashkil etgan er
xotinning biri hayot emas yoki shu oilada yashamaydi.
4. Oilada istiqomat etuvchi oila a’zolarining miqdoriga ko‘ra:
Kichik oilalar (2-4 kishilik)
O‘rta oilalar (5-6 kishilik)
Katta oilalar (7-8 va undan ko‘p kishilik) mavjuddir.
5.
Bolalar soniga ko‘ra: farzandsiz, bir bolali, kam, o‘rtacha va ko‘p bolali
oilalar (davlatlarda, turli davrlarda ushbu mezonlar turlichadir.) ga
ajratish mumkin
Oila jamiyatda tutgan ijtimoiy o‘rniga, ya’ni er-xotinning ijtimoiy sinfiga,
guruhiga qarab ham turlarga bo‘linadi. Oilaning bo‘nday ijtimoiy turlari, turli
ishlab chiqarish usuli hukmron jamiyatda turlicha bo‘lgan. Masalan, sobiq sovet
hokimiyatida sosialistik ishlab chiqarish usuli hukmron edi. Ushbu davrda
jamiyatda asosan 3ta ijtimoiy sinf qayd etilar edi. Ular,
ishchi xizmatchi va
kolxozchi sinflar bo‘lgan. Bunday sharoitda ba’zi oilalarda er-xotin bir xil
ijtimoiy, sinfga, guruhga mansub bo‘lsa (eri ham, hotini ham ishchi, ziyoli yoki
kolxozchi), ba’zi oilalarda esa er-xotin turli ijtimoiy guruhga mansub (eri ishchi,
xotini ziyoli, eri kolxozchi, xotini ishchi va x.k.) bo‘lgan. Shu bois, oilalar
ijtimoiy holatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: