31
qoldirishni boshqarish hollari keng tarqala boshlaydi. Demak, aholining takror
barpo bo‘lishi uning tabiiy harakatiga bog‘liq. Aholi tabiiy harakati esa o‘z
navbatidagi sosial muhit ta’sirida o‘zgarib boradi.
Ma’lum hudud va davlat aholisining takror barpo bo‘lishida aholining bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, ya’ni hududiy harakati ham ahamiyatlidir. Ilmiy
tadqiqotlarning ko‘rasatishicha aholi takror barpo bo‘lishining asosi bo‘lgan
tug‘ilish, shahar turmush tarzi ta’sirida kamayib borgan. Aksincha, qishoq
turmush tarzi ta’siri tug‘ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishga olib
kelgan. Aholining shahardan qishloqqa, yoki qishloqdan shaharga kelib yashashi
bevosita uning reproduktiv mayliga ta’sir etib, tug‘ilishni kamayishi yoki
ko‘tarilishiga olib keladi. Xuddi shunday aholining sosial harakati uning
ma’lumotlilik darajasini oshib borishi, ilm malaka talab etgan xizmat doirasida
faoliyat ko‘rsatishi, tibbiy bilimlardan ko‘proq xabardor bo‘lishi, uning uzoq umr
ko‘rishiga, nasl qoldirish-farzandlar ko‘rishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Insoniyatning paydo bo‘lishi va jamiyatning rivojlanishi davomida aholi
takror barpo bo‘lishini boshqarish tizimida katta o‘zgarishlar kuzatilgan. Aholining
takror barpo bo‘lishi, tug‘ilish va o‘lim jarayonlarini boshqarish orqali ma’lum
maqsadga yo‘naltiriladi. Aholining tabiiy harakati, aholi tabiiy o‘sishi
ko‘rastkichlari orqali ifodalanadi. Aholi tabiiy o‘sishining absolyut va nisbiy
ko‘rsatkichlari mavjuddir. Aholi tabiiy o‘sishining absolyut ko‘rsatkichi
tug‘ilganlar va o‘lganlar sonidagi farqda ifodalanadi:
∆
Ptab=N-M
Dostları ilə paylaş: