Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə17/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

K = 
* C 

Mi – ketgandar soni; R – o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni; S –


konstanta, 1000 aholi (promille). 2007 yil O‘zbekistonda ketganlar intensivligi
koeffisientini aniqlaymiz:
K
2007
=
* 100 = 7, 97
Demak, 2007 yil Respublikadan 1000 aholiga nisbatan 7,97 ta kishi ketgan,
yoki ketganlar intensivligi koeffisenti 7,97 promillega teng. Kelganlar intensivligi
koeffisenti:
K =
* C
Mj – kelgandar soni; R – o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni;
1
K
2007
=
* 100 = 5, 62.
2007 yil O‘zbekistonga kelganlar intensivligi koeffisienti 5, 62 %o
ga teng
bo‘lgan, yoki har 1000 kishiga nisbatan o‘rtacha 5,62 ta kishi kelgan. Demak,
O‘zbekistonda 2007 yili aholining migratsion o‘sishi (5,62 – 7,97) – 2.35 kishini
tashkil etgan. Yoki migratsion o‘sish koeffisienti – 2,35 %o ga teng bo‘lgan.
Aholi migratsiyasi insoniyat traqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
jarayondir. Uning ijtimoiy-ivtisodiy faoliyati asosida daryo vodiylari, o‘tloqlar,
inson yashash uchun tabiiy resurslar mavjud hududlar o‘zlashtirilgan,
dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, industrial markazlar, resurs shahar, aholi
maskanlari barpo etilgan, yer kurrasidagi ko‘plab yerlar o‘zlashtirilgan.
Shuningdek, aholi migratsiyasining o‘ziga xos oqibatlari ham mavjuddir. Ba’zi
holatlarda aholini markaz shaharlariga haddan ortiq kelishi natijasida ishchi kuchi
ortiqchaligi, aholini uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat, transport va boshqa hayotiy
vositalar bilan ta’minlashda ma’lum muammolar vujudga keladi.
Aholi migratsiyasi hududlarning demografik tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki migratsiya natijasida aholi ko‘chib ketgan hududning ham, ko‘chib
kelgan hududning ham demografik holati o‘zgaradi. Migratsiyaning roli AQSh,
Kanada, Fransiya, Avstraliya kabi davlatlarda o‘rtacha 25 foizni tashkil etgan.
Boshqacha so‘z bilan aytilsa, yuqorida qayd etilgan davlatlarda aholi o‘sishining
to‘rtdan bir qismini immigrantlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Migrantlar oqimi yo‘nalgan hududlarda migratsiya saldosi ijobiy, ya’ni
ko‘chib kelganlar soni, ko‘chib ketganlar sonidan ortiq bo‘ladi. Natijada bunday
hududlarda aholi soni o‘sib boradi. Aksariyat holatda migratsiyada yoshlar ishtirok
etganlari bois migratsion oqim yo‘nalgan hudud aholisi tarkibida yoshlar salmog‘i
ortib boradi. Bu hol o‘z navbatida nikoh jarayoniga, oilalar miqdorining oshib
borishiga, tug‘ilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aholi ko‘chib ketayotgan
1
Демографический энциклопедический словарь. М., 1985, С. 207 – 208


38
hududlarda esa yoshlar salmog‘i, jami aholi tarkibida kamayib boradi, mehnat


yoshidan katta bo‘lgan aholi salmog‘i esa ortib borib, hududning demografik
holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi muhitga o‘tishi uning
demografik mayliga ham (nikohga kirish va oila qurishga, oiladagi farzandlar
soniga, oila mustahkamligiga munosabati va h.k.) bevosita ta’sir etadi.
Shuningdek, aholi migratsiyasi mehnat resurslari shakllanishida ham muhim
omillardan hisoblanadi.
Migrantlar oqimi aholining jinsiy tarkibida o‘z aksini topadi. Mehnat
resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha
mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu
ham muammolarga sabab bo‘ladi.
Insoniyat tarixida uning ko‘chib yurishi, ya’ni migratsion harakati juda
qadimiy jarayondir. Lekin jamiyat taraqqiyotining alohida davrlarida, shu davrning
ishlab chiqarish usuli, munosabatlariga mos holda aholi migratsiyasi o‘z turlari
maqsad, vazifalari va oqibatlari bilan farq qilgan. Dastlabki mehnat taqsimoti
davrida chorvador qabilalarning shakllanishi bilan ko‘plab yaylov hududlar
o‘zlashtirildi, chorvachilik rivojlandi. Chorvador qabilalar cho‘llardan o‘tib,
Shimoliy Afrika, Arabiston hududlarini, keyinchalik esa O‘rta va Markaziy Osiyo
yaylovlarini egalladilar. Dehqonchilikni rivojlanishi bilan esa aholi ma’lum
hududlarda o‘troqlashib bordi, qishloqlar shakllandi. Hunarmandchilikni
rivojlanishi esa shaharlar paydo bo‘lishiga omil bo‘ldi. 4-7 asrlarda yer sharida
xalqlarning buyuk ko‘chish jarayoni sodir bo‘ldi. Buning asosiy sababi qabilalar
aro urushlar, o‘z hududlarini kengaytirish, qabilalarning yangi hududlar uchun olib
borgan kurashlaridir. Ushbu ommaviy migratsiyada asosan, gunn, german, slovyan
va boshqa Yevropa qabilalari ishtirok etganlar. 2 asrning oxiri va 3 asrning
boshlarida Yevropaning Shimoliy Harbiy hududlarida qora dengiz sohillariga got
qabilalarining migratsiyasi, Ural orti hududlaridan gun qabilasining Yevropaga
kelishi, shuningdek Yevropadan Shimoliy Afrikaga bir qancha qabilalarning
migratsiyasi (3-4 asr), Italiya va Bolqon yarim oroliga langobard qabilalarining
joylashuvi (6-7 asrlar), arablar yurishi davridagi aholi migratsiyalari (7-11 asrlar)
xalqlarning buyuk ko‘chishi jarayoniga kiradi. Keyingi davrlarda aholining
ommaviy migratsiyasi bir muncha sekinlashdi. Faqat ocharchilik, turli
epidemiyalar tarqalgan hududlardan aholining ko‘chib ketishi kuzatilgan. Buyuk
geografik kashfiyotlar davrida yer kurrasida aholining migratsion harakati yana
tezlashdi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida tashqi migratsiya kuchayadi.
Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya va Irlandiyadan migratsion
oqim Shimoliy Amerikaga tomon yo‘naldi. 19 asrga kelib sayyoramiz aholisining
migratsion harakati yana ham tezlashdi. Asr boshlarida immigrantlar markazi
Buyuk Britaniya, keyinchalik esa AQSh, yangi Zellandiya, Avstraliya va Lotin
Amerikasi hisoblangan. 19 asrning boshidan 1914 yilga qadar Yevropadan ketgan
emigrantlar soni 50 millionga yetgan.
1939-1945 yildagi ikkinchi jahon urushi Yevropa, Osiyo hududlarida
ommaviy aholi migratsiyasiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa sobiq SSSR hududida aholi
migratsiyasi yuqori darajada bo‘lgan. Urush olib borilgan hududlardan sobiq


39
SSSRning sharqiy hududlariga millionlab aholi evakuasiya etilgan. Millionlab


aholi Germaniyaga og‘ir ishlar uchun majburan haydab ketilgan. Urush yillarida
Germaniyada har yili o‘rtacha 12-15 million xorijdan keltirilgan ishchi qullar
mehnat qilganlar.
20 asrning ikkinchi yarimida esa dunyo bo‘ylab aholining iqtisodiy
migratsiyasi kuchayyadi. 1941-1961 yillarda Yevropa davlatlaridan Amerikaga
ketgan aholining soni 6,9 million kishini tashkil etgan. Ushbu davrda Yevropadan
Amerikaga tomon ham aholi migratsion oqimi qayd etiladi.
AQSh, Kanada davlatlarida esa ichki migratsion harakat kuchayadi. 1965
yillardan boshlab AQShga aholi immigratsiyasi bir muncha cheklandi. Faqat ilmiy
xodimlar, malakali mutaxassislar, noyob soha mutaxassislari uchun davlatga
kelishga alohida ma’muriy imkoniyat yaratildi. (inglizcha brain drain - “utechka”
ili begstvo umov, ya’ni aqlning ketishi). Shuningdek, AQSh fuqarolarining
qarindoshlari uchun ham AQShga kelish imkoni berildi. 1980 yillarda AQShga 6
million atrofida aholi immigratsiya qilgan.
XX asrning oxirigi choragida Yevropaga tomon migratsion harakat
kuchayadi. Aholi turmush darajasi nisbatan yuqori hisoblangan Buyuk Britanniya,
Fransiya, Germaniya, Shveysariya va boshqa davlatlarga, yashash sharoiti nisbatan
past bo‘lgan Italiya, Ispaniya, Gresiya, Turkiya, Shimoliy Afrika, yaqin Sharq
davlatlaridan aholi kela boshladi. XX asrning 90 yillarida G‘arbiy Yevropada 15
millionga yaqin xorijiy ishchilar qayd etilgan. Turmush darajasi yuqori
hisoblangan Yevropa davlatlarida dunyoning turli hududlaridan aholining iqtisodiy
migratsiyasi XXI boshlarida ham kuzatilmoqda. Hozirgi davrga kelib dunyo
hududlarida ichki migratsion harakat faollashdi. Ilmiy manbalarda migrasyaining
bunday turini “yangi hududlarni o‘zlashtirish” deb atalmoqda.
AQSh, Kanada, Braziliya va boshqa Amerika davlatlarida sharqiy sohil
bo‘ylari, harbiy hududlar ichki migratsiya asosida o‘zlashtirildi. Bunday jarayonni
Avstraliya va Rosiiya davlatlarida ham kuzatiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa
hozirgi davrda ichki migratsion harakat nisbatan kamroqdir. Ichki migratsiya
asosan agrar, aholisi juda ko‘p hududlardan shaharlarga tomon yo‘nalganligi qayd
etilmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda ichki migratsiyaning kuchayganligi asosan
transport va kommunikasiya xizmatining yuqori darajada ekanligi bilan bog‘liqdir.
AQShda hozirgi davrda aholining uchdan bir qismi o‘zlari tug‘ilgan shtatlarda
yashamaydilar.
Yer qurrasida XX asrning boshlarida aholi migratsiyasi tarkibida qochoqlar,
majburiy migrantlar(milliy to‘qnashuvlar, siyosiy kurashlar, ochlik va h.k tufayli)
salmog‘i ham ahamiyatlidir. Qochoqlarning ichki va tashqi oqimi Osiyo
(Afg‘oniston, Eron, Livan, Hindiston) Lotin Amerikasi (Chili, Nikaragua, Kuba)
Afrika (Efiopiya, Sudan, Gad) davlatlarida, shuningdek Rossiyada ham
kuzatilmoqda.
O‘zbekiston hududida ham aholining migratsion harakati uning ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy holati ta’sirida juda qadimdan boshlab mavjud bo‘lgan. Uzoq
o‘tmishda ko‘chmanchi qabilalarning yurishi, podsholiklar, xonliklar davrlaridagi
urushlar, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab savdo karvonlarining harakatlari, O‘zbekiston


40
hududida Samarqand, Buxoro kabi diniy, ilmiy markazlarning faoliyat ko‘rsatishi


o‘lkada tashqi va ichki migratsiyaning muntazam davom etishiga omil bo‘lgan.
Ayniqsa, XIX asr Turkiston o‘lkasining Rossiya koloniyasiga aylanishi
davri, aholi migratsiyasini kuchaygan davri hisoblangan. Ko‘plab oilalar
Rossiyadan O‘zbekiston hududiga ko‘chib kela boshladi. Dastlabki rus
posyolkalari Sirdaryo viloyati hududida tashkil topdi. 1890 yilda Sirdaryoda 20 ta
rus posyolkalari, 1300 ta oila yashaganligi manbalarda qayd etilgan
1
.
XIX asr boshida Turkistonda 74 rus posyolkakalari bo‘lib, ular asosan
Sirdaryo va Toshkent shaharlarida joylashganlar. Keyinchalik Farg‘ona,
Samarqand viloyatlariga ham Rossiyadan kelgan immigrantlar joylasha
boshladilar. Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Farg‘ona va boshqa shaharlarda zavod
fabrikalar qurilib, ularning ishchilari tarkibida ham Rossiyadan kelganlar salmog‘i
yuqori edi. 1911 yilda Toshkent shahar aholisining 25 foizi eski Marg‘ilon
aholisining 30 foizi, Samarqand aholisining 20 foizi va Andijonda 15 foiz aholini
ruslar tashkil etgan. Umuman XX asr boshlarida Turkistonda 702 ta korxona
faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, korxona ishchilarining 25 foizini Rossiyadan kelgan
migrantlar tashkil etgan.
2
Sobiq sovet davrida ham O‘zbekistonda aholi migratsiyasi faol davom etadi.
Bir qancha korxonalar-tekstil, qog‘oz fabrikalari, o‘z ishchilari mutaxassislari bilan
birga O‘zbekistonga ko‘chirilgan. 1926 yil Respublikada o‘tkazilgan aholi ro‘yxati
ma’lumotlarida o‘lka aholisini 8,3 foizini boshva hududlardan kelgan migrantlar
tashkil etganligi qayd etiladi. XX asrning dastlabki 30-40 yillarida O‘zbekistonda
tashqi va ichki migratsion jarayonlar jadallashdi. Tashqi migratsiya bilan bir
qatorda qishloqdan shaharlarga tomon (Qarshi, Kogon, Termez, Urganch,
Chimboy, Xujayli, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Andijon shaharlariga) ko‘plab
yoshlarning ishlash, o‘qish maqsadida kelishi ichki migratsiyaga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekistondan Rossiya va Ukraina shaharlariga o‘qish, malaka
oshirish maqsadida minglab yoshlar ketganlar.
Ikkinchi jahon urushi davrida Respublikada tashqi mirasiya yana ham
jadallashdi. O‘zbekistonga Rossiyadan va Sobiq SSSRning boshqa Yevropa
hududlaridan millionga yaqin aholi, 90 ta zavod (V.P.Chkalov, Sredazkabel,
Chirchiqselmash, Uzbekselmash, Tashtekstilmash, Podyomnik va boshqalar)
ishchi kadrlari bilan evaukuasiya etilgan. Urushdan keyingi yillarda ham
O‘zbekiston aholisining migratsiya hisobiga ko‘payib borishi ancha yuqori
bo‘lgan, Respublikaning migratsion aloqalari geografiyasi kengaygan.
O‘zbekistonga Rossiya, Ukraina bilan bir qatorda Boltiqbo‘yi, Kavkaz, O‘rta
Osiyo, Qozog‘iston, Belorussiya, Moldava hududlaridan aholi turli maqsadlarda
kela boshlaganlar. 1961-1975 yillarda Respublikaga 1798,3 aholi kelgan bo‘lsa
56,6 foizi Rossiyadan, 16,8 foizi O‘rta Osiyo Respublikalaridan, 16,2 foizi
Qozog‘istondan, qolgan 10,4 foiziini yuqorida qayd etilgan davlatlardan kelganlar
tashkil etgan.
3
O‘lka aholisi migratsiya hisobiga 391, 4 ming kishi hisobiga
ko‘paygan.
1
Максакова Л.П.Миграция населения. Ўзбекистан, Ташкент 2000, с 11.
2
Қайд этилган манба, 18 бет
3
Ўша манба, 24 бет


41
O‘zbekistonga migrantlarning ommaviy kelishiga Toshkent zilzilasi


(1966y) ham sabab bo‘lgan. Zilzila oqibatlarini bartaraf etishga yordam berish
maqsadida Rossiya va boshqa hududlardan minglab quruvchilar, arxitektorlar,
malakali mutaxasislar kelganlar va ularning bir qismi O‘zbekistonda qolib
ketganlar.
XX asrning 1970-1989 yillarida O‘zbekistonda umumiy migratsion
jarayonda respublikalararo tashqi migratsiya salmog‘i kamayib ichki migratsion
harakatlar salmog‘i asta-sekin oshib bordi. 1970 yilda Respublikada ichki
migratsiya jami migratsiyaning 49,9 foizini, 1975 yilda 53,2 foiz, 1980 yilda 62,5
foiz,1988 yilda 65,3 foizni tashkil etgan. Tashqi migratsiya esa ushbu davrlarda
mos ravishda 50,1 foiz; 46,8foiz; 37,5 foiz va 34,7 foiz bo‘lgan.
1985-1990 yillarda sobiq SSSRdagi siyosiy ahvolning o‘zgarishi, ushbu
davlatning parchalanishi jarayoni shakllana boshladi. Natijada O‘zbekistonda
mahalliy bo‘lmagan qator halqlar o‘z ona vatanlariga ketish harakatida bo‘ldilar.
O‘zbekistondagi umumiy migratsiya jarayonida yana tashqi migratsiya salmog‘i
osha boshladi. 1988 yilda O‘zbekistonda migratsiyada ishtirok etgan jami aholi
tarkibida tashqi migratsiya salmog‘i 42,5 foizni, ichki migratsiya esa 57,5 foiz
bo‘lgan.
1980 yillarga qadar O‘zbekistonda tashqi migratsiya musbat xususiyatga ega
edi, ya’ni Respublikadan ketganlar soniga nisbatan kelganlar soni ko‘p bo‘lgan.
1970 yilda Respublikaga 154,6 ming kishi boshqa respublikalardan kelgan va
122,3 ming kishi esa boshqa Respublikalarga ketgan. Migratsiya saldosi (154,6-
122,3) 32,3 ming kishiga teng bo‘lgan, yoki respublika aholisi tashqi migratsiya
hisobiga 32,3 ming kishiga ko‘paygan. Shuningdek migratsiya saldosi 1975 yilda
24,8 kishini tashkil etgan. Lekin 1980 yilda O‘zbekistonda migratsiya saldosi -5,9
ming kishini, 1988 yilda -48,5 kishini, 1990 yilda esa -139,9 ming kishini tashkil
etgan.
1
XX asrning oxirigi yillariga kelib sobiq SSSRning parchalanishi va uning
tarkibidagi qator davlatlarni, jumladan O‘zbekistonning ham mustaqil taraqqiyot
yo‘lini tutishi aholining migratsion harakatida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Respublikaning yangi iqtisodiy, siyosiy sharoitga o‘tishi, ishlab chiqarishda yuzaga
kelgan muammolar, inflyasiya jarayonining rivojlanishi, o‘lkadaga ma’lum
ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli O‘zbekistonda yashab kelayotgan ko‘plab
mahalliy bo‘lmagan xalqlar o‘z ona yurtlariga keta boshladilar. 1989-1991 yillarda
375 ming yuqorida qayd etilgan xalq vakillari O‘zbekistondan ketdilar. Ushbu
yillarda har yili Respublikadan o‘rtacha 125 ming kishi ketganligi qayd etilgan.
Mustaqilllikning dastlabki 5 yilligida Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy holat
bir muncha stabillashib bordi. Natijada O‘zbekistondan boshva davlatlarga ketish
jarayoni 2 barobarga qisqardi. O‘zbekistondagi 1989-1997 yillardagi migratsiya
jarayoni etnik xarakterga ega edi. Respublikadan asosan ruslar, ukrainlar,
beloruslar, armanlar, tatarlar kabi rusiy zobon xalqlar keta boshlagan. Shuningdek
yahudiylar, nemslar ham emigratsiyada ishtirok etgan xalqlardandir.
1
О.Б.Ата-Мирзаев “Народанаселение Узбекистана История и современность” Ташкент-2009, с 69


42
XXI asrning dastlabki yillarida O‘zbekistonda aholining migratsion harakati


bir muncha sustlashgan bo‘lsada hamon migratsiya saldosi manfiy xususiyat kasb
etmoqda. 1990 yilda O‘zbekistonda migratsiya saldosi -139,9 ming kishini, 2004
yilda-96,1 ming kishini, 2007 yilda esa -63,1 ming kishini tashkil etgan.
Hozirgi davrda O‘zbekistonning migratsion aloqalari Rossiya va boshqa
MDH davlatlari, G‘arbiy Yevropa, Amerika va uzoq sharq davlatlari bilan qayd
etilmovda. 2007 yilda Respublikadan 66,2 ming kishi ketgan bo‘lsa, undan 98
foizi MDH va Boltiq davlatlariga, 2,0 foizi esa boshqa xorijiy davlatlarga
ketganlar. Bugungi kunda O‘zbekistondaga emigratsiya jarayoniga asosan mehnat
migratsiyasi sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda hozirgi davrda ichki migratsiyada qishloqdan shaharga,
kichik shaharlardan yirik shaharlarga bo‘lgan oqim xarakterlidir. Respublikada
ishlash, o‘qish maqsadida aholining ayniqsa mehnat yoshidagi aholining katta
shaharlarga va ularning atrofiga kelishga bo‘lgan harakatlari hozirda ham davom
etmoqda.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin