75
maktablar, oliy va maxsus o‘quv yurtlarini qurilishini rejalashtirish uchun,
kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola
maktab yoshiga yetishi, qancha bola maktabni tugatib oliy va maxsus o‘quv
yurtlariga borishi haqidagi ma’lumotlar zarurdir.
Aholini yosh – jinsiy tarkibi haqidagi proghoz tibbiy xizmat ko‘rsatish
tizimining rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy
tarkibi bo‘yicha tuzilgan proghoz asosida, bolalar va ayollar shifokorlari, aholining
keksa guruhiga xizmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar,
nervopotologlar kabi
mutaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi.
Kelajakda yangi ish o‘rinlarini tayyorlash halq xo‘jalik sohalarini
rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mehnat yoshidagi aholi haqidagi proghoz
ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Umuman iqtisodiyot va aholini ijtimoiy hayoti
barcha qirralarining istiqbolini rejalashtirishda shu sosial jarayonlarning
qatnashchilari, iste’molchilari hamda yaratuvchilari bo‘lmish aholi guruhlari
haqidagi demografik proghoz zarurdir. Aks holda kelajak
uchun rejalashtirilgan
har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi.
Demografik proghoz, demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Demografik proghoz – proghoz etilayotgan davrga
qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi.
Qisqa muddatli demografik proghoz – 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, turli
xo‘jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Qisqa muddatli
proghoz aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Chunki 5
yil davomida aholini
o‘limi va tug‘ilish jarayonida ham keskin o‘zgarish ro‘y bermaydi. Mehnat
resurslari, farzand ko‘rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari
haqida ma’lumotlar aniq bo‘ladi. Asosan tug‘iladigan bolalar soni maxsus hisob-
kitoblar uslublar orqali hisoblanadi.
O‘rta muddatli demografik proghozlar – 30 yilgacha bo‘lgan davr uchun
hisoblanadi. Ushbu proghozda aholini tug‘ilishi va o‘lim jarayonlarida aholi
migratsiyasi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar ilmiy asosda o‘rganiladi
va proghoz tuzishda hisobga olinadi.
Uzoq muddatli demografik proghozlar – 30-60
va undan uzoq yilga
mo‘ljallanadi. Bunday proghozlar aholi tug‘ilishi va o‘limining kelajakdagi
o‘zgarishlari haqidagi gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik
proghozda aholi migratsiyasini hisobga olish bir muncha murakkab bo‘ladi.
Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda
jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy jarayonlar bilan ham bog‘liqdir. Shu
tufayli uzoq, muddatli demografik proghozlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq
bo‘lishi mumkin.
Demografik proghoz asosida sayyoramiz aholisining kelajakda kutilayotgan
soni haqida ma’lumotlar ishlab chiqilgan.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha sayyoramiz aholisi XXI asr davomida ham
muntazam ko‘payib borar ekan. Lekin dunyo aholisining ko‘payish sur’ati XX
asrga nisbatan ancha past darajda sodir bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumki, XX asrda
dunyoda asosan aholining kengaygan takror barpo bo‘lish turi faoliyat ko‘rsatgan.
Ya’ni tug‘ilish yuqori darajada bo‘lib o‘lim esa asta sekin kamayib borgan. Bu hol
76
1960 – 1970 yillarda dunyo aholisi juda tez sur’at bilan o‘sib borishida yuqorida
qayd etilganidek “demografik portlpsh” ga olib kelgan. XXI asrda esa aholining
takror barpo bo‘lishi qisqargan turga o‘tadi. O‘limning kamayib borishi davomida
tug‘ilish ham keskin kamayib ketadi. Farzandlar tug‘ilishi deyarli to‘la nazorat
etiladi.
Dunyo aholisining kelajakdagi soni haqida BMT, Halqaro tizimiy tahlil
instituti NASA(ISA – institut prikladnogo sistemnogo analiza)
va dunyo banki
kabi nufuzli tashkilotlar tomonidan ma’lumotlar ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: