25
O‘zbekiston aholisining soni 27,1 millionga yetdi va ularning 35,8 foizi shahar,
64,2 foizi esa qishloq aholisiga mansubligi haqida ma’lumotlar mavjud. Aholi soni
uning ijtimoiy-iqtisodiy
va demografik tarkibi davrlar, hududlar bo‘yicha doimo
o‘zgarib turadi. Ushbu jarayon dunyoning barcha davlatlari, xalqlari va
hududlarida sodir bo‘ladi va ular xaqida muntazam ma’lumotlar to‘plab,
hisobga
olinib boriladi.
Aholi soni va tarkibida sodir bo‘lgan barcha o‘zgarishlar iqtisodiyotning
rivojlanishiga, umuman jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Har bir
hududning, davlatning ijimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi sonining ortib yoki
kamayib borishi, aholining umumiy tarkibida mehnat
yoshidagi aholi guruhining
salmog‘i, ularning demografik va sifatiy shakllanib borishi, shuningdek bolalar va
mehnat yoshidan yuqori bo‘lgan qariyalar salmog‘i ham juda muhimdir. Har bir
davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish
istiqboli dasturlarini
ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu
nuqtai nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo‘yicha
aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda
qadimdan boshlab hisobga
olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari
jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini
hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi
bilan bir qatorda oilaviy
tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi
migratsiyasi haqida ham ma’lumotlar to‘planib boriladi.
Aholini hisobga olishda to‘plangan ma’lumotlarni aniqligi, to‘la qamrovi va
muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O‘zbekiston aholisi soni tarkibi haqida
ma’lumotlar to‘planganida, tug‘ilgan chaqaloqlardan
boshlab barcha yoshdagi
aholi soni, eng kichik mahalla, qishloq, tuman, viloyat va shaharlar aholisi,
ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma’lumotlar aniq va har bir yil, davr
uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.
Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
holatlari hisobga olinib, ma’lumotlar muntazam to‘planib boriladi. Hozirgi davrda
aholini hisobga olishning asosiy to‘rt turi mavjuddir: aholi ro‘yxati o‘tkazish;
demografik jarayonlarning doimiy ro‘yxatga olish;
tanlama va sotsiologik-
demografik tadqiqotlar; aholining turli ro‘yxatlari va registrlari. Aholini hisobga
olishda eng asosiy va aniq manba – umumiy aholi ro‘yxati o‘tkazishdir.
Dostları ilə paylaş: