Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

Birinchi davr. XVI asrga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu
davrda davlatchilik rivojlanishi bilan bog‘liq holda aholining soni, ayniqsa
enkaklar soni, xo‘jaliklar haqida ma’lumotlar to‘plangan. Ba’zi davlatlarda esa
aholi ro‘yhati ham o‘tkazilib turilgan. Lekin bu davrda demografik bilimlarga oid
ma’lumotlar dunyoning hamma hududlarida ham to‘planib borilmagan. Ilmiy
manbaalara demografik bilimlarga oid ma’lumotlar juda kam uchraydi.
Ikkinchi davr. XVI – XVIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Demografik bilimlarni
rivojlanishida bu davr alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu davrda demografik
bilimlarga ehtiyoj kuchaydi. Aholi hayoti da katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
yuz berdi. Feodalistik munosabatlarni asta-sekin kapitalistik munosabatlar egallay
boshladi. XVI – XVII asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar, halqaro savdoning
rivojlanishi, kapitalistik turmush tarzining shakllanishi natijasida turli davlatlar
aholisi, ularning urf-odatlariga qiziqish kuchaydi. Ayniqsa, Yevropa davlatlarida
aholi soni, harakatiga oid qator tadqiqotlar olib borildi. Bularga florensiyalik
siyosatshunos va tarixchi N. Makiavelli, fransiyalik J. Boden, italiyalik D. Botero,
angliyalik D. Graunt, V. Petti, rossiyalik V. Lomonosovlar tomonidan olib
borilgan tadqiqotlarda dunyo aholisi, uning ba’zi hududlari, davlatlar aholisi


22
haqida ancha mukammal ma’lumotlar to‘plangan.


Uchinchi davr. asrlarni qamrab oli6, bunda dunyodagi deyarli barcha
davlatlar, ularning hududlari bo‘ylab ham muntazam demografik bilimlar
to‘planyb borilgan. Demografik bilimlar tizimi yana ham mukammallashgan.
XVIII asrning ikkinchi yarimida Angliyada boshlangan sanoat to‘ntarilishi XIX
asrga kelib, AQSh, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Yaponiya kabi
davlatlarni. qamrab oldi. Natijada feodal jamiyatga qaraganda, ishlab chiqarish
kuchlari ancha rivojlandi, texnika bilan ta’minlangan, ixtisoslashtirilgan
industriyaga ega bo‘lgan, sanoat kapitalizmi vujudga keldi. Uning rivojlanib
borishi jamiyat taraqqiyotida ulkan o‘zgarishlarga sabab buddi. Bu xolat Yevropa
mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Natijada demografik jarayondar ham
rivojlanib, ular haqidadagi bilimlar doirasi yana ham kengayib bordi. Demografik
tadqiqotlar o‘tkazilishi har bir davlat uchun zaruriy ilmiy yo‘nalishga aylandi.
Ushbu davrda yirik demograf olimlar yetishib
CHIQDI
.
Ular jumlasiga E-Rosset,
R.Pressa,
U.Laplas,
A.Ketle,
A.Giyyar,
D.Mendeleev,
S.Novoselskiy,
V.Bunyakovskiy
g
. G.Syundberg, V.R.Smulevich, D.I.Valentey, Ya.N.Guzevatey,
A.E.Boyarskiy
g
. A.Ya.Kvasha, O‘zbekistonda esa Ye.S.Timm, A.A.Shoroxova,
M.K.Koraxanov, I.R.Mullajonov va boshqalarni kiritish mumkin. Shuning bilan
birga bu davrda dunyo, miqyosida jamda uning barcha davtlatlarida demografik
tadqiqotdar olib boruvchi, muttaxassislar tayyorlovchi yirik oliy
va ilmiy
maskanlar tashkil topdi va rivojdaidi.
Demografiya fanining paydo bo‘dish tarixi xaqida ilmiy manbalarda batafsil
ma’lumotlar mavjuddir. «Bunday manbalarga D, K. Shelestovning «Demografiya:
istoriya i sovremennost», V.Borisovnnng «Demografiya» nomli kitoblari, hamda,
«Demograficheskiy ensiklopedicheskiy slovar» larnn misol qilib keltirish joizdir.
Bu manbaalarda qayd etilishicha demografiya fanining paydo bulishi, asosan XVII
asrning ikkinchi yarimidan boshlandi. Ana shu davrda Angliyada vabo va boshqa
yuqumli kasalliklar tarqalib, aholi o‘rtasida o‘lim hollari nihoyatda ko‘payib ketdi.
Shu bois Londonda har hafta o‘lim haqida byulletenlar, ya’ni maxsus ma’lumotlar
chop etilib, axoliga tarqatilar edi.
O‘z salomatliklarini saqlash maqsadida mazkur ma’lumotlarni juda ko‘p fuqarolar
o‘qirdilar. Angliyalik savdogar olim J.Graunt London tug‘ilish va o‘lim
xaqidagi 80 yillik ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi va 1662 yili o‘zining 90 betdan
iborat «O‘lim haqidagi byulletenlar asosida olib borilgan va mundarijada ilova
etilgan tabiiy va siyosiy kuzatishlar natijalari. Ko‘rsatilgan shaharning boshqaruvi,
dini, savdosi, havosi, o‘sishi va boshqa o‘zgarishlar hususiyada London fuqarosi
Djon Garuntning asari» kitobini yozdi. Kitob juda uzun nomlangan bo‘lib, o‘z
oldiga keng qamrovli ijtimoiy hodisalarni maqsad qilib qo‘ygan edi. Kitobda
muallif Londonda ulum xolati va o‘limning yosh guruhlari bo‘yicha atroflicha
urgangan. Tug‘lishning shahar va qishloqlar farqlari, aholi migratsiyasi tahlil
etilgan. Shuningdek, J.Graunt birinchi bo‘lib, ulimning matematik jadvalini ishlab
chiqqan. Ushbu asar o‘z zamonasida ziyoblar tomonidan juda ijobiy baholandi.
Uch yil mobaynida asar to‘rt marta qayta chop etildi. Kitob qirol Karl II ga juda
ma’qul keldi va muallif J.Grauntni qirollik jamiyatiga qabul qildi.


23
J.Graunt bu kichik hajmli kitobchasi bir ejas uch fanning rivojlanishiga


zamin yaratdi. Bu fanlar demografiya, statistika va sosiologiya fanlari edi. J.Graunt
olib borgan tadqiqotlarning davomchisi sifatida fanda «Siyosiy-arifmetika»
yo‘nalishi paydo bo‘ldi, Mazkur fan jamiatdagi hodisa va jarayonlarni miqdoriy
qonuniyatlarani o‘rganardi.
XVIII – XIX acrlarda jamiyat xayotidagi demografik, jarayonlarni o‘rganishga
qiziqish kuchaydi. Taniqli
iqtisodchilar, tarixchilar, siyosat junoslar, astronomlar
shifokorlar, matematiklar tomonidan demografik jarayonlarnn o‘rganishga doir
qator tadqiqotlar olib borildi. Nihoyat XIX acrda A.Giyyar yangi vujudga kelgan
fanga nom berdi. Uning 1855 yilda Parijda “Inson statistikasi elementlari, yoki
qiyosiy demografiya”, deb nomlangan kitobi chop etildi. Bu asarda
demografiyaning mustaqil fan sifatida maqsadi yoritilgan. A. Giyyar asarida
demografiyaga ko‘p jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi insonlarning tabiiy va ijtimoiiy
tarixi va ularning umumiy harakati jismoniy, fuqarolik va ahloqiy holatini
matematik tarzda o‘rganuvchi fan deb ta’rif berilgan. 1851 – 1922 yillarda yashab
ijod etishgan olim Jan Bertilon (A. Giyyarning nabirasi) tomonidan ham
demografiyaning fan sifatidagi o‘rganuvchi predmetiga baho beriladi. Olim 1881
yilda yozilgan “Fransiya aholisi harakatining statistikasi” nomli asarida
“Demografiya jamoya hayotini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Uning maqsadi
jamiyatning rivojlanishi, qayta tiklanishi va nihoyat inqirozga uchrab, bahram
topishlarning sabablarini o‘rganish. U halqning, ham jismoniy, ham ahloqiy
tuzulishni ko‘rib chiqadi: odamlar qanday va nima uchun nikoh quradilar, qay
miqdorda ko‘payadilar va tadbiq etadi. Va nihoyat u insonlar necha yoshda qanday
vaziyatda qaysi sabablarga ko‘ra, o‘lishlarining sabablarini yoritadi” deb yozadi.
Demografiyani predmetiga oid A.Giyyar va J.Bertilonlarning hulosalaridan
ko‘rinib turibdiki, demografiya juda keng muammolarni o‘z ichiga oladi. Ana
shunday qarashlar XX asrning 70 yillarida qadar mavjud edi. Keyinchalik
demografiyaning o‘rganish doirasi bir oz torayib, aniqlanib bordi. Nihoyat
demografiya aholining tabiiy harakatini, ya’ni uning takror barpo bo‘lishini
atroflicha o‘rganadigan fan, degan hulosaga kelindi.
XX asrning keyingi 30 yilida dunyoda demografiya alohida fan sifatida juda
rivojlandi. AQSh, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Rossiya kabi davlatlar
oliygohlarida “Demografiya” kafedralari tashkil topib, shu soha bo‘yicha demograf
olimlar tayyorlash hai yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda ham, 200 yilda, O‘zbekiston
Milliy
Universitetining
geografiya
fakultetida
respublikada
dastlabki
“Demografiya” kafedrasi tashkil topdi. Bu hol o‘lkada “Demografiya” ning fan
sifatida rivojlanishi tomon ko‘yilgan dastlabki, lekin ahamiyatli qadamdir.
O‘zbekistonda ham demografik tadqiqotlar rivojlanishi o‘z tarixiga egadir.
Respublikada fan, madaniyat va davlatchilik rivojlanishi juda qadimiy tarixga ega.
Yuqorida demografik bilimlar to‘plash, asosan davlatchilik bilan bog‘liq ekanligi
haqida fikr yuritildi. Demak, O‘zbekistonda ham, demogafik bilimlar juda
qadimdan mavjud bo‘lgan. Bular haqida qadimiy qo‘lyozmalar, arxeologik
yodgorliklar, qator ilmiy manbalar guvohlik beradi. Lekin o‘lkada maqsadli
demografik tadqiqotla o‘tkazish asosan 1960 yillardan boshlanadi. Ana shu
davrdan to hozirgi kunga qadar Respublikada juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan


24
demogafik tadqiqotlar olib borilgan, hamda shu sohada yirik mutaxxasislar


tayyorlangan. Demografiya sohasida erishilgan yutuqlar ustoz olim M. K.
Qoraxonov nomi bilan bog‘liqdir. Olim nafaqat O‘zbekistonda, balki Markazaiy
Osiyoda yirik demografik tadqiqotlar olib bordi. Ushbu hududning XIX asrning
ikkinchi yarimidan boshlab, demografik tarixini tikladi. Aholi o‘sishi, tug‘ilishi,
o‘lim, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlar xususiyatlarini o‘rgandi. Ular
bilan bog‘liq omillar, muammolarni aniqlab berdi. O‘rta Osiyo tarkibiga kiriuvchi
respublikalarda aholi o‘sishi proghozini yaratishda iomiy rahbarlik qildi.
Qoraxonov o‘lkamiz aholisining miqdoriy rivojlanishi bilan bir qatorda uning
sifatiy rivojlanishi sohasida ham yirik tadqiqot ishlarini olib bordi. Ustoz
rahbarligida O‘zbekistonda aholi ma’lumotlilik bosqichlari bo‘yicha proghozi ham
ishlab chiqilgan. Olimning olib borgan tadqiqotlari asosida monografiya, risolalar
va 200 dan ortiq ilmiy maqolalari sop etilgan.
Ustoz o‘z ilmiy faoliyatini 1960
yillardan boshlab, hayotning ohirgi damlarigacha O‘zbekiston Milliy
Universitetining geografiya fakultetida olib bordi. Dastlab respublikada
demografiyasini o‘rganuvchi ilmiy guruh tuzdi. 1972 yilda ana shu guruh O‘rta
Osiy Respublikalari demografik holati va muammolarini o‘rganuvchi yirik
“Aholishunoslik ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” ga aylandi. Ushbu laboratoriyada
O‘rta Osiyo Demografiyasini o‘rganishga doir chuqur, tarixiy ahamiyatga ega
bo‘lgan tadqiqotlar olib borildi. Shuning bilan bigan, Qoraxonov M.Q.
rahnamologida aholi muammolarini o‘rganuvchi yirik ilmiy maktab yaratildi.
Ustoz maktabida shakllangan muttaxassislar bugungi kunda uning ishini davom
etirrib, jamiyat taraqqiyaga molik tadqiqotlar olib bormoqdalar.
O‘lkamiz demografik tarixini va aholi muammolarini o‘rganishda
Mullajonov R. I., Ubaydullaeva R. A., Ahmedov E., Ota – Mirzaev O. B.,
Maksakova L. P., Soliev A.S., Ali – Qoriev N. S., Salimov X., Bo‘rieva M.R.,
Qayumov A. A., Ergashov O. E., Safarov E., Saydaxmedov O., Murtazina G.,
Rayimjonov Z.X., Ortiqboev R.J. kabi olimlar borgan tadqiaotlar ham ustoz
Qoraxonov M.Q., boshlagan ilmiy izlanishlarni davomi sifatida O‘zbekistonda olib
borilgan demografik tadqiqotlar tarixida alohida ahamiyatlidir.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin