36
mamlakatimizda qatag‘on yillarida qancha erkaklarni Sibirga majburan
mardikorlikga yuborilishi kabilarni misol qilsa bo‘ladi. Ixtiyoriy migratsiyaga esa
aholini o‘z ixtiyori bilan o‘qish, ish, oila qurish va rekreatsion maqsadlarda o‘z
hududlaridan boshqa hududlarga borishi tushuniladi.
XXI boshlarida dunyo hududlarida halqaro migratsion jarayon kuchaydi.
Mutaxassislar xalqaro migratsiyada ishtirok etayotgan aholini asosan olti guruhga
ajratganlar:
1.
Oilaviy va boshqa sabablarga ko‘ra, doimiy yashash maqsadida bir
davlatdan ikkinchi davlatga ketgan immigrantlar.
2.
Migrant-mehnatkashlar.
3.
Nolegal immigrantlar.
4.
Qochoqlar.
5.
Talabalar, stajer-tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar.
6.
Turli maqsadda ko‘chib yuruvchilar-turistlar, dam oluvchilar,
anjumanlarga qatnashuvchilar va h.k.
Hozirgi xalqaro migratsiyada asosiy o‘rinni mehnat migratsiyasi egallamoqda.
Chunki hozirgi davrda insonning yashashi uchun iqtisodiy omilning ahamiyati
kuchaydi.
Dunyoda va uning alohida hududlarida jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir
tarixiy davrlarida va turli ijtimoiy guruhlardagi migratsion harakatni o‘rganishda
migratsiya ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ayniqsa migratsiya jarayonini
demografik nuqtai nazardan o‘rganilganda uning ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil
etiladi.
Migratsiya ko‘rasatkichlari:
1. Migratsiyaning absolyut va nisbiy son ma’lumotlari.
2. Migratsion harakatning intensivligi yoki koeffisenti (ma’lum hududda, har
100 yoki 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi migrantlar soni).
3. Migratsiya saldosi (bir yil davomida ko‘chib kelgan aholi bilan, ko‘chib
ketgan aholining ayirmasiga).
Migratsiya saldosi manfiy yoki musbat bo‘ladi va u absolyut (masalan yiliga 3000
kishi)da nisbiy ko‘rsatkichlarda (100 va 1000 kishi hisobiga) ifodalanadi.
Masalan, O‘zbekistonga 2007 yilda 151172 kishi kelgan, va shu yili 214310 kishi
O‘zbkistondan ketgan. 2007 yil Respublikadagi migratsiya o‘sish (migratsiya
saldosini) topish uchun yuqorida vayd etilganidek, kelganlar sonidan ketganlar
sonini ayiramiz: 151172-214310=-63138. Demak O‘zbekistonda 2007 yil
kelganlardan ketganlar soni yuqori bo‘lgani uchun migratsion o‘sish – 63138
kishini tashkil etdi. Ushbu yili migratsiya saldosi manfiy xususiyatga ega
bo‘lgan. Agar ketganlar sonidan kelganlar soni ko‘p bo‘lsa migratsiya saldosi
musbat xususiyatga ega bo‘lar edi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar
migratsiyaning absolyut ko‘rsatkichlarini ifodalaydi.
Migrasyaining nisbiy ko‘rsatkichlari ma’lum davrda, ma’lum hududga
kelganlar va ketganlarni shu hudud aholisining 1000 tasi yoki 100 tasiga nisbatida
ifodalanadi. Nisbiy ko‘rasatkichlarni kelganlar va ketganlar intensivligi koeffiseti
orqali hisoblanadi.
Ketganlar Mi intensivligi koeffisenti quyidagi formulada o‘z ifodasini topgan :