Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Aholi ro‘yxati-ma’lum davrda, ma’lum davlat yoki hududning har bir



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə11/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

Aholi ro‘yxati-ma’lum davrda, ma’lum davlat yoki hududning har bir 
aholisi bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy va demografik ma’lumotlar to‘plashdir.
1
Aholi ro‘yxati o‘tkazish jarayonida dunyo va uning alohida hududlari aholisi soni
va tarkibi bo‘yicha ilmiy asoslangan holda aniq ma’lumotlar olinadi.
Jamiyat taraqqiyoti davomida aholini ro‘yxatga olish juda qadimdan
boshlangan. Chunonchi, miloddan avvalgi yillarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston
va Xitoyda aholi ro‘yxatlari o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar bor
1
. Shuningdek,
miloddan avvalgi to‘rtinchi asrda Yunoniston va Rimda ham aholi ro‘yxatlari
o‘tkazilganligi ma’lum. Qadimgi Rimda dastlabki aholi ro‘yxati imperator Servi
1
Демографический и энциклопедический словарь. М, 1985. с 314
1
Қайд этилган манба


26
Tull davrida o‘tkazilgan. Eramizdan oldingi 435 yildan boshlab esa, Rimda aholi


muntazam ro‘yxatga olib borilgan va bu ro‘yxatlar “senzi” deb nomlangan.
O‘tkazilgan ro‘yxatlarda har bir Rim fuqarosi senzor (ro‘yxatga oluvchiga) o‘zi va
oila a’zolarining yoshi hamda mol-mulki haqida ma’lumotlar bergan.
Miloddan avvalgi 510 yildan boshlab Rimda har besh yilda aholi ro‘yxatga
olingan. Shuningdek, Yaponiya, Bobilda ham juda qadimdan aholi ro‘yxatlar
o‘tkazilgan bo‘lib, undan maqsad, aholidan soliq yig‘ish, boj olish, hamda harbiy
maqsad uchun aholi sonini, asosan, erkaklar sonini bilish bo‘lgan. Shuning uchun
ham aholi ro‘yxatida faqat erkaklar ishtirok etganlar. Chunki, o‘sha paytlarda
jamiyatda ham, oilada ham erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan. Soliq
top‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari ishtirok etganlar.
O‘rta asrlarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlarida esa, asosiy e’tibor xo‘jaliklarga
qaratiladi. Xo‘jaliklar haqida maxsus kadastr kitoblarida ma’lumotlar to‘plab
boriladi.
Bu davrda aholi muntazam ro‘yxatga olinmagan. Faqat alohida
sharoitlarda ba’zan yoppasiga tarqalgan epidemiyalardan yoki urushlardan keyin
qancha aholi qolganligini bilish uchun aholi ro‘yxatlari o‘tkazilgan.
XVII asrning o‘rtalaridan boshlab Yevropada milliy davlatlarning paydo
bo‘lishi va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan aholi haqida
mukammalroq ma’lumotlarga talab ortib boradi va qator aholi ro‘yxatlari
o‘tkaziladi. O‘sha kezlardagi aholi ro‘yxati o‘tkazish tarixini, uning ma‘zmun va
mohiyatiga bog‘liq holda uch davrga ajratish mumkin.
Birinchi davr XVII asrning oxiri, XIX asrning boshilarini o‘z ichiga oladi
va ushbu davrda aholi ro‘yxati o‘tkazishni tashkil etish hamda dasturini tuzishga
asos solinadi. Dasturda aholi ro‘yhati qonun qoidalari ishlab chiqilgan unga ko‘ra
aholi ro‘yhati yangi tug‘ilgan chaqaloqdan boshlab eng keksa guruhgacha qamrab
olinishi lozim bo‘lgan. Mazkur dastur asosida aholi ro‘yxati 1790 yildi AQSh da,
1801 yili Fransiya, Daniya, Norvegiya hamda Angliyada o‘tkaziladi. Lekin, bu
aholi ro‘yxatlari ham oddiy dasturga asoslangan bo‘lib, ularni o‘tkazish juda uzoq
cho‘ziladi. Masalan, birinchi Amerika aholi ro‘yxati 18 oyga cho‘zilagan. Bu
davrda aholi soni va tarkibida qator o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy albatta.
Ikkinchi davr XIX asrning yarmi va XX asrning birinchi yarmini o‘z ichiga
oladi. Bu davrda statistika fan sifatida taraqqiy etadi. Qator davlatlarda statistika
tashkilotlari tuziladi. Aholini ro‘yxatga olish dasturlari ilmiy asosda ishlab
chiqiladi.
Mukammal aholi ro‘yxati maxsus dastur asosida bir kunda o‘tkazilib va
barcha (erkak va ayol) aholini qamrab olishi kerak. Ana shunday aholi ro‘yxatlari
ikkinchi davrda Yevropa va Amerikaning barcha davlatlavrida, Osiyo va
Afrikaning ba’zi davlatlarida o‘tkaziladi. 1870-1879 yillarda dunyoda 48 ta, 1890
yillarda esa 57 ta davlatida shu tartibda aholi ro‘yxati o‘tkazildi. XIX asr oxirida
dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshlarida bu
ko‘rsatkich-54 foizni tashkil etdi.
1
Uchinchi davr XX asrning o‘rtalaridan boshlanib, hozirgacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi. Unda aholini ro‘yxatga olish dasturi yana mukammalashadi,
1
Демография асослари. Тошкент, 2001, 18 бет.


27
geografiyasi kengaydi. Osiyo va Afrikada mustaqillikka erishgan qator davlatlarda


aholi ro‘yxatlari o‘tkazildi. 1970 yillarda Arabiston yarim orolidagi davlatlarda va
Afg‘onistonda dastlabki aholi ro‘yxatlari o‘tkazildi. 1965-1974 yillarda esa
dunyodagi 179 davlatda aholi ro‘yxatga olindi. XX asrda aholi ro‘yxatini ilmiy
manba sifatida, tahlil etish takomillashdi.
1
Hozirgi paytda dunyoda deyarli barcha davlatlada aholini ilmiy asoslangan
dasturlar asosida, juda keng mavzularni qamrab olgan holda, har 5-10 yilda
ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yilgan. Aholi ro‘yxatida, aholi haqida asosan demografik
(jinsi, tug‘ilgan yili yoki yoshi, oilaviy holati, nikohga kirgan yoshi farzandlari
soni), iqtisodiy (bandligi, iqtisodiy faoliyati, xo‘jaligi, daromadi), ma’lumotlilik
darajasi (savodxonligi, maktabga borishi, ma’lumot turlari, ilmiy darajasi) etnik
holati (millati, tili, qaysi tillarni bilishi, ba’zan diniy mansubligi) va boshqa
ma’lumotlar to‘planadi. Olingan ma’lumotlar texnik vositalar yordamida, har bir
yo‘nalishlar bo‘yicha alohida o‘rganilib, statistik yilnomalarda chop etiladi. Ana
shunday aholi ro‘yxatlari O‘zbekiston hududida ham 1897, 1926, 1939, 1959, 1979
va 1989 yillarda o‘tkazilgan. Bu aholi ro‘yxatlari yordamida o‘lkaning ijtimoiy-
iqtisodiy va demografik holatiga oid qimmatli ma’lumotlar to‘plangan.
Aholi ro‘yxatlari aholining faqat miqdoriy ko‘rsatkichlarini emas, balki
uning sifatiy ko‘rsatkichlarini, yuqorida qayd etilganidek, ma’lumoti oilaviy va
ijtimoiy holati, iqtisodiy imkoniyatlarini ham qamrab oladi. Ana shu nuqtai
nazardan aholi ro‘yxati va ana shu ro‘yxat o‘tkazilgan davrning aholi soni va
tarkibini, joylashuvi, migratsiyasini, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holati,
turmush tarzini aniq ifodalovchi tarixiy manbadir.
Demografik jarayonlarni doimiy ro‘yxatga olib borish aholini hisobga
olishning muhim turlaridan bo‘lib, bu jarayon asosan fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan bajariladi. Bu tashkilotlar tug‘ilish,
o‘lim, nikoh va ajrimlar holatlarini doimiy ravishda qayd etib, ro‘yxatga olib
boradilar. O‘zbekistonda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO)
organlari tuman, viloyat, shaharlar doirasida tashkil etilgan va ularda tug‘ilganlar,
o‘lganlar, qayd etilgan nikohlar, ajrimlar, ularning aniq sanalari va shaxslari haqida
to‘la ma’lumotlar doimiy qayd etilib boriladi. Umuman demografik jarayonlarni
ro‘yxatga olish dasturidagi savollarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi
guruhga jarayonlar manzili, sodir bo‘lgan va qayd etilgan vaqti, ikkinchi guruhga
esa jarayon o‘tgan shaxslar haqidagi savollarni kiritiladi. Masalan tug‘ilishni
ro‘yxatga olishda-chaqaloqni otasi, onasining millati, yoshi, ish joyi kabi
ma’lumotlar ham qayd etiladi.
Nikoh jarayonini ro‘yxatga olishda ham nikohga kiruvchilarning millati,
yoshi va ijtimoiy holati haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar
asosida juda ko‘p ko‘rsatkichli jadvallar tayyorlanadi. Ana shunday jadvallarga
tug‘ilganlarni onasining millati, yoshi, otasining millati, yoshi bo‘yicha
taqsimlanishi, vafot etganlarning hududlar, millatlar, yosh guruhlari bo‘yicha,
1
Газулов А.И. Переписи население СССР и капиталистических стран М., 1936; Боярский А.Я. Перепеси
населения в капиталистических странах. М., 1938; Урланис Б.И. История американских цензов 1970 г. М.,
1976; Всесоюзная перепись населения 1979 г., М., ва бошқалар.


28
nikoh, ajrimlarni ham ana shu, holatlar bo‘yicha taqsimlanishini misol qilish


mumkin.
Aholi migratsiyasi davlatlarning maxsus militsiya organlarida muntazam
hisobga olib boriladi. Ularda migratsiyada ishtirok etgan shaxsni demografik va
ijtimoiy holatini ifodalovchi ma’lumotlar bilan birga, kelish va ketish sabablari
manzillari haqida ham ma’lumotlar qayd etiladi. Aholini doimiy ro‘yxatga olishda
ishonchli va to‘la ma’lumotlar bo‘lishi muhimdir. Chunki ushbu ma’lumotlar
asosida har bir hududning demografik holati, rivojlanishi o‘rganiladi, qator
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimi ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir
demografik jarayonni o‘z vaqtida qayd etilishi maxsus qonunlar orqali nazorat
etiladi.
Aholi ro‘yxati va aholini doimiy hisobga olish, har birini to‘ldirib aholi
haqida to‘la ma’lumot olishga imkon beradi. Lekin ularni farq etuvchi tomonlari
ham mavjuddir. Aholi ro‘yxati ma’lum muddatlarda (aksariyat holatlar-10 yilda)
maxsus tashkilotlar, mutaxassislar tomonidan va bir vaqtda o‘tkaziladi. Aholini
doimiy hisobga olishda esa, qonun bo‘yicha belgilangan muddatda aholining o‘zi
tegishli tashkilotlarga kelib, demografik jarayonlarni qayd ettiradilar.
Aholi soni va tarkibidagi o‘zgarishlarni muntazam aniqlab borishda aholi
ro‘yxati ma’lumotlari asosdir. Ma’lum yilda aholi ro‘yxati o‘tkazilib aholi soni va
tarkibi haqida aniq ma’lumot olinadi. Undan keyingi yildagi aholi soni va tarkibini
aniqlash uchun shu yilda tug‘ilganlar va ko‘chib kelganlar sonini ro‘yxatda
aniqlangan aholi soniga qo‘shib, vafot etganlar va ko‘chib ketganlar sonini esa
ayirib tashlanadi. Ana shunday uslub bilan navbatdagi aholi ro‘yxati o‘tkazilgunga
qadar har yil uchun aholi soni va tarkibi haqida ma’lumotlar aniqlanadi.
Tanlama sotsiologik-demografik tadqiqotlar ham aholini o‘rganishda muhim
manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotlarda demografik jarayonlar va
ularga ta’sir etuvchi omillar, xususiyatlari haqida aholi ro‘yxati va aholini doimiy
hisobga olish orqali olib bo‘lmaydigan ma’lumotlar to‘planadi. Shuningdek,
mazkur tadqiqotlarda demografik prognozlar uchun juda muhim bo‘lgan
demografik mayl (aholining demografik jarayonlarga bo‘lgan munosabatlari) uning
avlodlar bo‘yicha xususiyatlarini ham o‘rganish mumkin. Maxsus demografik
tadqiqotlar sosiologik uslubda, so‘rovnomalar, suhbatlar yordamida olib boriladi.
Tug‘ilish, o‘lish, nikohoga kirish, ajralish (nikohning bekor qilinishi), aholi
migratsiyasi kabi demografik jarayonlarni sosiologik uslub yordamida o‘rganish
sosiologik-demografik tadqiqot deyiladi Bunday tadqiqotlarda demografik
jarayonlarning turli avlodlarda, ijtimoiy guruhlarda, millatlarda va hududlarda
xususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillari mukammal o‘rganiladi. Buning uchun
o‘rganilayotgan demografik jarayonlar va ularning omillarini aniqlashga oid
savollardan maxsus so‘roq varaqasi (anketa) tuziladi. Ular aholi o‘rtasida suxbat
o‘tkazish, bevosita savol-javob yoki aholining o‘ziga tarqatish yo‘li bilan
to‘ldiriladi. Sotsiologik uslub bilan o‘tkazilgan bunday tadqiqotlar demografik
jarayonlarni o‘rganishda, ularning xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettirishda juda qulay
hisoblanadi. Demografik jarayonlarni bevosita savol-javob, suhbat usuli yordamida
o‘rganganda statistik ma’lumotlar ifodalay olmagan jihatlar ham yoritiladi.
Sotsiologik uslub, ayniqsa, O‘zbekiston kabi qadimda demografik jarayonlari


29
muntazam statistik ro‘yxatga olib borilmagan hududlar uchun yana ham


qimmatlidir. Chunki keksa avlodlar o‘rtasida maxsus sotsiologik-demografik
tadqiqotlar o‘tkazib, qadimda demografik jarayonlar qanday bo‘lganligi va ularga
ta’sir etgan omillar haqida ma’lumotlar to‘plab, birmuncha aniq tasavvurga ega
bo‘lish mumkin.
O‘zbekistonda demografik jarayonlarni sotsiologik-demografik tadqiqotlar
yordamida o‘rganish 1928-1930 yillardan boshlangan. 1960-1970 yillardan
boshlab esa mukamallashib, rivojlanib bordi.
1
Ushbu tadqiqotlar yordamida
respublika shahar va qishloq tumanlarida tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish kabi
jarayonlar va ularga aholining bo‘lgan munosabatlarini avlodlar bo‘yicha alohida
o‘rganilgan, omillari, xususiyatlari aniqlangan.
Aholini hisobga olishda yana bir muhim manba aholining alohida guruhlari
haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular turli tashkilotlar tomonidan to‘planadi. Masalan,
saylovchilar ro‘yxati (O‘zbekistonda 18 va undan yuqori yoshdagilar saylash
huquqiga ega bo‘lib, ular ning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati haqidagi ma’lumotlar har
bir shahar, qishloq saylov okruglar tomonidan to‘planadi) harbiy xizmatga loyiq
aholi (erkaklarning ma’lum yoshdagilari harbiy ro‘yxatga olinadi) reproduktiv
yosh (15-49) dagi ayollar (maxsus tibbiy muassasalar ro‘yxatida turadi)
ro‘yhatlari. Shuningdek mahalla, qishloq fuqarolik kengashlarida oilalar va oila
a’zolarining soni, xo‘jaliklar haqida ham ma’lumotlar yig‘ib boriladi.
Aholini hisobga olish, uning kategoriyalari, ya’ni belgilari orqali amalga
oshiriladi (kategoria-grekcha so‘z bo‘lib, aytib berish, belgi, degan ma’noni
bildiradi). Aholi belgilari ularning mazkur hududda, yoki bir ma’muriy birlikda
doimiy yoki vaqtincha yashashlarida ifodalanadi. Ushbu belgilar asosida aholi uch
kategoriyaga ajratiladi: doimiy yashovchi aholi, mavjud (nalichnoe) aholi va
yuridik aholi
2
. Aholini o‘rganishda qayd etilgan uch kategoriya barcha hududlar
va davlatlar uchun umumiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Doimiy aholi – ma’lum aholi maskani yoki hududda ushbu vaqtda yashovchi
asosiy aholini ifodalovchi insonlar yig‘indisidir. Doimiy aholini ifodalofchi mezon
vaqtlar davomida o‘zgargan va davlatlar bo‘yicha farq qiladi. Masalan,
O‘zbekistonda 1979 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan
16 yanvar kech soat 12 dan 17 yanvar kech soat 12 ga qadar ushbu hududda
doimiy yashovchi aholi hamda, 6 oy muddatga ushbu hududdan vaqtincha
ketganlar, hamda 6 oy muddatga mazkur hududga kelganlar doimiy aholi tarkibiga
kiritilgan.
Mavjud (nalichnoe) aholi – aholi ro‘yxati ya’ni aholini hisobga olish davrida
ushbu aholi maskani yoki hududida bo‘lgan barcha insonlar yig‘indisidir. Mavjud
aholida uning faqat jismoniy mavjudligi emas, balki shu hududda (ishda,
mehmonda, o‘qishda) bo‘lgan aholi ham kiritiladi.
Yuridik aholi-ushbu aholi maskanida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan kishilar
yig‘indisidir. Yuridik aholini ifodalovchi asosiy mezon uning shu hududda
yashashini ifodalofchi, ma’muriy qayd etilgan xujjatdir.
1
М.Р.Буриева Ўзбекистонда оила демографияси. Тошкент, 1997 й., 133-139 бетлар
2
Демографический энциклопедический словарь. М., 1985, стр.182.


30
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida doimiy va mavjud aholi kategoriyalari


hisobga olinadi. Shuningdek aholi ro‘yxati davomida har bir aholi yashash
joylaridagi doimiy aholi, vaqtincha ketganlar va vaqtincha kelganlar hisobga
olinadi. Doimiy yashovchi va vaqtincha ketganlar yig‘indisi doimiy aholini,
doimiy yashovchi aholi va vaqtincha kelganlar yig‘indisi mavjud aholini
ifodalaydi.
Umuman doimiy va mavjud aholi sonida katta farq bo‘lmaydi. Ushbu farq
aholi maskanlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari bilan bog‘liq. Aksariyat
hollarda yirik shaharlarda, aholining dam olish hududlarida mavjud aholi soni
doimiy aholi sonidan ko‘proq bo‘ladi. Ba’zi qishloq hududlarida esa aksincha-
doimiy aholi soni mavjud aholi sonidan yuqoridir. Masalan, O‘zbekiston
shaharlarida istiqomat etayotgan doimiy aholi soni 2003 yili 9340,7 ming kishini,
mavjud aholi soni esa 9410,7 ming kishini tashkil etgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin